Bajardi: asilbekgeldiyorov tekshirdi: bobur qodirov



Yüklə 35,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü35,73 Kb.
#183005
1   2   3
mustaqil Ish

Testlashtirish
- testlar yordamida bilim va koʻnikmalarni tekshirish usuli. T. insoniyat
tarixidagi eng qad. hodisalardan biri hisoblanadi. Qad. Xitoyda fuqarolik xizmatiga
kiruvchi amaldorlar shu usuldan oʻtkazilgan. Ilk bor "akliy test" atamasi 1890-yil
amerikalik psixolog Jeyms Makkin Kattel maqolasida qoʻllanilgan boʻlib, unda kollej
oʻquvchilarining intellektual darajasini aniqlash uchun gʻar yili qoʻllaniladigan turkum
testlar tavsiflangan. Fransuz psixologi A. Bine ham oʻz tadqiqotlarini akliy salohiyatni
aniklash usullariga bagʻishladi. Niderlandiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Daniya,
Fransiya, Isroil, Finlandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa rivojlangan
davlatlar T. bobida yetakchi hisoblanadi. Mazkur roʻyxatdan aholisining hayot tarzi yuqori
boʻlgan mamlakatlarning joy olishi tasodifiy emas. Bu yerda T. qoʻllanishi taʼlim sifatiga
taʼsir etishi boshqaruv sifati bilan bogʻliq boʻlsa, sifatli boshqaruv, oʻz navbatida, aholi
turmush darajasining sifatini oshirishga zamin yaratadi.
T. 1898-yil AQShda bir nechta oliy oʻquv yurtiga kirishda sinab koʻrilib, abituriyentlar
uchun oʻrta maktab dasturlari asosida yagona T. tizimini yaratish zarurligi haqidagi
xulosaga kelindi. 1900-yil ayrim xususiy tashkilot va untlar tashabbusi bilan kollejlarga
qabul qilish boʻyicha imtihon kengashi, 1947-yil dekabrda esa taʼlimni rivojlantirish
boʻyicha Karnegi jamgʻarmasi hamda kollejlarga qabul qilish boʻyicha imtiqon kengashi
tomonidan pedagogik T. xizmati tashkil qilindi.


Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlariga kirishdagi T. usuli Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
1992-yilda joriy qilindi. Bu farmon taʼlimni tubdan isloh qilish va demokratlashtirish
jarayonini boshlab berdi, oliy oʻquv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olishda ijtimoiy
adolatni taʼminladi. Oʻzbekiston T. tizimi xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻziga
singdirib, milliy anʼana va mintaqaviy oʻziga xosliklarni hisobga olgan holda rivojlanib
bordi. Ilgʻor mamlakatlardagi T.ning 1 va 2 variantli modellari hamda universal savollar
kitobchasi bilan bogʻlangan T. tizimi Oʻzbekistonda yanada rivojlantirildi. Shuningdek,
yuqori darajada maxfiylikni muhofaza qilish, yoshlarning bilim va akliy darajasini
baholashda muvofiqlik hamda aniklikni taʼminlash uchun 1996-yil T.ning koʻp variantli
tizimi ishlab chiqilib joriy etildi. Davlat test markazining koʻp variantli texnologiyasi
hamda yaxlitlashgan avtomatlashtirish tizimining dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi
davlat patent idorasi tomonidan berilgan 30 dan ortiq mualliflik guvohnomalari bilan
qimoyalangan. Koʻp variantli T. natijalarining taxlili oʻquv fanlarini oʻzlashtirish darajasi,
uning boʻlimlari boʻyicha olingan bilimlarning chuqur va mustahkamligini izchil
kuzatishga, taʼlim jarayonini tubdan takomillashtirish istiqbollarini belgilashga imkon
yaratadi, yangi pedagogik texnologiya, darelik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish boʻyicha
ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi. T.ning koʻp variantlilik texnologiyasi, testologiyaning
ilmiy asoslarini tadqiq qilish, T. natijalarini didaktik asosda taxlil etish, shuningdek, T. ning
turli tarmoklarda qoʻllanilishi boʻyicha 1996 yildan buyen 18 kitob nashr etildi.


Mustaqil ishni tayyorlashda foydalanilgan saytlar:

www.google.com

www.fayllar.org

www.ziyonet.uz
@AsilbekGeldiyorov

Yüklə 35,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə