Bajardi: Shokirova Ziyoda



Yüklə 30,8 Kb.
səhifə4/5
tarix24.06.2022
ölçüsü30,8 Kb.
#90055
1   2   3   4   5
qadimgi sharq

3.4. Qadimgi Xitoy madaniyati

Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi davlat. Tabiati kes-kin o‘zgaruvchan va mo‘tadil. Markaziy Xitoy tog‘laridan boshlanib Tinch okeani havzalariga quyiladigan Xuanxe (Sariq daryo) va Yantszi daryolari Sharqiy Xitoy pasttekisligi orqali oqib o‘tadi. Yog‘ingarchilik vaqtlarida Xuanxe daryosi toshib, ko‘plab tashvishlar keltirganligi uchun unga xitoy-liklar «Tentak daryo», «Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi dar-yo» deb nom berishgan. Shu daryolarning bo‘ylaridagi yerlar unumdor bo‘-lib, ilk dehqonchilik vujudga kelgan. Bu o‘lka qadimdan o‘simliklar va hay-vonot olamiga boy, yerosti qazilma boyliklari ham mashhur bo‘lgan.

Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv. 3-mingyillik oxirida shakllandi. Xitoy tarixini birinchi bo‘lib, tarixchi Sima Szyan 30 bobdan iborat «Tarixiy xotiralar» asarida yoritilgan sulolaviy davrlarga bo‘lgan. Qadimgi Xitoy-da ko‘hna Mesopotamiya va Misr singari qadimiy o‘ziga xos madaniyat yaratilgan.

Xitoyliklar Shan sulolasi davrida (mil.avv. 2-minginchi yil o‘rtalarida) o‘z yozuvini yaratganlar. Bu yozuv bir necha o‘n ming belgi-iyerogliflardan iborat. Milodning I asrigacha bu iyerogliflar hozirgi yozuv ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Qadimgi Xitoy yozuvi asosida keyinchalik Koreya, Vyetnam va Ya-pon yozuvlari paydo bo‘ldi.

Chjou davrida Xitoyda metall tangalarni (dunyoda birinchi marta) muo-malaga chiqarildi1. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan (uning strelkasi Shimolni emas, Janubni ko‘rsatgan). Dunyoda birinchi bo‘lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo‘lib, undan bayramlardagi mushakbozlikda foydalanilgan. Artilleriya, miltiq, arbalet-miltiqlar ham dastlab Xitoyda yaratilgan.

Mil. avv. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘stloq va bambuk aralashmasidan qog‘oz tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, bambuk va shoyiga qaraganda arzon bo‘lib, u yozish va saqlash uchun qulay hisob-langan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Buyuk Xitoy devori qurilishi mil. avv. IV asrda boshlanib, bir necha asrlar davomida shimoldagi Xunn qabilalarining hujumlaridan saqlanish va savdo-sotiq ishlarini ko‘zlab qurilgan. Devor Leodun qo‘ltig‘i qirg‘og‘idagi Shayxayguan shahridan boshlanib, g‘arbda Dunxuan qal’asigacha davom etgan. Devorning umumiy uzunligi 5.000-6.000 km, uning balandligi joyi-ga qarab 6-10 metr, qalinligi 5,5-7 metr bo‘lib, soqchilar uchun har 100-200 metrda mustahkam baland burj va minoralar qurilgan.

Xitoy ajoyibotlaridan yana biri, bu ipakning kashf etilishi va Buyuk ipak yo‘liga asos solinishidir. Imperator rafiqasi Si-Lingchi tomonidan mil. avv. 2600-yili ipakning kashf etilishi va mil. avv. 128-yili Xitoy sayyohi-dip-lomati Chjan-Szyan tomonidan Buyuk ipak yo‘liga asos solinishi katta tarixiy o‘zgarish bo‘lgan.

Buyuk ipak yo‘li birgina savdo-sotiq bilan cheklanibgina qolmay u ayni paytda diplomatiya, diniy va ma’naviy qadriyatlarni tarqalish yo‘li ham edi. U Sharq va G‘arb sivilizatsiyasini bog‘lovchi yo‘l bo‘lib, unda Mar-kaziy Osiyo xalqlari vositachilik rolini o‘ynaganlar.

Shuningdek, badiiy madaniyat Bobil, Misr, Hindistonda dinga tobelik xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyda badiiy asarlar ko‘proq dunyoviy yo‘nalishga ega bo‘lgan. Masalan, Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra «Shi szin»ga («Qo‘shiqlar kitobi»ga) madhiyalar, xulq va urf-odatlar masalalari kiritil-gan. She’riyat lirikasida va tasviriy san’atda tabiat go‘zalligi har bir kishiga tushunarli tarzda hayotiy, zavq beruvchi tarzda tasvirlangan. Haykaltarosh-lar dimog‘dor amaldor, laganbardor xizmatchi va holdan toygan qullarning og‘ir mehnatini mahorat bilan aks ettirganlar.

Qadimgi Xitoy tabiblari kasallik va jarohatlarni davolashda uqalash, igna sanchib davolashdan, o‘simlik va hayvonlardan hosil qilinadigan dori-lardan, xususan jenshen, kiyik shohidan olinadigan panti, choy va boshqa dori-darmonlardan keng foydalanganlar. O‘sha davrdayoq Xitoy tibbiyoti-da mingdan ortiq dorilar bo‘lgan. Qadimgi Xitoy tabiblari ichida Va Shu Xe, Ban Sio va Xua Tu lar mashhur bo‘lgan. Van Shu tibbiyotga oid «Ney-Szin» («Odam tabiati va hayoti»), Ban Sio esa «Qiyinchilik haqida kitob» kabi asarlar yozganlar.

Mil. avv. XII-VI asrlarda Xitoyda dunyoni miflar orqali tasavvur qilish-dan falsafiy mushohada qilishga o‘tiladi. Falsafa o‘zining «oltin asr» deb nomlangan o‘sha davrning cho‘qqisiga chiqadi. Falsafiy qarashlar ichida ik-kitasi muhim ahamiyatga ega.

Bulardan bittasi Konfutsiylik bo‘lib, uning asoschisi Kun Futszi yoki Kun-tszu edi. U mil. avv. 552-yilda zodagon oilada tug‘ilgan bo‘lib, 15 yo-shidan o‘zi mutolaa qilib, ma’lumot olgan. Uning ta’limotida qadimgi urf-odatlar va ularga to‘la rioya qilish muhim o‘rin tutadi. Hammaning ularga amal qilishi jamiyatni halokatdan qutqarib, uni gullab-yashnashiga olib ke-ladi deb uqtiriladi. Davlat to‘g‘risidagi ta’limotda «… agar podsho haqiqiy podsho o‘rnida bo‘lsa, fuqarolar – fuqaro o‘rnida, ota – ota, ona – ona o‘rni-da, bola – bola o‘rnida bo‘lsagina davlat gullab-yashnaydi» deyiladi. Agar davlat o‘z nomiga munosib bo‘lsa, unda yetarlicha oziq-ovqat, yetarlicha qo‘shinlar bo‘lishi va unga ishonch bo‘lishi zarurligi ko‘rsatiladi.

Konfutsiylik ta’limoticha insonparvarlik, odob, yuksak fazilat tufayli ja-miyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli inson ka-molotga erishadi. Uning negizida quyidagi hayotiy tamoyillar yotadi:

1. «Sen o‘zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning ham erishishiga ko‘maklash»;


  1. «Sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ham ravo ko‘rma».


Konfutsiy mil. avv. 479-yili 72 yoshida vafot etgan. Uning ta’limoti Xitoyda va uning tashqarisida hozirgacha ham mashhurdir. Xitoyning Syuyfu shahrida dunyoga mashhur «Konfutsiy yodgorlik majmuyi» bunyod etilgan (mil. av. 56 – yil – 1911-yillar).

Ikkinchisi, Daosizm ta’limoti, Dao – xitoycha aql bilan bilib bo‘l-maydigan hayotiy butunlik, «Qonun», «Yo‘l» ma’nosini bildiradi. Uning asoschisi – Lao-Szi (mil. av. VI-V asrlar) bo‘lib, uning taxallusi «Dono qari-ya» bo‘lgan. Daosizm ta’limotining markazida tabiat, koinot, inson tura-di. Dao – ko‘rinishlarga ega bo‘lmagan tanasiz, absolut kuch. Dao hamma narsalarni, shu jumladan dunyoni yaratgan. Dao bo‘yicha dunyo doim hara-katda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Daosizm «Dao»ga rioya qi-lish insonga «O‘z tabiatini butunlikda saqlab qolishga» imkon beradi, deb da’vat etadi.

Qadimgi Xitoyda adabiyot ham ancha rivoj topgan. Avvalo, xalq og‘za-ki ijodi, keyinchalik yozuvning kelib chiqishi bilan yozma adabiyot ham rivojlangan. Jumladan, xalq qo‘shiqlari asosida «Shi-tszin» to‘plami, tarixiy, falsafiy «Chun-tsyu» (Bahor va kuz) kitoblari diqqatga sazovor.

Qadimgi Xitoy tarixchilari ichida mil. avv. 145-90-yillarda yashagan Si-ma Szyan mashhur bo‘lib, yuqorida qayd qilingan «Tarixiy xotiralar» asa-rini yozgan. Unda Xitoyning eng qadimgi davridan II asrgacha bo‘lgan dav-ri yoritilgan. Milodning 32-92-yillarida yashagan Ban Gu o‘zining «Xan podsholigi tarixi» asarini yozgan.

Qadimgi Xitoyning kulolchilik mahsulotlari, ayniqsa, chinni buyum-lar hozirgacha o‘zining nafisligi, betakrorligi, pishiqligi bilan ajralib tu-radi. Ularda ishlatilgan rang, tanlangan manzaraning go‘zalligi kishini lol qoldiradi.

III asrga kelib yagona Xan podsholigining Vey, Shu va U kabi may-da uchta davlatlarga bo‘linib ketishi bilan Qadimgi Xitoy davri tugaydi va o‘rta asrlar davri boshlanadi.

Shunday qilib, Qadimgi Xitoy o‘ziga xos betakror madaniyat bilan jahon madaniyatini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Uning ta’siri, ayniqsa, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida kuchliroq aks etdi.





Yüklə 30,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə