Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyekti



Yüklə 194 Kb.
səhifə1/2
tarix19.02.2022
ölçüsü194 Kb.
#83908
  1   2
INF Bahouddin Naqshbandiy
ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, (@thompson english) Basic IELTS Reading, ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI, DIQQAT, 622, 670, 800, 801, 1200, 1227, 1157, 1520, 3-1 КФУ бор и подготовка данных, 10 QADIMGI MISR MADANIYATI




BAHOUDDIN NAQSHBANDIY

Buxoroning shimoli-g'arb tomonida, shahardan 10 km uzoqlikda Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyekti barpo etilgan.

Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyektini barpo etilishiga Abdulazizxon ibn Ubaydulloxon 1544-yilda asos solgan. Abdulazizxon buyrug'i bilan mozor tartibga solinib, ansambl shakliga keltirilgan va 1544-1545-yillarda kompleksning eng katta binosi - xonaqoh qurilgan. Kompleksning asosiy qismiga daxmalar, maqbara, ikkita masjid, sakxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdullaxon xonaqohi kiradi. Hozirgi vaqtga kelib uning safiga baland peshtoq - gumbazli yangi darvozaxona, muzey, choyxona singari imoratlar qo'shilgan.

Kompleks kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi {10.54-rasm). Darvozaxonadan o'tgach, o'ngda kichkina masjid, chap tomonda ziyoratchilar uchun turli binolar bo'lganligi ma'lum. Yo'l davomida chapda xonlar mozori — Daxmai shohon joylashgan.


Daxmai shohon to'rtburchak, balandligi 2,5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan. Unda ko'plab marmar o'ymakorligi, xattotlik san'atining ajoyib namunalar mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunchalar, sharaflar, sarv sur'ati va boshqa bezaklar o'yilgan; ba'zida naqshlar yozuvlar bilan aralash holda ham bajarilgan.

Daxmai shohondan o'tgach, yo'lak nafis bezatilgan peshtoqqa olib keladi. Peshtoqning eshigidan o'tgach, o'ngda gumbazli maqbara bor (unga kim dafn qilinganligi ma'lum emas). Chapda - kiraverishda olti ustunli, oldi ayvonli oddiygina qilib qurilgan Muzaffarxon masjidi joylashgan. Masjid yoniga ikki ustunli Hakim qushbegi masjidi tushgan. Uning janubida naqshdor, shimolida naqshsiz ayvonlar bor.

Bahouddin daxmasi marmar qoplangan kattagina kvadrat supa bo'lib (10.55-10.56-rasmlar), atrofi chiroyli marmar panjara bilan o'ralgan. Undan sal nari, shimolda - tomonlari 9,5 m keladigan aylana zinali marmar hovuz joylashgan. Daxma bilan hovuz orasida quduq bo'lib, uning yonidagi chiroyli shiypon - sakxona yaratilgan bo'lib, u yerda ziyoratchilarga «muqaddas» suv ulashilgan.

Hakim qushbegi masjidining shimolida minora, undan narida ichki hovlidagi hovuzdan uch marta katta boshqa bir hovuz joylashgan. Hovlining tashqarisida (shimoli-g'arbda) to'rtburchak supa ustiga qurilgan eni 37 m, bo'yi 40 m li xonaqoh mavjuddir (10.57-rasm).

Markazida atrofi peshtoq ravoqli ayvonlar bilan o'ralgan masjid, uning to'rida chorzamin uslubda ishlangan qirma naqshli mehrob bor. Imoratning har ikki tomonida simmetrik qurilgan ikki qavatli katta-kichik hujralar bo'lgan.

Kompleks tarkibiga undan 500 m shimoli - sharqda joylashgan Qasri Orifon masjidi ham kiradi. U Bahouddinning onalari ziyoratgohi. U yerda masjid yonida pastroq qilib yaratilgan minora bor. Masjid uch tarafdan ayvon bilan o' ralgan, shifti naqsh tushirilgan hovuzaklik qilib ishlangan.

Bahouddin Naqshbandiy kompleksining tuzilishi o'sha davrda barpo etilgan boshqa qo'sh binoli simmetrik ansambllardan farq qiladi.

2003-yilda hukumatimiz tomonidan bu kompleks yanada obod etildi. Buxoro shahridan to ushbu kompleksgacha bo'lgan yo'l jahon andozasiga mos qilib qurildi. Ziyoratgohda ulkan majmua bunyod etildi. Kompleksning janub tomonida ulkan gumbazli darvozaxona tiklandi. Qadimgi darvozalar-XojaDilovar, Bobus salom asl holiga k eltirildi. Bahouddin Naqshbandiyning qabrlarini sharq va janub tomonlarida shimol tarafdagi qadimgi ayvonga uyg'unlashtirilib ulkan va chiroyli ayvonlar tiklandi. Bu ayvonlarning ustunlari nihoyatda go'zal, shiftga bajarilgan bezaklar o'zining badiiyligi va milliyligi, ko'rkamligi bilan kishini e'tiborini tortadi. Xonaqoh, masjid va madrasa binolari bejirim ta'mirlandi. Bahouddin Naqshbandiy va u kishining onalarini yodgorliklari yagona arxitekturaviy majmuaga aylantirildi. Boshqacha qilib aytganda, Qasri Orifonda qadimgi noyob bino va inshootlar kompleksi bilan uyg'unlashgan zamonaviy chiroyli arxitekturaviy kompleks barpo etildi.






Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə