Ayolni e'zozlagan yurt xor bo'lmas



Yüklə 4,15 Mb.
tarix15.05.2022
ölçüsü4,15 Mb.
#87074
Zarina


Farg'ona davlat universiteti filologiya fakulteti tojik tili yunalishi 21.77 guruh talabasi Boboturaeva Zarinaning "Ayolni e'zozlagan yurt xor bo'lmas"

Grammarika:O'xshatish- qiyoslash ma'nosini ifodalash

Adabiy o'qish:Zulfiya Mo'minova "Ayolga baxt bering" she'ri

O'zbek tili fannidan tayyorlangan taqdimoti

Ayolni ardoqla,közlaringa surt

Uning ul pokiza barmoqlarini,

Ayolni ardoqla köz yoshdan arit,

Hudo yorlaqagan yanoqlarini...

Ayolni ardoqla,köklarga kötar,

Samoning eng toza kengliklariga,

Ayol izzatini qilmasa agar,

Ishonma yolg'onchi tengliklariga

ONA, AYoL!.. Odamzot o‘zini taniganidan beri bu sirli va ajib xilqatga ta’rif va ta’bir topolgani yo‘q! Har bir qalb Muhabbat tuyg‘usini o‘zicha yangilagani kabi Ayolga nisbatan tavsiflar har safar yangilanaveradi. Lekin, hech qachon o‘zgarmaydigan bitta ilohiy haqiqat bor: Yaratgan egam Uni ONA degan yuksak maqom bilan siylagan. Bejiz Ona Vatan, Ona tabiat, Ona tili, Ona tuproq, deya uning muqaddas va muhtaramligiga alohida urg‘u berilmaydi.

Onalarning oyog’i ostidadir,

Ravzati jannati jihon boli.

Ravza bog’in visolin istar esang

Bo’l onaning oyog’i tufrogi.

A.Navoiy


Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o’rganadi. Sharqda ayolga bo’lgan hurmat, ehtirom uni qadrlash, uni ko’klarga ko’tarish ota bobolarimizdan meros. Dunyoda "muqaddas" degan so`zga eng munosib zot ham – Onadir.

Onani e'zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo`lamiz.

O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek:

Bu yorug` olamda Vatan bittadir,

Bittadir dunyoda Ona degan nom.

Hadislarda "Ayollarni ulug` odamlar hurmat qiladi. “Onaga bo’ysunib xizmatida bo’l, jannat onalar oyog’i ostidadir” deb ta’kidlanadi. Ayolni e’zozlash unga ehtirom ko’rsatish Sharqda o’ziga xos oliyjanoblikdir. Ayniqsa O’zbekistonimiz istiqlolga erishgandan so’ng Xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni va mavqeyini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida o`zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o`chmas nom qoldirgan To`maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin va boshqa ko’lab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.

1999-yilning mamlakatimizda “Ayollar yili”, keying yillarda Onalar va bolalar, Sog’lom ona va sog’lom bola deb e’lon qilinishi ulkan ishlarning ham amaliy ham mantiqiy davomidir. Negaki yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek ayol bu ona u bir xalqni dunyo keltiradi, tarbiyalaydi.



Hozirgi kunga kelib, O'zbekistonning turli jabhalarida ayollarning faolligi, nufuzini ko’ramz. Ayol rahbar, san’atkor, sportchi harbiy, jurnalist, jamoatchi, olima va hakazolar.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə