Diaptomus (Diaptomus;gr. diaptoma- xato, adashtirmoq)- Copepoda turkumida mansub
mayda qisqichbaqalar avlodi.
Kaudal ( lot.
cauda – dum)- dumga oidlikni bildiradi.
Kladotsera (Cl
adocera ; gr.
klados- butoq, tarmoq +
keras – shox)- tuban qisqichbaqasimonlar
turkumi.
Kon’yugantlar (lot.
Conjugatio – qo‘shilish, birlashish, juftlashish) – kon’yugatsiyaga
kirishgan sodda hayvonlar nomi.
Konsumentlar ( lot.
Consume – iste’molchi)- fotosintetik va xemosintetik organizmlar hosil
qilgan organiq birikmalar bilan ozuqlanuvchi bir trofik zanjirdagi organizmlar.
Kon’yugatsiya (lot.
Conjugatio )-infuzoriyalarning jinsiy jarayoni, bunda vaqtinchalik
birlashgan individlarda genetik material (DNK) bir xujayradan ikkinchi hujayraga o‘tishi amalga
oshadi.
Kurakoyoqli qisqichbaqasimonlar (
Copepoda ; gr
kore – eshkak , kurak+
ris, rodos – oyoq)
— Crustacea sinfiga mansub qisqichbaqasimonlar turkumi. Planktonning asosiy tarkibiy qismi
va baliq uchun ozuqa. Ba’zi turlari gelmintlar (
Diphyllobothrium latum, Drepanidotaenia lanceolita ) uchun oraliq ho‘jayin vazifasini bajaradi.
Metamorfoz (gr Meta - + morphe - shakl ) – shakl o‘zgarishi,hayvonlarda lichinkaning,
voyaga etgan individ (imago) ga aylanishiga qadar yuz beradigan o‘zgarishlar.
Mollyuskalar (
Mollusca; lot.
mollusceus – yumshoq ) – yumshoq tanaga ega umurtqasiz
hayvonlar tipi, ko‘pincha tanasi ohakli chig‘anoq ichida joylashgan bo‘ladi. Mollyuska tana
o‘lchami 0.5mm dan 3 m gacha diametrda, og‘irligi 1 mg dan 225 kg gacha bo‘ladi. Suv va
quruqlik mollyuskalari farq qilinadi. Dunyo faunasida mollyuskaning 130000, O‘zbekistonda esa
140 dan ziyod turi mavjud. Ularning ko‘pchiligi gelmintlarning oraliq xo‘jayinlari
hisoblanadilar. Mollyuskalar baliq va qushlarning ozuqasi, bazi bir turlarini insonlar ham
iste’mol qiladi. Mollyuskaning tabiatda organiq moddalar muvozanatini ushlab turishda munosib
o‘rni bor.