Baliqchilik xo‘jaliklarini intensivlashtirish


O‘zbekiston sharoitida baliqlarni qafaslarda etishtirish



Yüklə 347,84 Kb.
səhifə2/4
tarix11.05.2022
ölçüsü347,84 Kb.
#86669
1   2   3   4
Бали1111111 (Lotincha)

O‘zbekiston sharoitida baliqlarni qafaslarda etishtirish

Tabiiy suv havzalaridan oqilona foydalanishning yana bir yo‘nalishi bu baliqlarni qafaslarda (sadokda) etishtirish. Bunda suv resurslaridan samarali foydalangan holda qimmatbaho turdagi baliqlarni intensiv usulda etishtirish imkoni yaratiladi. Qafas – qo‘zg‘olmas yoki suzuvchi, devorlari to‘r bilan o‘ralgan, qimmatbaho turdagi baliqlarni saqlash va intensiv yo‘l bilan o‘stirishga mo‘ljallab hovuz, suv ombori, ko‘l yoki daryoga o‘rnatish hisobiga tashkil qilingan sun’iy havzadir. Qafaslarni ponton (po‘kaklar) va plastmassa trubalar yordamida suv yuzasiga yoki suv ostiga qoziqoyoq bilan mahkamlangan holda joylash mumkin. Qafaslar usuli yuqori texnologik baliq etishtirish bo‘lib, hosildorlik 50-200 kg m3 ni tashkil qiladiO‘zbekistonda sun’iy hovuzlarda bugungi kunda bir kub metr suvda 50-100 gramm baliq etishtirilmoqda. Bu qafaslarda baliq etishtirilganga nisbatan 1000 marta kamdir. E’tiborli jihati, qafas yordamida turli suv havzalarida, xususan, suv omborlari va tabiiy ko‘llarda baliq parvarishlasa bo‘ladi. YAna bir qulayligi, yagona suv havzasida turli xildagi (turlari katta yoki kichikligi bo‘yicha) baliqlarni etishtirish uchun alohida qafaslarni o‘rnatish mumkin. Baliqlarni oziqlantirish, rivojlanishini nazoratga olish va ovlash juda qulay hamda qo‘riqlash tizimi engildir. Baliq ovlash va akvakulьtura (baliqlar va boshqa suv organizmlarini sun’iy yo‘l bilan etishtirish) oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Mamlakatimizning barcha suv havzalari amalda irrigatsiya tizimi bo‘lib, baliqchilik korxonalari suv iste’molchisi emas, balki suvdan foydalanuvchi bo‘lishi va «suv manbasi – yakuniy suv iste’molchisi» zanjirida o‘z o‘rnini topishi kerak. Suv baliqchilik korxonasi orqali iste’molchi uchun muayyan muddatlarda va suv sifatining yomonlashuvisiz o‘tishi lozim. Masalan, oqar havzalar orqali suv o‘tishi va xuddi shu sifat bilan tezda kanalga qaytishi kerak. Quruqlikda basseynlar, ko‘llarda qafaslar joylashtirilishi mumkin, shunda ular suvni buzmaydi va uni yo‘qotmaydi (ortiqcha sarf etmaydi). Bu qishloq xo‘jaligining keng sohasiga ixtisoslashgan xususiy fermer xo‘jaliklari uchun ekstensiv kam xarajatli texnologiya hisoblanib, ushbu texnologiya boshqa faoliyat turlarining chiqindilarini utilizatsiya qilgan holda katta sarf-xarajatlarsiz qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish imkonini beradi. Suv havzasida organik va boshqa o‘g‘itlardan foydalangan holda suv o‘simliklari etishtiriladi. Suv o‘simliklarining mahsuldorligi er ustidagi ekinlarga qaraganda, bir necha marta ko‘p bo‘ladi. Tadqiqotlarda suv giatsintining mahsuldorligi gektariga 300 tonnaga etishi, protein miqdori hatto soya o‘simligiga qaraganda, bir necha marta ko‘pligi aniqlangan. Suv o‘simliklarining biomassasi o‘simlikxo‘r baliqlarni oziqlantirish uchun yo‘naltiriladi. O‘simlik oq amur, qisman plankton uchun ozuqa hisoblanadi. Oq amur hayot faoliyatining chiqindilari ham plankton uchun em bo‘ladi. Planktonni esa do‘ngpeshona va karplar yaxshi iste’mol qiladi. Baliqchilik suv havzasi mahsuldorligining eng yaxshi xususiyat – omixta emdan foydalanmagan holda gektariga 1,5-2 tonna baliq tayyorlashdir. Tizimning ustunligi shundaki, go‘ng yoki yashil o‘g‘itlar (kompost ko‘rinishida) chorvachilik yoki dehqonchilik chiqindilari ham bo‘lishi mumkin. Suv havzasining to‘r yoki boshqa katakchali material bilan to‘silishi, bu qo‘shimcha xarajatlarsiz doimiy ravishda suvni almashtirish va uning sifatini, hatto baliq tig‘iz taqdirda ham saqlab turish imkonini beradi. Bunda o‘tkazish tig‘izligi birlamchi 30-50 kg m3 gacha bo‘lishi mumkin. Qafaslar istalgan suv havzasiga o‘rnatilishi mumkin. O‘zbekistonda tabiiy suv omborlari mavjudligi, qafasli akvakulьturani keng qo‘llash imkonini beradi. Bunda qafaslardagi baliqlar hayot faoliyatining chiqindilari suv omboridagi boshqa baliqlarga qo‘shimcha ozuqa bo‘lishi mumkin.

Suv omborlarida qafaslarda baliq etishtirish Oqar havzalar kam hajmdagi suvda baliqlarni intensiv tarzda etishtirish imkonini beradi. Suvning sifati suv almashinuvi hisobidan saqlanib turadi. Basseynlarni kanallarda, kichik daryolar, ariqlar yonida joylashtirish mumkin, ular suvni ushlab turmaydi. Suv 1 soat ichida basseyn orqali o‘tib, orqaga, daryoga qaytishi yoki kanaldan iste’molchiga yo‘naltirilishi mumkin. 20-30 kg/m3 mahsuldorlik darajasida suvning sifati bunday basseynlardan keyin ham yomonlashmaydi. Qafas baliqchiligining rivojlanishini belgilovchi asoslar: - baliqlarni turli xildagi havzalarda etishtirish imkoniyatining mavjudligi; - oson xizmat ko‘rsatish, jumladan ovlash, nazorat qilish, oziqlantirish; - turli xildagi baliqlarni etishtirish imkoniyatining mavjudligi, jumladan bitta suv havzasiga turli baliqlar uchun qafaslar o‘rnatish; - yuqori mahsuldor, balanslashtirilgan omixta emlarni ishlatish zarurligi; - suv sifatini (xarorat, kislorod miqdori, pH, boshqa) va baliq o‘sishini doimiy nazorat qilish; - baliq kasalliklariga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazishdan iboratdir.

Qafaslarda baliq etishtirishda suv sifatiga qo‘yiladigan talablar

Qafaslarda etishtiriladigan baliq turlari: 1) Sovuq suvlarda kamalakrang gulbaliq (forelь) va daryo xonbalig‘i; 2) Iliq suvlarda – kanal laqqasi va boshqa laqqa turlari, osyotrlar, karp hamda tabiiy sharoitimizga mos regionlarda etishtiriluvchi okunlar turiga kiruvchi baliqlar. Unutmang, baliq turlarini tanlashda yuqori mahsuldor, balanslashtirilgan em bilan boqishga mo‘ljallangan baliqlar olingani ma’qul.

Forelьni havzasi. O‘sishi uchun eng qulay harorat - 12-18 °S. 22 °S haroratda uning oziqlanishi va o‘sishi susayadi. 7 °S past haroratda oziqlanish keskin kamayadi, baliqlantirish 550 dona m3 , 15-20 sm chavoq bilan baliqlantirilishi mavsum oxiriga har bir baliq vaznini 500 g gacha etishiga imkon yaratadi. Laqqa. O‘sishi uchun eng qulay harorat 26,5 29 °S, 21 °S past haroratda oziqlanishi va o‘sishi susayadi, 7 °S da uning oziqlanishi to‘liq to‘xtaydi, 35 °S dan yuqori haroratda oziqlanish susayadi, o‘lishi ham mumkin. Havzani baliqlantirish me’yori 170-500 dona m3 , 170 dona m3 kam baliqlantirilsa, baliqlar o‘zaro urishib, bir-birini jarohatlashi mumkin. Karp Evropa, Osiyo va YAqin SHarqda muvaffaqiyat bilan o‘stirib kelinayotgan baliq turidir, Karpning qafaslardagi mahsuldorligi boshqa baliqlarga nisbatan yuqori. Karpdan 250 kg/m3 gacha hosil olish imkoniyati mavjud, havzani 70 dona/m3 baliqlantirib, xar bir baliqni 1,5 kg gacha o‘stirish imkoniyati mavjud. Qafas yasash. Qafas shakllariga ko‘ra aylanasimon, kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lishi mumkin. Sun’iy hovuzlarda kichik qafaslar 2-20 m3 hajmdagi, yirik ko‘l va suv omborlarida 10-100 m3 hajmdagi qafaslarni qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Qafaslarni yasash: 4 dona 1,25 metr va 8 dona 1 metr uzunlikdagi yog‘och tayoqlar olinadi va bir-biriga bog‘lab mustahkamlanadi. YAsalgan qafasni to‘r bilan o‘rash uchun eni 1,25 metr va bo‘yi 4,5 metr o‘lchamdagi to‘r kesib olinadi. Qafas tubi uchun bo‘yi va eni 1 metrga teng to‘r alohida kesib olinadi. Kesib olingan to‘rlar bilan avval qafas yonlarini, keyin tubini qoplaymiz. YAsalgan qafas cho‘kib ketmasligi uchun unga suv yuzida turuvchi jismlar po‘kak bog‘lab qo‘yiladi. Po‘kaklar qafasni yuqori qismidan 25 sm pastroqda bog‘lanadi.

BALIQLARNI BASSEYNLARDA ETISHTIRISH Baliqlarni nafaqat hovuzlarda, qafaslarda, balkim basseynlarda ham etishtirish mumkin. Baliqlarni sun’iy basseynlarda etishtirish – bu zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida akvakulьturaning intensiv rivojlanishi hisoblanadi. Baliq etishtirishning bir necha asosiy turlari mavjud bo‘lib, bular tabiiy manbadan suvni doimiy olish, suv ta’minotining aylanma tizimi va yopiq suv ta’minotidan iboratdir. Basseynlar har xil materiallardan tayyorlanishi mumkin. Masalan, yog‘ochlardan, temir metalldan, plastmassadan, betondan va erda joylashishi mumkin. Betondan qurilgan va erda joylashgan basseyn xo‘jaliklari GRES va AESlarning suv sovutish va suv tashlash kanallari qirg‘oqlarida joylashishi mumkin. Basseynlar ochiq havoda yoki yopiq binolarda tashkil etilishi mumkin. Ular turli shakllarda bo‘lishi mumkin: dumaloq, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak. Beton va erga quriladigan basseynlar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lishi kuzatiladi. Basseynlarda baliqlarni o‘stirishda ularga yuuqori sifatli granula shaklidagi omixta ozuqalari berilishi kerak. Basseynlarda baliqlar yashashi uchun suvning oqish tezligini o‘zgartirish hamda suvning harorati va gidrokimyoviy me’yori nazorat qilinishi lozim.

Agar basseynlar yopiq binolarda joylashgan bo‘lsa, baliqlarni yil davomida etishtirish mumkin. Jarayonni to‘liq mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoniyati mavjud. Bunda nasos stansiyasiga ehtiyoj tug‘iladi. SHuningdek, basseynlardagi suvni tozalash shart, o‘z-o‘zidan suv tozalash inshooti ham kerak . Bularning barchasi mahsulot qiymatining oshib ketishiga olib keladi. Basseyn xo‘jaliklarida etishtirilgan baliqlarning narxi qafaslarda etishtirilgan baliqlarning narxiga nisbatan 1,5 barobarga qimmat. SHuning uchun ham basseynlarda baliqlarning qimmatbaho, delikates turlari hisoblangan osyotr va losossimon baliqlarni etishtirish maqsadga muvofiqdir. Basseynlarda turli baliqlarning yakuniy mahsuldorligi chavoqlar zichligi, suv almashinuvining intensivligi, tozalik darajasiga (baliq mahsuldorligi 1 m3 yoki 1 m2 dan 20 dan 100 kg gacha va osyotr baliqlari uchun undan yuqori bo‘lishi) bog‘liqdir. Misol uchun, karp balig‘ini joylashtirish zichlik me’yorlarini keltirish mumkin. 1-4 m2 maydonli plastik basseynlarda karp balig‘ining 50 g gacha chavoqlarini etishtirish mumkin. Suv almashishi chavoqlar 1 g gacha o‘stirilayotgan mahal 15-20 minutda, 1-50 g gacha o‘stirishda 20- 30 daqiqada amalga oshirilishi lozim.

Basseynlarda suv sathi 15 g bo‘lgan lichinkalar uchun 20-30 sm, og‘irligi 50 mg bo‘lganlari uchun 30 sm, 1 g gacha bo‘lgan chavoqlar uchun 50 sm va 50 mg gacha bo‘lgan segoletkalar uchun 1 m bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 15 mg bo‘lgan lichinkalar zichligi 1 m3 joyga 100 ming dona, vazni 50 mg gacha bo‘lganda 1 m3 joyga 50 ming dona, vazni 1 g gacha bo‘lganda, 1 m3 joyga 25 ming dona va vazni 1 g dan 50 g gacha bo‘lganda, 1 m3 joyga 1000 dona joylashtirish mumkin. 15 mg vazndagi lichinkalarning yashovchanligi 80% ni, 50 mg gacha lichinkalarning yashovchanligi 70 % ni, 1 g gachasi 85 % ni, 50 g gachasi 95 % yashovchanlikni tashkil etadi. Lichinkalarni 15 mg gacha o‘sishi 6-7 kunda, 15–50 mg gacha 7-8 kunda, 50-300 mg gacha 15 kunda, 300 mg dan 1 g gacha 15 kunda, 1 g dan 50 gr gacha 90-120 kunni o‘z ichiga oladi.

1 metr chuqurlikdagi to‘g‘ri to‘rtburchak basseynlarda 10 dan 200 ming donagacha (1m3 maydonda) karp tovar baliqlarini o‘stirish mumkin.

Hozirda respublikamiz 1601 ta (296 ta tabiiy va 1305 ta sun’iy suv havzalari)da baliqchilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatyapti. Ular ixtiyorida jami 583,7 ming gektar suv havzalari bo‘lib, shundan 566,6 ming gektari tabiiy va 17,1 ming gektari sun’iy suv havzalaridir.

O‘zbekiston dengizdan yiroqda joylashgan. SHu bois baliqchilikni rivojlantirishda faqat ichki imkoniyatlar, ya’ni respublikada mavjud barcha toifadagi (oqar, zovur va sizot) suv resurslari hamda suv o‘simliklaridan tejamkorlik bilan foydalanish talab etiladi. SHu ma’noda, bugun tabiiy suv havzalari va suv o‘simliklaridan oqilona foydalanish evaziga mahsulot hajmini yanada ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda. Basseynlarda baliqlarni etishtirishning afzalligi shundaki, bu usulda suvning sifati buzilmaydi va o‘ziga alohida suv sarflanishini talab etmaydi. Oqar suv havzalarida kam hajmdagi suvda baliqlarni intensiv tarzda etishtirish ham o‘zining yuqori samarasini beradi. Bunday basseynlarni kanallar, kichik daryo yoki ariqlar yonlarida qurish mumkin. Muhimi, suv dalalarga qaytariladi va oqar suv sifatiga va suv me’yoriga hech qanday ta’siri bo‘lmaydi. Respublikamizda intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Samarqanddagi «Stekloplastik» zavodida «Stekloplastik» basseynlar ishlab chiqarilmoqda. Demak, maxsus basseynni xorijdan izlab yurish, keltirishga hojat yo‘k.


Yüklə 347,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə