Bajardi: Shokirova Ziyoda


Qadimgi O‘rta Osiyo madaniyati



Yüklə 30,8 Kb.
səhifə5/5
tarix24.06.2022
ölçüsü30,8 Kb.
#90055
1   2   3   4   5
qadimgi sharq

3.5. Qadimgi O‘rta Osiyo madaniyati

O‘rta Osiyo ham ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lib, uning moddiy va ma’naviy madaniyatining boshlanishi va rivojlanishi paleolit, eneolit, bronza davrlarida sodir bo‘lib borgan.

Qadimgi madaniyatning tasviriy san’at namunalarini O‘zbekiston-ning janubida Zarautsoy yonidan topilgan toshga chizilgan rasmlar, chu-nonchi, o‘sha davrdagi ov manzarasi misolida tasavvur etish mumkin.

Eneolit va bronza davrlarida (mil.avv. IV-II ming yillar) sopol buyum-lar, bronzadan, suyakdan mayda murakkab qurollar yasaladi va bu jarayon asta-sekin moddiy madaniyatning yuksalishiga olib keladi.

Mil.avv. 2 minginchi yil oxiri 1 mingyilliklar boshlarida O‘rta Osiyoda muhim tarixiy etnografik voqealar sodir bo‘ladi: Baqtriya, Sug‘d va Xo-razm kabi tarixiy-madaniy hududlar, qadimgi baqtriyaliklar, xorazmliklar, sug‘dlar, saklar singari etnik qavmlar shakllanadi. Shu etnoslar asosida Qa-dimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya, so‘ngra Sug‘d, Qang‘a, Parkana dav-latlari vujudga keldi. Shu davrda Midiya mixxat yozuvi asosida Xorazm, Baqtriya, Sug‘d, O‘rxun-Enasoy yozuvlari paydo bo‘ldi va mintaqada xalq og‘zaki ijodi bilan birgalikda yozuv madaniyati rivojlandi.

Biz uzoq ajdodlarimiz to‘g‘risida asosan «Avesto»da, ko‘proq yunon tarixchilari Gerodot, Polien, Kvint Kursiy Ruf, Rim adibi Yustinning, Pom-pey Trog, Plutarx, Arrian, Diodot asarlarida ma’lumotlarni uchratamiz.

Mil.avv. 529-329-yillar O‘rta Osiyo Eron Ahmoniylari tobeligida bo‘li-shiga qaramay mintaqaning moddiy rivojlanishi o‘ziga xos yo‘ldan bordi. Shu bilan qadimgi davrdagi O‘rta Osiyo madaniyatining shakllanishi va ri-vojlanishiga Eron, Ellin, Hind madaniyatlarining ta’siri va ularni o‘zaro bir-biri bilan boyib, rivojlanib borish jarayoni ham muhim o‘rin tutdi. Buyuk ipak yo‘lining kuchli ta’siri o‘laroq mintaqaviy, qit’alararo madaniy aloqalar kuchayib bordi.

Shahar madaniyatining (arxitektura, haykaltaroshlik, tasviriy san’at) gul-lab-yashnashida Ellinizm madaniyatining ta’siri kuchli bo‘ldi. Masalan, to‘g‘ri chiziqli, to‘rtburchakli uylar, Ark (ustunli), hammomlar qurilishi bizga Yunonistondan kirib kelgan. Numizmatika sohasida Yunon-Baqtriya davla-tida chiqarilgan noyob metall tangalar bizgacha yetib kelgan.

Haykaltaroshlik va tasviriy san’atda O‘rta Osiyo, Yunon va Hind uslub-lari qo‘shilib, buning samarasida Kushonlar va Eftaliylar davlatlarida noyob asarlar yaratilgan. Bularga «Musiqachi ayollar», Varaxsha, Xolchayontepa kabi joylardan topilgan tasviriy san’at namunalari misol bo‘la oladi. Ko‘p xudolikdan yakka xudolikka o‘tish davrining birinchi dunyoviy dini – Zaro-astrizm (Otashparastlik) va uning ilohiy kitobi (21 kitobdan iborat) «Aves-to» vatani Qadimiy Xorazm hisoblanadi. Kitobda tilga olingan hududlar ora-sida eng e’zozlangani – «Ayryanam Vaeju» o‘troq qabilalar, chorvadorlar yashagan keng sayhonlar, daryo va ko‘llar, tog‘lar yon bag‘rida joylashgan Xorazm o‘lkasidir. Xorazmliklarning «Lazgi», «Norim-norim», «Orazibon» kabi jozibali raqslari ham zardushtiylarning ming yillar davomida takrorla-nib kelayotgan marosim (ritual) raqslarini eslatadi. Xorazm hofizlarining «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh», «Panchgoh» kabi qo‘shiqlari ham ma’lum ma’noda qadimgi ajdodlarimizning «Goh» va madhiyalariga o‘xshab ketadi.

Zardushtiylik dinining payg‘ambari Zardusht ibn Sofit Tumon1 628-yil-da Midiyaning Ragi shahrida yashagan kohin Purushasp (Sofid ibn Tumon) va uning xotini Dugdovadan dunyoga kelgan. Onasi xorazmlik sarbon Faro-ximning qizi bo‘lgan. Zehni o‘tkir, ko‘plab dunyoviy va diniy bilimlarni egallagan Zardusht yangi dunyoviy ilmga asos soladi. Bu ta’limotning bosh xudosi – Axura-Mazdaga sig‘inishni targ‘ib qila boshlaydi. Axura-Mazda olamni yaratuvchi, yorug‘lik, farovonlik, sihat-salomatlik, tinchlik kabi yax-shi ezgu niyatlar xudosi. Uning aksi o‘laroq, Axriman esa zulmat, urush, o‘lim kabi qabihliklar xudosidir. Zardushtiylik dinida olov nihoyatda muqad-das sanalgan. Quyosh yorug‘lik manbayi bo‘lib, olov uning bir qismi hisob-langan. Quyosh nuri barcha birliklar manbayidir (haqiqatdan ham shunday).

Zardushtiylikda Ahuramazdadan tashqari Mitra, Farna, Nohid (Ana-xita), Mirrix, Xutbi kabi xudolar ham tilga olingan. Mitra-Quyosh va yo-rug‘lik xudosi. U jangovar yigit siymosida tasvirlanadi. Farna mahalliy aholi tilida Xumo ba’zan Anqo nomi bilan yuritilgan. U baxt va tole ma’budasi. Nana yoki Nohid hosildorlik va farovonlik ma’budasi. U bir qo‘lida anor yoki olma tutgan go‘zal ayol qiyofasida tasvirlanadi. Mirrix – urush va g‘alaba xudosi, harbiylar madadkori bo‘lib, qurollangan jangchi qiyofa-sida aks etadi. Xutbi – suv xudosi, qayiqchilar va miroblar homiysi, za-bardast yigit siymosida gavdalangan.

Bu dinda, olov, tuproq, suv va havo kabi to‘rt unsurni iflos qilish yoki tahqirlash eng katta gunoh hisoblangan. «Avesto»da xalq tabobati, odobi, estetikasi, sog‘lom turmush tarzi o‘z ifodasini topgan. Unda har bir inson ezgu fikr, odil so‘z va halol mehnat bilan yashashi zarurligi ko‘rsatilgan.

Zardushtiylik dinidagi quyidagi tamoyillar boshqa dunyoviy dinlarda ham o‘z aksini topgan. Bular:


  1. 5 vaqt xudoga sig‘inish;


  2. Narigi dunyo to‘g‘risida;


  3. Odamlarning ruhlarini jannat va do‘zaxga ajratuvchi qil ko‘prik haqida;


  4. Oxirat haqida;


  5. Sog‘lom turmush haqida;


  6. Tabiatni e’zozlash va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish haqida…


Zardushtiylik dini o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayot va adolatni himo-ya qiluvchi din sifatida shakllangan. Shu sababli u Turon, Eron va Xuro-sonda keng tarqalgan. Jumladan, Eron Kayoniylari sulolasi Gushtasp davri-da zardushtiylik davlat dini sifatida tan olingan. Gushtasp mamlakatda ko‘p-lab otashkadalar qurdirgan, Avestoni oltin taxtachalarga yozdirib, markaziy ibodatxonalarga qo‘yishni buyurgan. Eronda sosoniylar sulolasi davrida «Avesto» 21 ta kitob shaklida to‘la holda yozilgan va podshoning kutubxo-nasida saqlangan. Kitoblar sanskrit tilida, 48 harfdan iborat pehlaviy yozu-vida bitilgan. Uning to‘la qismi Aleksandr Makedonskiy bosqini davrida uning qo‘liga tushgan va 3/5 qismi yo‘q qilingan. Chunki bunday dini, ma’-naviyati yuqori bo‘lgan xalqlarni tobe qilish oson bo‘lmasligini bu jahongir fotih tushunib yetgan edi.

«Avesto»ning bizgacha yetib kelgan «Yasna», «Vidavdat», «Vispa-rat», «Yasht» duo-yu tadbirlar, qo‘shiqlar, madhiyalardan iborat qismlari milodning III-VII asrlarida qayta yozilgan. Jumladan, «Yasht»ning qu-yosh xudosi «Mitraga madhiya»siga bag‘ishlangan qismida shunday jumlalar bor:

Kim menga qilar sajda,

Kimdir pisand qilmas,

Kimdan e’zoz topdim, kimdan aldovni,

Kimgadur beraman baxt va tani sog‘liq,

Kimgadur mashhur ajdodlar etadurman hadya,

Kimdandur barchasin tortib olarman.

Kimga dard beraman va o‘lim,

Kimgadur bebaxt muhtojlik,

Kimgadur mashhur narsalar,

Bir zumda barchasin bunyod etarman.

(Avesto. Избранные гимны, 80-81-betlar).

Qadimgi davrda O‘rta Osiyoda ko‘pdinlik mavjud bo‘lgan. Chunonchi, bu hududda buddizm, moniylik, shomonlik, nasroniylik dinlari hukm sur-gan. Bu dinlarga sig‘inuvchilar o‘rtasida bir-birlarini hurmat qilish, diniy bag‘rikenglik tenglik amalda bo‘lgan. Bu esa kishilar ongida baynalmilallik hislarini shakllantirishda muhim omillar bo‘lib xizmat qilgan.

Markaziy Osiyoning tub xalqlari tabiatida boshqa millatlarning vakil-lariga nisbatan kengfe’llik azalda mavjud bo‘lib kelgan. Bu sof insoniy tuy-g‘u, masalan, o‘zbeklarda shu qadar rivojlanganki, milliy-ma’naviy keng-fe’llik, toqatlilik ularning umumiy madaniyati va ruhiyatining ajralmas qis-miga aylanib ketgan.



Shunday qilib, Bobil, Misr, Hindiston, Xitoy kabi O‘rta Osiyo ham ja-hon ilk sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yerda ham juda qadimdan boshlab jahon madaniyati va ma’naviyatining bebaho durdonalari yaratilib kelingan. Bu esa biz vorislarda, birinchidan, buyuk o’t-mishdoshlarimizga nisbatan minnatdorchilik hislarini tug‘dirsa, ikkinchidan, ular bilan faxrlanish tuyg‘usini hosil qiladi.
Yüklə 30,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə