B. A. Ataxanov (Bank Kengashi raisining yoki o’zga vakolatli shaxsning F. I. Sh va imzosi)



Yüklə 108,42 Kb.
tarix22.11.2017
ölçüsü108,42 Kb.









«Orient Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat bankining

(bankning to’liq nomi ko’rsatiladi)

QO’SHIMCHA AKSIYALAR CHIQARISH TO’G’RISIDAGI QARORI



Kengash raisi Bosh direktor

S.D.Polatov B.A.Ataxanov

(Bank Kengashi raisining yoki o’zga vakolatli shaxsning F.I.SH. va imzosi) (Ro’yxatga oluvchi organ vakil etilgan shaxsining lavozimi, F.I.SH., imzosi)

2017 yil 06 iyun, Bayonnoma №54

M.o’. 2017 yil 06 iyun, № P0852-9

M.o’.






«RO’YXATGA OLINGAN»
Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi


(ro’yxatga oluvchi organnig nomi)


TASDIQLANGAN”

«Orient Finans» XATB

Kengashi tomonidan

06.06.2017 yilgi №54 Bayonnoma
(bankning nomi)

Berilgan identifikatsiya raqami:

R

U

1

0

9

P

0

8

5

2

R

0





48 973 719 dona miqdoridagi oddiy nomiga yozilgan hujjatlashmagan aksiyalar,

bir aksiyaninng nominal qiymati 1 250 so’m.

(aksiyalarning turi va miqdori, ularni chiqarish shakli, nominal qiymati ko’rsaitiladi)


Mazkur chiqarishdagi aksiyalar yopiq obuna yo’li bilan joylashtiriladi.

(aksiyalarni joylashtirish usuli ko’rsatiladi)

Aksiyalarning mazkur chiqarilishi to’qqizinchi chiqarilish hisoblanadi.

(chiqarishning tartib raqami)

«Orient Finans» XATB Kengashi tomonidan 2017 yil 06 iyunda tasdiqlangan, Bayonnoma №54.

(bankning aksiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qarorni tasdiqlagan organi ko’rsatiladi)

«Orient Finans» XATB Kengashining 2017 yil 06 iyundagi qarori asosida, Bayonnoma №54.

(bankning aksiyalar chiqarilishi to’g’risida qaror qabul qilgan organi ko’rsatiladi)

Bankning joylashgan o’rni, pochta manzili, bog’lanish telefonlari va elektron pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, 100029, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yakkachinor ko’chasi, 7A-uy. Tel.: (0 371) 140-70-00, elektron pochta manzili - info@ofb.uz


Sana: 2017 yil 06 iyun


Qimmatli qog’ozlar chiqarish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash bo’yicha xizmat ko’rsatgan ivestitsiya maslahatchisining nomi - «KAPITAL-DEPOZIT» mas’uliyati cheklangan jamiyati.

Itsvestitsiya maslahatchisi bilan tuzilgan shartnomaning raqami va sanasi - №03/K15, 2015 yil 05 yanvar.

Itsvestitsiya maslahatchisi rahbarining F.I.SH. - Direktor Xodjaev F. R.


(imzo)


Sana: 2017 yil 06 iyun





  1. Mazkur chiqarishdagi nomiga yozilgan aksiyalar turi (oddiy yoki imtiyozli) - oddiy.

  2. Mazkur chiqarishdagi aksiyalar shakli – hujjatlashmagan.

  3. Mazkur chiqarishdagi aksiyalarning nominal qiymati – 1 250 (bir ming ikki yuz ellik) so’m.

  4. Mazkur chiqarishdagi aksiyalar soni - 48 973 719 (qirq sakkiz million to’qiz yuz yetmish uch ming yetti yuz o’n to’qqiz) dona.

  5. Mazkur chiqarishning umumiy hajmi – 61 217 148 750 (oltmish bir milliard ikki yuz o’n yetti million bir yuz qirq sakkiz ming yetti yuz ellik) so’m.

  6. Mazkur chiqarishdagi aksiyalar egalarining huquqlari:

Aksiya aksiyadorlarga quyidagi huquqlarni taqdim etadi:

  • ularni Bank aksiyadorlari reestriga kiritish;

  • o’ziga nisbatan investitsiya vositachisidan depo hisobvarag’idan ko’chirmalar olish;

  • Bank foydalarining bir qismini dividend shaklida olish;

  • Bank tugatilgan taqdirda, o’ziga tegishli ulushga muvofiq mulkning bir qismini olish;

  • aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ovoz berish vositasida Bank boshqaruvida ishtirok etish;

  • jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari haqida o’rnatilgan tartibda to’liq va ishonchli axborot olish;

  • olingan dividendni erkin tasarruf etish;

  • qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakil etilgan davlat organida hamda sudda o’z huquqlarini himoya qilish;

  • o’ziga yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplashni talab qilish;

  • o’z manfaatlarini ifoda etish hamda ularni himoya qilish maqsadida assotsiatsiyalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;

  • ehtimoliy ziyonlar, shu jumladan qimmatli qog’ozlar xarid qilish chog’ida boy berilgan foydalar bilan bog’liq risklarni sug’urta qilish;

  • aksiyadorlar, shuningdek, qonunchilikda va Bank ustavida ko’zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.

  1. Mazkur chiqarishdagi aksiyalarni xarid qilishga jamiyat ustavidagi va/yoki chiqarish to’g’risidagi qarordagi har qanday cheklovlar – Bank Ustaviga muvofiq mazkur chiqarishdagi aksiyalarni xarid qilishga cheklovlar mavjud emas, aksiyalarni chiqarish to’g’risidagi qarorga ko’ra mazkur chiqarishdagi aksiyalar bank aksiyadorlari o’rtasida yopiq obuna bo’yicha joylashtiriladi.

  2. Jamiyatning ustav kapitali hajmi (so’m) – Bankning ustav kapitali hajmi 109 316 346 250 (bir yuz to’qqiz milliard uch yuz o’n olti million uch yuz qirq olti ming ikki yuz ellik) so’m.

  3. Ilgari joylashtirilgan aksiyalar soni (turlari bo’yicha ajratib ko’rsatiladi) – 87 453 077 (sakson yetti million to’rt yuz ellik uch ming yetmish yetti) dona miqdoridagi oddiy nomiga yozilgan aksiyalar.

  4. Ilgarni joylashtirilgan obligatsiyalar soni (turlari va shakllari bo’yicha ajratib ko’rsatiladi) - Bank ilgari obligatsiyalar chiqarishni amalga oshirmagan.

  5. Mazkur chiqarishdagi aksiyalarni joylashtirish shartlari va tartibi.

    1. Mazkur chiqarishdagi aksiyalarni joylashtirish usuli (ochiq yoki yopiq obuna).

(yopiq obuna bo’lgan chog’da aksiyalarni potensial xarid qiluvchilar doirasi ham ko’rsatiladi).

Aksiyalar Bank aksiyadorlari o’rtasida yopiq obuna yo’li bilan quyidagi nisbatda joylashtiriladi:


2



I. Jismoniy shaxslar:

Joylashtiriladigan aksiyalar soni (dona)

1.

Axmedjanov Farrux Baxramovich

4916 152

2.

Mirzayev Payzullajon Rahmatullayevich

7 339 798

3.

Polatov Saken Djetibayevich

7 339 798

4.

Pulatov Dilmurod Ilyasovich

7 341 388

5.

Umarov Oybek Muxammadaliyevich

7 339 798




Jami:

34 276 934




II. Yuridik shaxslar:




6.

«METRAFOR» mas’uliyati cheklangan jamiyati

1 836 886

7.

«TECHEXPERTMASH» mas’uliyati cheklangan jamiyati

5 506 786

8.

ALWA GmbH (GFR)

7353 113




Jami yuridik shaxslar:

14 696 785




HAMMASI BO’LIB:

48 973 719



    1. Mazkur chiqarishdagi aksiyalarni joylashtirish muddati

(Ko’rsatiladi: aksiyalarni joylashtirishni boshlanish sanasi va tugash sanasi yoki aksiyalarni joylashtirish muddatini belgilash tartibi. Basharti agar, aksiyalarni joylashtirish muddati aksiyalar chiqarilishi xususidagi biror bir axborotni fosh etish sanasi ko’rsatilgan holda belgilanadigan bo’lsa, unda bunday axborotni fosh etish tartibi ham ko’rsatiladi.)

Aksiyalarni joylashtirish mazkur aksiyalar chiqarilishi Qimatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazida davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab bir yil (365 kun) ichida amalga oshiriladi.

  • Aksiyalarni joylashtirish muddati boshlanishi sanasi – Aksiyalar chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab. Agar aksiyalarni joylashtirish muddatining boshlanishi sanasi bank operatsiyalari uchun ish kuni bo’lmagan kunga to’g’ri kelsa, unda aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi kelgusi birinchi ish kuniga ko’chiriladi.

  • Aksiyalarni joylashtirish muddatining tugashi sanasi – Mazkur chiqarishdagi oxirgi aksiyaning joylashtirilishi sanasi, biroq har qanday holatda ham aksiyalar chiqarilishi ro’yxatga oluvchi organ tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab 365 kalendar kunidan kech emas.

    1. Mazkur chiqarishdagi aksiyalarni joylashtirish tartibi.

(Ko’rsatiladi:aksiyalarni joylashtirish chog’ida fuqarolik-huquqiy bitimlarini tuzish tartibi va shartlari; joylashtirish o’zlari orqali amalga oshiriladigan bozorlar. Basharti agar, aksiyalarni joylashtirish bank tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorining bankga aksiyalarni joylashtirish bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi professional ishtirokchilari (anderrayterlar)ni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan bo’lsa, unda har bir shunday shaxs bo’yicha qo’shimcha quyidagilar ko’rsatiladi:

  • firmaning to’liq va qisqartirilgan nomi, joylashgan o’rni;

  • professional faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan lizenziyaning raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati, ushbu litsenziyani bergan organ;

  • mazkur shaxsning asosiy funksiyalari, agarda bank va unga aksiyalarni joylashtirish bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi shaxs o’rtasidagi shartnomada mazkur shaxs tomonidan bunday shartnomada belgilangan muddatda joylashtirilmagan aksiyalarni o’z hisobidan sotib olish ko’zda tutilgan bo’lsa, - ushbu muddat va uni belgilash tartibi ham.)

Aksiyalarni joylashtirish bank tomonidan anderrayterlarni jalb qilmasdan, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, mustaqil amalga oshiriladi. Aksiyalar Bank aksiyadorlari o’rtasida yopiq obuna vositasida joylashtiriladi. Aksiyalarni joylashtirish birjadan tashqari tashkillashtirilmagan qimmatli qog’ozlar bozorida investorlar bilan aksiyalarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va xizmat ko’rsatuvchi investitsiya vositachisi tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartibda ro’yxatga olish yo’li bilan amalga oshiriladi.

    1. Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi va qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlarning hisobini amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan o’rni, pochta manzili, telefonini qo’shgan holda firmaning to’liq nomi:

Markaziy depozitariy haqidagi ma’lumotlar:

Firmaning to’liq nomi – Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi Davlat korxonasi;

Joylashgan o’rni va pochta manzili - 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro ko’chasi, 10; Telefon - (0 371) 236-14-34.

Qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlarning hisobini amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi haqidagi ma’lumotlar:

Firmaning to’liq nomi – «Kapital - Depozit» mas’uliyati cheklangan jamiyat; Joylashgan o’rni va pochta manzili - 100052, Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Oqo’rg’on ko’chasi, 25;

Telefon – (0 371) 286-20-31.

    1. Mazkur chiqarishda joylashtiriladigan aksiyalarni xarid qilishda imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi:

(Joylashtiriladigan aksiyalarni xarid qilishga imtiyozli huquq taqdim etilgan taqdirda, quyidagilar ko’rsatiladi:

  • bunday imtiyozli huquqqa ega bo’lgan shaxslar ro’yxati shakllantirilishi sanasi (sanani belgilash tartibi);

  • joylashtiriladigan aksiyalarni xarid qilishga imtiyozli huquqni amalga oshirish mumkinligi haqida xabardor qilish tartibi;

  • joylashtiriladigan aksiyalarni xarid qilishga imtiyozli huquqni amalga oshirish tartibi.)

Aksiyalarni xarid qilishga imtiyozli huquq taqdim etish ko’zda tutilmaydi.

    1. Mazkur chiqarishdagi aksiyalarni joylashtirish narxi (narxlari) yoki narxlarni belgilash tartibi:

(Aksiyalarni joylashtirish narxi (narxlari) yoki narxlarni belgilash tartibi ko’rsatiladi. Basharti agar, aksiyalarni joylashtirish chog’ida imtiyozli huquq taqdim etiladigan bo’lsa, bunday imtiyozli huquqqa ega bo’lgan shaxslarga aksiyalarni joylashtirish narxi yoki narxlarni aniqlash tartibi qo’shimcha ko’rsatiladi.)

Aksiyalar Bank kengashi tomonidan o’rnatiladigan, biroq ularning nominal bahosidan kam bo’lmagan qiymatlar bo’yicha joylashtiriladi.

    1. Aksiyalarga to’lov shartlari va tartibi:

(Aksiyalarga to’lov shartlari va tartibi, shu jumladan hisob-kitob shakli, kredit tashkilotlarining to’la va qisqartirilgan firma nomlari, ularning joylashgan o’rni, aksiyalar to’loviga kelib tushadigan pul mablag’lari ko’chirilishi lozim bo’lgan hisobvaraqlarining bank rekvizitlari, to’lov punktlari manzillari (aksiya uchun naqd pul shaklidagi to’lov amalga oshirilganda) ko’rsatiladi. Aksiyalarga pul mablag’larisiz to’lov amalga oshirilgan taqdirda, aksiya uchun to’lov amalga oshirilishi mumkin bo’lgan mulk, bunday to’lovni amalga oshirish chog’ida rasmiylashtiriladigan hujjatlarni (mulkni qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi va h.k.) qo’shgan holda, to’lov shartlari hamda bunday mulkning bozor bahosini aniqlash uchun jalb etiladigan baholovchi (baholovchilar) haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi:


3








  • baholovchining to’la va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan o’rni;

  • baholash faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati, ko’rsatilgan litsenziyani bergan organ.)

Aksiyalarga to’lovlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda pul mablag’lari bilan amalga oshiriladi. Aksiyalarga to’lovlar O’zbekiston Rekspublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi. Aksiyalarga to’lovlar naqd pulsiz shaklda 29830 «Orient Finans» XATB, MFO 01071 hisob raqamiga pul mablag’larini ko’chirish orqali amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar o’zlariga hisoblangan dividendlarni Bank aksiyalarini to’lash uchun yo’llashga haqli.

Bank aksiyalarini to’lov mablag’lari 30318 shaxsiy hisobvaraqlarida hisobga olinadi, aksiyalarning narxlari nominal qiymatlaridan oshgan taqdirda, farq 30603 hisobvarag’ida hisobga olinadi. Bank aksiyalariga to’lovlar ularni joylashtirish muddati mobaynida amalga oshirilmog’i lozim.

    1. Aksiyalarning mazkur chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, Bank tomonidan aksiyalarga to’lov tariqasida olingan mablag’larni qaytarish tartibi - Aksiyalarning chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, Bank mazkur fakt haqida (qitmmatli qog’ozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish, katta ahamiyatga ega bo’lgan fakt №28) Bankning rasmiy veb-saytida (http://ofb.uz/), korporativ axborotlar yagona portalida (http://openinfo.uz) hamda «Toshkent» RFBning rasmiy saytida (http://uzse.uz/) rasmiy bildirish e’lon qiladi.

Aksiyalar to’lovi uchun sarflangan pul mablag’lari Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi tomonidan aksiyalarning chiqarilishi amalga oshmagan deb topish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida qaytariladi. Pul mablag’larini qaytarish Bank tomonidan investorning bank hisobvarag’iga amalga oshiriladi.

  1. Bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qimmatli qog’ozlar chiqarish (qo’shimcha chiqarish) to’g’risidagi axborotning fosh etilishi – Bank qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda aktsiyalar chiqarilishining davlat ro’yxatidan o’tkazilishi to’g’risidagi (qitmmatli qog’ozlar chiqarish, katta ahamiyatga ega bo’lgan fakt №25) xabarni va qonunchilikda belgilangan boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Axborot-ma’lumotnoma tizimlari manzili: http://uzse.uz/,
http://openinfo.uz/, http://ofb.uz/.

Jamiyat aksiyadorlari hamda boshqa manfaatdor shaxslar «Orient Finans» XATBda qimmatli qog’ozlar chiqarilishi to’g’risidagi qarorning nusxalari va asl nusxasi bilan O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Yakkachinor ko’chasi, 7-a uy manzilida tanishishlari mumkin.

  1. O’zga ma’lumotlar.

    1. To’liq va qisqartirilgan nomi:

To’liq nomi:

davlat tilida (kirilda) - «Orient Finans» Xususiy aksiyadorlik tijorat banki;

davlat tilida (lotin imlosi) - «Orient Finans» Xususiy aksiyadorlik tijorat banki.

rus tilida - Частный акционерный коммерческий банк «Ориент Финанс»;

ingliz tilida - The private joint stock commercial bank «Orient Finans».

Qisqartirilgan nomi:

davlat tilida (kirilda) - «Orient Finans» XATB;

davlat tilida (lotin imlosi) - «Orient Finans» XATV;

rus tilida - ЧАКБ «Ориент Финанс»;

ingliz tilida - PJSCB «Orient Finans».

    1. Davlat statistika organi tomonidan berilgan kodlar.

«Orient Finans» XATB davlat statistika organi tomonidan quyidagi kodlar berilgan:

Kod OKPO - 23355763;

Iqtisodiy faoliyati shakli OKED: kod - 64190;

KFS bo’yicha mulk shakli: kod - 145;

KOPF bo’yicha tashkiliy-huquqiy shakli: kod - 1150;

Joylashgan o’rni SOATO bo’yicha to’liq kodi: kod - 1726273.

To’liq pochta manzili:

O’zbekiston Respublikasi, 100029, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yakkachinor ko’chasi, 7A-uy

Soliq organining nomi va bank INNsi:

Toshkent shahar Mirobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi, INN 207086151.


4




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə