Bajardi: Shokirova Ziyoda


Qadimgi Hindiston madaniyati



Yüklə 30,8 Kb.
səhifə3/5
tarix24.06.2022
ölçüsü30,8 Kb.
#90055
1   2   3   4   5
qadimgi sharq

3. Qadimgi Hindiston madaniyati

Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mam-lakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o‘simlik, hayvonot va qimmatbaho yerosti boyliklariga ega bo‘lgan. Yarimorolda sersuv Hind va Gang kabi daryolar mavjud.

Mil. avv. V mingyillikning oxiri IV mingyillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV mingyillik o‘rtalariga kelib bu joyda o‘ziga xos eng qadimgi hind madaniyati vujudga kelgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik, chor-vachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind daryosi va uning Panjob viloyatida qadimgi dav-latlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. Mohinjo-Daro hozirda Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu yerdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom g‘ishtdan qurilgan turarjoylar, saroylar, om-borxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topish-gan. Shaharda pishiq g‘ishtdan qurilgan suv tarmog‘i va kanalizatsiya ham bo‘lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek, ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g‘ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan.

Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo-Daro bilan deyarli bir xil. Shaharda me’morchi-lik, to‘qimachilik, kulolchilik, toshtaroshlik, zargarlik, qurolsozlik ancha ri-voj topgan. Xarappaliklar o‘zlarining iyeroglif yozuvlariga ham ega bo’l-gan1. Ikkala shaharda ham yirik g‘alla omborlari topilgan bo‘lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko‘rsatadi. Hindlar dunyoda birinchi bo‘lib paxtadan mato to‘qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish, qu-rolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo‘li va quruqlik orqa-li shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi.

Mil. avv. II mingyillik o‘rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga ko‘chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo vohalarining unumdor yerlariga kelib o’rnash-ganlar va keyinchalik mahalliy xalq bilan aralashib ketganlar. Oriylar bi-lan mahalliy xalq o‘rtasidagi qonli janglar hindlarning xalq og‘zaki ijo-diyoti namunalari bo‘lgan «Mahabxarat» va «Ramayana» dostonlarida ham aks ettirilgan.

Hindlar o‘zlarining qadimiy yozuvlariga ega bo‘lganlar. Ularda astro-nomiya va matematika ham ancha rivoj topgan. Hindlar quyosh va suv soat-laridan foydalanganlar, o‘zlarining taqvimlarini tuzganlar. Xalq og‘zaki ijodining yuksak namunasi – Vedalar, gimnlar, qo‘shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat to‘plam tuzilgan. Vedalarda hayot va o‘lim masa-lalari bo‘yicha fikr yuritiladi. Bu ta’limotga ko‘ra jon doimo bo‘ladi va u kishi vafotidan keyin boshqa tanaga o‘tadi. Hindlarning Veda ta’limoti inson mutlaq jon bilan qo‘shilishi, o‘z jonini boshqara olmasligi, bu juda qiyin bo‘lishiga qaramay uning mumkinligi to‘g‘risida fikr-mushohada yuritiladi. Ana shu ta’limot asosida yoga harakati kelib chiqqan.

Vedalarda qadimgi Hindiston aholisining Varnalarga (kastalarga) bo‘li-nishi haqida ham ta’limot bor. Shu ta’limot asosida qadimgi diniy e’tiqod, Braxmanizm paydo bo‘lgan. Braxmanizm qadimgi diniy e’tiqodlardan biri bo‘lib, mil. avv. IX-VIII asrlarda vujudga kelgan. Bu e’tiqodga ko‘ra, Xudo Braxma olamni va odamni yaratgan deb hisoblagan. Hind ruhoniylari brax-manlar deb atalganlar. Braxmanlarning ta’kidlashicha, xudo odamlarni o‘z tanasining turli qismlaridan yaratgan. Xususan, xudo o‘z og‘zidan brax-manlarni; qo‘llaridan kshatrilarni – jangchi, rojalarni; sonlaridan vayshoqlar – hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlarni; loyga belangan oyoqlardan esa shudralar, ya’ni xizmatkorlarni yaratgan deb ta’lim beriladi. Shulardan ke-yin esa eng past toifa – hazar qilinadiganlar yaralgan. Shunday qilib, brax-manlar ta’limotiga ko‘ra, xudo odamlarni turli toifalarga – kastalarga bo‘lib, bola qaysi kastadan tug‘ilgan bo‘lsa, u umrbo‘yi o‘sha toifada qolishi kerak bo‘lgan. Toifalarni aralashib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Mil. avv. VI asrda Hindistonda buddizm dini paydo bo‘ladi. Bu ta’-limotning asoschisi Gautama Shakyamuni. U shimoliy Hindistonda mil. avv. 566-476 yoki 563-473-yillari yashagan. Budda so‘zi sanskritcha oliy bilim-larni egallagan, haqiqatga erishgan ma’nosini beradi. Buddizm braxma-nizmdagi odamlarni kastalarga bo‘linishini qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar teng bo‘lishini e’tirof etadi.

Buddizm ta’limoti to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan:


  1. Turmush azob-uqubatlardan iborat;


  2. Azob-uqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir:


  3. Azob-uqubatdan qutilish uchun kishilar o‘zlarining istak va nafslari-ni tiyishlari kerak;


  4. Azob-uqubatlardan xalos bo‘lish uchun Budda kashf etgan qoida-larga amal qilishi kerak.


Buddizm ta’limoti asosida boshqa odamlarga nisbatan yaxshi insoniy munosabatda bo‘lish, boshqa tirik mavjudodga nisbatan zo‘ravonlik ish-latmaslik, ayniqsa, o‘ldirishni man etish g‘oyasi yotadi. Demak, inson axlo-qida gumanizm asosiy o‘rin tutadi.

Mil. avv. III asrda podsho Ashoka tomonidan Buddizmni qabul qili-nishi bilan u davlat diniga aylandi. Buddizm dinining nodir bir tomoni bu, boshqa dinlarga nisbatan murosasizlik qilishdir.

Eramizning I asrida Buddizm Markaziy Osiyo orqali Xitoyga, Xitoydan Koreya, Yaponiya, Mo‘g‘iliston va Tibetga tarqaladi.

Mil. avv. III-II mingyilliklardayoq Hindistonda hisobning o‘nli tizimi tarkib topgan edi. Shuningdek, nolni bildiradigan belgi birinchi Hindistonda ishlatilgan. Bu yangilikni dunyoga ommalashtirgan siymo bu buyuk vatandoshimiz al-Xorazmiydir.

Tabobat olamida hind arboblari kasallikni aniqlash va uni davolashda katta yutuqlarga erishganlar. Davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar 1000 ga yaqin bo‘lib, silash, uqalash, vanna qilish, jarrohlik usullaridan keng foy-dalanganlar. Hind kimyogarlari bo‘yoq va turli kimyoviy moddalarni kashf etganlar. Hindiston shaxmat o‘yinining vatani hisoblanadi.

Me’morchilikda ham katta yutuqlarga erishilgan. Hind ustalari g‘isht va boshqa buyumlardan ajoyib imoratlar, saroylar qurganlar. Mil. av. II – mil. VII asrlarda Bombey yaqinida tog‘ni o‘yib, 29 ta budda ibodatxona, ya’ni Ajanta majmuasi bunyod etilgan. Bu dunyo madaniyatida arxitektura, hay-kaltaroshlik va tasviriy san’atning o‘ziga xos sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko‘rsatilgan san’at turlarining hammasidan foy-dalanilgan. Mil. avv. 950 va milodning 1050-yillari davomida Chandellas sulolasi davrida qurilgan Vxodjuraxo – ertaksifat sevgi bayrami ibodatxo-nasi o‘zining ajabtovur ko‘rinishi jihatidan qovunga o‘xshaydi. Hindlar o‘sha davrdayoq haykaltaroshlik sohasida o‘zining nozik did, ulug‘vorlik va insonparvarlikni tarannum etuvchi, kishini hayratga soluvchi asarlarni yarat-ganlar. Bularga xudo Vishna (Krishna) va Shiva timsolidagi haykallarni nis-bat berish mumkin.

Hind madaniyati O‘rta Osiyo, Xitoy singari qo‘shni mamlakatlar xalqlari ma’naviy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.

Shunday qilib, qadimgi Hindiston madaniyati jahon sivilizatsiyasi-ning qadimgi beshiklaridan biri sifatida shuhrat topib, u jahon madani-yati rivojiga o‘z samarali ta’sirini ko‘rsata olgan.



Yüklə 30,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə