Azizbek fazilovich ikramov



Yüklə 32,86 Kb.

tarix26.03.2018
ölçüsü32,86 Kb.


 

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI 

OFTALMOLOGIYA   KAFEDRASI  

 

 



Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, 

professor  

AZIZBEK FAZILOVICH IKRAMOV 

 Tel:+99890-269-01-00   

E-mail: 

ikromov.a.f@mail.ru

 

 

 

 

 

OFTALMOLOGIYA   KAFEDRASI TARIXI VA FAOLIYATI 

 

Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  oftalmologiya  kafedrasi  1959-yilda  viloyat 



klinik shifoxonasida tashkil topgan. 

Kafedra  Andijon  davlat  tibbiyot  instituti  klinikasining  2-bo’lim  1-qavatida 

joylashgan. 

Kafedraning  umumiy  joylashish  maydoni  1950  kv.m.dan  iborat  bo’lib, 

zamonaviy  talab  darajasida  jihozlangan. 7  ta  o’quv  xonalari:  1ta  kafedra  mudiri 

xonasi, 3 ta dotsentlar xonasi, 3ta assistentlar xonasi mavjud. 

Kafedra 1994-yildan hozirgi kungacha kafedra  t.f.d., professor A.F.IKRAMOV 

tomonidan boshqarib kelinmoqda. 

Xadjimuxammedov  Xamidulla  Koraboevich  1960-yildan  1976-yilgacha 

Andijon davlat tibbiyot instituti ko’z kasalliklari kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. 

Faoliyati davrida bo’limda antiglaukomatoz tashrixlarni takomillashtirgan va 

yo’lga qo’ygan. 

Olgan  mukofotlari.  Sog’liqni  saqlash  a’lochisi,  1981-yili  Respublikada 

xizmat  ko’rsatgan  shifokor  unvoni,  «Mehnat  faxriysi»  unvoni,  Shuhrat  medali 

bilan taqdirlangan. 

23ta  chop  etilgan  ilmiy  maqolasi  bor.  Shu  davrlarda  Andijon  viloyat  bosh 

oftalmolog vazifasini ham bajargan. 

O’zbekiston Respublikasi oftalmologlar ilmiy jamiyatining hay’ati a’zosi. 




Bu  davrda  kafedrada  dotsent  Batkaeva  Nailya  Xamidovna,  assistent 

Narыnskaya Bella Veniaminovna, Xamidova Matlyuba Xamidovnalar ishlagan. 

  

Qodirova  Karima  Qodirovna.  1978-yilda  ADTI  ko’z  kasalliklari  kafedrasi 



mudiri bo’lib ishlagan. 1996-yilda qariyalik nafaqasiga chiqdi. 

Olgan  mukofotlari.  1964-yili  Sog’liqni  saqlash  a’lochisi,  1981-yili 

Respublikada  xizmat  ko’rsatgan  shifokor  unvoni,  1984-yili  «Mehnat  faxriysi» 

unvoni, bir qator faxriy yorliqlar bilan tadirlangan. 

30ta ilmiy maqolasi chop etilgan. 

Bu davrda kafedrada dotsentlar Batkaeva Nailya Xamidovna, assistentlardan 

Abduxalikov  Xabibullo  Dushaboevich,  Qosimova  Matlyuba  Qosimovnalar 

ishlagan. 

  

Xudayberdiev  Alisher  Raximovich.  1984-1991-yillarda  ADTI  ko’z 



kasalliklari  kafedrasi  mudiri  bo’lib  ishlagan.Kafedrada  ish  faoliyati  davrida  3000 

dan ortiq antiglaukomatoz  va kataraktani ekstraksiyasi tashrixlarini bajargan. Ko’z 

kasalliklarida birinchi bo’lib regional limfoterapiyani yo’lga qo’ygan. 

Rahbarligi  ostida  40  dan  ziyod  ilmiy  maqolalar  chop  etilgan.  50  dan  ortiq  ilmiy 

maqolasi chop etilgan. 

Bu  davrda  assistentlardan  Jaloldinov  Sirojiddin  Jaloldinovich,  Tuxtaboev 

Isroil  Tuychievich,  Mirzaeva  Roza  Zariddinovna,  Axmadjonova  Aziza 

Zakirovnalar ishlagan.   

  

Abduxaliqov  Xabibulla  Dushaboevich.  1991-1994-yillari  ADTI  ko’z 



kasalliklari  kafedrasi  mudiri  bo’lib  ishlagan.Ish  faoliyati  davrida  ko’z  va 

yordamchi  apparatidagi  plastik  jarrohlik  tashrixlarini  takomillashtirgan  va  yo’lga 

qo’ygan. 

1997-2003  yillari  ADTI  VMOF  ko’z  kasalliklari  kafedrasida  kurs  mudiri 

bo’lib ishlagan. 20 dan ziyod ilmiy maqolalari mavjud. 

Bu  davrda  Qosimov  Axmadjon  Kamoliddinovich,  Muxamedova  Xikoyat 

Mirzabekovnalar ishlagan. 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

Kafedra mudiri A.F. Ikramov rahbarligida 15 ta magistrlik dissertatsiyalari himoya 

qilingan. 

 

 



KAFEDRA BUGUNGI KUNDA 

 Kafedra  mudiri  A.F.Ikramovning  faoliyati  davrida  skleroplastika, 

keratotomiya,  iridotsikloretraksiya  tashrixlarini  takomillashtirdi  va  yo’lga  qo’ydi. 

16  yil  davomida  kafedrada  2  ta  doktorlik  dissertatsiyasi,  1ta  fan  nomzodlik 

dissertatsiyasi  himoya  qilindi.  Ko’z  kasalliklarida  regional  limfatikterapiya  us 

ullarini  qullash  yo’lga  qo’yildi  va  takomillashtirib  kelinmoqda.  Hozirgi 

kundaA.F.Ikromov  ilmiy  rahbarligidagi  2ta  fan  nomzodlik  dissertatsiyasi 

ximoyaga topshirilgan. 

Bu  davrda  dotsentlar  Xakimova  Zulxumor  Karimovna,  Mamatxujaeva 

Gulnora Najmiddinovalar ishlagan. 

Hozirgi  kafedrada  tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Ikromov  Azizbek 

Fozilovich, 

tibbiyot 

fanlari 


nomzodi, 

dotsentlar: 

Qosimov 

Axmadjon 

Kamoliddinovich,  Mamatxujaeva  Gulnora  Najmiddinovna,  assistentlar:  tibbiyot 

fanlari  nomzodi  Mamasoliev  Zoxidjon  Nematovich,  katta  o’qituvchi  Qodirov 

Muxammadumar Shokirovich,  assistentlar : Jaloliddinov Sirojiddin Jaloldinovich, 

Mirzaeva Roza Zariddinovna, To’xtarova Nodira Avazbekovna, Qurbanova Zarina 

Ravshanovna,  Ikromov  Otabek  Azizbekovich,  Ikromov  Durbek  Azizbekovich, 

hamda Qodirov Akmaljon Dilmurodovich faoliyat yuritib kelmoqdalar. 

  

  

 




KAFEDRANING  O‘QUV-USLUBIY  FAOLIYATI 

 

 



 

 

Kafedra yig‘ilishida o‘quv jarayonining muhokamasi 



 Kafedrada muntazam ravishda o‘quv jarayoni sifatini oshirish maqsadida  

yig‘ilishlarda ilmiy yangiliklar, davolash  standartlari,  oliy ta’lim vazirligi 

tomonidan berilgan yangi o‘quv pedagogik texnologiyalar muhokama qilinib, 

o‘quv jarayoniga tatbiq etiladi.  

Talim sifatini oshirish maqsadida kafedrada ochiq maruza , integral maruza va 

ochiq amaliy mashgulotlar olib borilmoqda. Kafedrada o’quv-uslubiy majmua  

yaratilgan. 

 KAFEDRANING  ILMIY ISHLARI 



 Kafedraning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha oxirgi 5 yillik ichida 2 ta darslik, 5 ta 

monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 46 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratildi. 

Matbuotda, nufuzli tibbiyot jurnallarida 12 ta maqola va ko‘plab tezislar chop 

etildi. 2 ta innovatsion loyiha tayyorlandi. 

Oftalmologiya  kafedrasi  hozirgi  kunda  ilmiy  ishlarini  asosan  quyidagi 

yo’nalishlar asosida ish olib bormoqda: 

1.

 

Farg’ona  vodiysida  ko‘z  kasalliklarini  har  xil  tashqi  muhit  ta’sirida 



kechishini o‘rganish. 

2.

 



Ko’z  kasalliklarini  majmuiy  davolashda  regional  limfatikterapiya 

usullaridan foydalanish va uni takomillashtirish. 

3.

 

Ko’z kasalliklar strukturasini populyatsion o‘rganish. 




4.

 

Fargona vodiysida glaukoma kasalligini tarqalishini va uni klinik kechishini 



o‘rganish. 

   


Kafedrada 2009-yil davomida rishilgan natijalar 

  

Dotsent  Qosimov  A.K.  «O  znachenii  meteogelio  klimaticheskix  faktorov  i 



geofizicheskix  ritmov  v  formirovanii  i  techenie  glaukom  v  usloviyax  Ferganskoy 

dolini» mavzusida doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan glaucoma kassalligini ushbu 

regionda  tarqalishini,  meteogeliomuhit  ta’sirini  ushbu  kasallikda  kechishini 

o‘rganish.Tabiatdagi  turli  hil  elektromagnit  to`lqinlarini  xastaliklari  kechishiga 

ta’siri  va  xokazolarni  o‘rganish  rejalashtirilgan  holda  ushbu  ilmiy  ishni  davom 

ettirmoqda. 

  

Dotsentn 



G.N.Mamatxujaeva 

«Sil  kasalligida  ko‘ruv  a’zosidagi 

o‘zgarishlari» 

mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasi  yuzasidan  materiallar  

yig’moqda. 

  

Katta o‘qituvchi QodirovM.Sh. «Qandli diabet kasalligida ko‘zdagi o‘zgarishlar» 



mavzusi asosida nomzodlik dissertatsiyasi  yuzasidan ish olib bormoqda. 

 

 



 

Viloyatdagi davolash– profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 

mutaxassislarga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish malakasini oshirish maqsadida 

oftalmologlar jamiyati tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi SSV bosh 

mutaxassislari va ADTI kafedralari yetakchi  professor, dotsent, ilmiy xodimlari va 



mutaxassislari bilan hamkorlikda  klinik konferensiyalar, jamiyat yig‘ilishlari  

o‘tkazilmoqda. 

 

 

 



Amaliy  mashg‘ulotda. 

 Kafedra xodimlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tumanlari 

otaliq ishlarida faol qatnashadilar. Rejagaasosantashkiliy, uslubiy, davolash 

profilaktika otaliq ishlari, sanitar-oqartuv ishlari olib boriladi, sog‘lom turmush 

tarzi, turli xil ko’z kasalliklarining oldini olish mavzularida targ‘ibot ishlari 

muntazam olib boriladi.

 

Kafedra xodimlari tomonidan ratsional  takliflar va ularni amaliyotga  tatbiq 



etilishi ta’minlangan. 

Kafedra xodimlari tomonidan Andijon viloyati Shaxrixon, Ulugnor va Marhamat 

tumanlarida axolini tibbiy ko‘rigdan  o‘tkazilib, kerakli maslaxatlar berib 

borilmoqda. 

  

  

  



  

   


 

 



Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə