Baliqchilik xo‘jaliklarini intensivlashtirish


Baliqlarning omixta emlari



Yüklə 347,84 Kb.
səhifə3/4
tarix11.05.2022
ölçüsü347,84 Kb.
#86669
1   2   3   4
Бали1111111 (Lotincha)

Baliqlarning omixta emlari

Organizmga kiradigan ozuqa uni rivojlanishining barcha bosqichlarida harakat, o‘sish, voyaga etish, ko‘payish bilan bog‘liq jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi. Ozuqa iste’mol qilish tananing atrof-muhit bilan eng muhim aloqalaridan biridir. Individual rivojlanish davrida baliqlar ikki xil oziqlanadi - endogen (tananing ichki resurslari xisobidan) va ekzogen (tashqi ozuqa hisobiga). Baliqlarning deyarli barchasi hayotlari davomida asosan ekzogen bilan oziqlanadi. Ammo, barcha baliqlarda, hayotining dastlabki davrida oziqlanish uvildiriqda va embrion hosil bo‘lgandan keyin – ozuqa manbai sariqlik qopchasida sariqlik yoki ozuqa zaxirasi va yog‘ to‘plangan bo‘ladi (endogen oziqlanish), shu moddalar hisobiga o‘sish ro‘y beradi. Voyaga etgan baliqlarda endogen oziqlanish davrlari ham mavjud, masalan, qishda boqilmaydigan yoki quruq ko‘lmaklarda yashaydigan baliqlar, shuningdek, urchish migratsiyasi davrida ko‘chib yuruvchi baliqlar ham mavjud. Bu vaqtda tashqi muhitdan oziqlanish to‘xtaydi. Oziqaning xilma-xilligiga ko‘ra, baliq monofaglar (bir turdagi oziqa bilan oziqlanadigan), stenofaglar (oziqa ob’ektlari spektori kichik) va evrfaglar (ozuqa turlarining kengligi) ga ajratsa bo‘ladi. Baliqlarning oziqlanish turiga qarab bir qator tasniflar mavjud. Birinchidan, baliqlar beozor va yirtqichlarga bo‘linadi. Beozor baliqlar umurtqasizlar, o‘simliklar va detritlar bilan oziqlanishi mumkin. Bu baliqlar guruhiga planktofaglar (oqpeshona) va bentofaglar (oqcha); fitofaglar (qizilko‘z, oq amur); detritofaglar (xramulya) kiradi. Yirtqichlar baliqlar va ba’zida boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Biroq, bu taqsimot nisbiydir: ko‘plab baliqlar (oddiy sazan), ba’zida bentofaglar plankton bilan oziqlanishga o‘tishi mumkin va o‘txo‘r baliqlar odatdagi ozuqa bo‘lmaganda yirtqichlarga aylanadi. Ozuqalar. Zamonaviy mahsulot baliqchiligida samarali boqishning ahamiyati. Baliqlarni ratsional oziqlantirish zamonaviy mahsulot baliqchilikning asosidir. Baliq etishtirish jarayonlarining intensivligi tobora ortib borgan sari oziqlantirishning roli ham oshadi. Oziqlantirish orqali hovuz xo‘jaliklarida 70 foiz, sanoat baliq xo‘jaliklarida 100 foizgacha mahsulot olinadi. Mahsulot baliqlarini etishtirishda ozuqaga qilinadigan xarajatlar umumiy xarajatlarning kamida yarmini tashkil etadi. Ozuqaning ozuqaviy qiymati bir necha pozitsiyalar bo‘yicha baholanadi: • ozuqa etarli miqdorda, ma’lum hajmga ega bo‘lishi kerak va baliq uni katta miqdorda energiya sarf qilmasdan osongina topishi va iste’mol qilishi mumkin bo‘lsin; • ozuqa baliq ehtiyoj sezganda oson etisha oladigan joyda doim bo‘lishi kerak; • ozuqa ta’mi va rangi jalb etuvchanligi, kimyoviy jihatdan to‘liq qiymatli tarkibga egaligi, maksimal miqdorda hazm qilinishi va o‘zlashtirilishi kerak; • ozuqa tananing barcha energiya ehtiyojlarini qondirishi, normal rivojlanishni va maksimal o‘sish sur’atlarini ta’minlashi kerak.



Tabiiy suv havzalarida baliq tabiiy ozuqa organizmlari tufayli ozuqa bilan ta’minlanadi, baliq mahsuldorligi esa tabiiy ozuqa miqdori bilan tartibga solinadi. Hovuz baliqchilik xo‘jaliklarida tabiiy ozuqa organizmlari hisobiga baliq ratsionining faqat bir qismini ta’minlashi mumkin. Masalan, baliq hovuzlarida bu qism o‘sishning 20-25 foizidan oshmaydi, asosiy qismi, ya’ni o‘sishning 75-80 foizi baliqlarni maxsus omixta ozuqalar bilan oziqlantirish natijasida ro‘y beradi. Baliqning tez o‘sishi va yuqori mahsuldorlikka erishishi uchun zarur miqdorda ozuqa moddalari - oqsil, yog‘, uglevodlar, minerallar, vitaminlar va boshqa ba’zi biologik faol moddalar bilan ta’minlangan taqdirdagina amalga oshadi, ya’ni baliqlar hayot faoliyati uchun etarli energiya bilan ta’minlanishi kerak. Ishtaha oshqozon fermentlarining sekretsiyasini keltirib chiqaradi, ozuqa moddalarini hazm qilish va o‘zlashtirishga yordam beradi. SHu bilan birga, ishtaha qondagi oraliq metabolik mahsulotlarning tarkibiga, ularni tana hujayralari tomonidan assimilyasiya qilish darajasiga, ozuqaning rangi va hidi, suvning harorati va gaz rejimiga bog‘liq. Biroq, baliq etishtirish amaliyotida faqat baliq ishtahasiga tayanib bo‘lmaydi - oqilona oziqlantirish ilmiy asoslangan me’yorlarga muvofiq tashkil qilinishi kerak. CHunki ortiqcha ozuqa ham ozuqa etishmasligi singari zararli hisoblanadi.

Ozuqa tarkibi va me’yorlari.

Normal o‘sish va rivojlanish uchun baliq ma’lum miqdor va nisbatdagi ozuqa moddalariga muhtoj. Baliq ehtiyojlariga muvofiq ozuqa tarkibida muhim almashinmaydigan aminokislotalardan tashkil topgan oqsil, yog‘lar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar bo‘lishi kerak. Losossimonlar, karpsimonlar va boshqa ba’zi baliqlarning muhim aminokislotalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash orqali (Halver and Shanks), ozuqadagi oqsil tarkibini optimallashtirish mumkin. SHuningdek, baliqlar to‘yinmagan yog‘ kislotalarga, ayniqsa linoleik va linolenik yog‘ kislotalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlangan (Poston and Zivingston). YOsh o‘tgan sari metabolizmdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, baliq ozuqasi 2 guruhga ajratiladi: boshlang‘ich (yosh) va mahsuldor (bir yozli va undan katta yoshdagi baliqlar uchun). * Boshlang‘ich ozuqa tarkibi 45-55% protein, 15% gacha yog‘, 10-12% minerallar, 30% gacha uglevodlar va zarur vitaminlar majmuasidan iboratdir. * Mahsuldor ozuqa tarkibi oqsil va yog‘ miqdori kamligi bilan farqlanadi (Halver, Phillips, Kanidьev, Gamыgin). Baliq ozuqasi bir necha ozuqaviy tarkibiy qismlarning aralashmasidan iborat bo‘lib, ozuqa aralashmasi, deb ataladi. Ozuqa aralashmasida baliq uni, mol talog‘i, kunjaralar, go‘sht va sut chiqindilari, don va donni qayta ishlash chiqindilari, dengiz qisqichbaqasimonlaridan olingan un, mollyuskalar, suv o‘tlari, fosfatidlar, o‘simlik yog‘i, vitaminlar, antibiotiklar va mikroelementlar qo‘llaniladi. Ozuqa aralashmalari donador va pastasimon shaklda tayyorlanadi. Zamonaviy baliqchilik xo‘jaliklari asosan quruq un qorishmalariga asoslanadi va bu tarkibiy qismlardan donador (granula) shaklga keltiriladi. Donador ozuqa aralashmasi omixta em (kombikorm), deb ataladi. Omixta em iloji boricha zamonaviy baliq ishlab chiqarish talablariga to‘liq javob beradi. Omixta emlarda doimiy kimyoviy tarkib va kafolatlangan samaradorlik osongina ta’minlanadi. Muvozanatlangan aralash ozuqalardan foydalanish sanoat baliqchiligi sharoitida ayniqsa muhimdir. Baliqlarni o‘tqazish tig‘izligi yuqori zichlikda, metabolik mahsulotlarni oksidlash uchun suvdagi kislorod zaxirasini kamayishiga olib keladi. Metabolik mahsulotlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, muvozanatlangan omixta em sifati shuncha yomonlashadi. Baliqlarni boqish samaradorligining pasayishi ko‘pincha ozuqa tarkibida vitamin etishmasligi bilan ham izohlanadi. Hozirgi vaqtda baliqlarning 15 ta vitamin va vitaminga o‘xshash moddalarga bo‘lgan ehtiyoji ma’lum. Vitamin etishmovchiligining belgilari - ishtahaning yomonlashuvi, baliq o‘sishi, anemiya, oyquloq, teri kasalligi, jigarning yog‘li degeneratsiyasi, buyrak va ichki organlarning qon talashishi. Bular o‘limning ko‘payishiga olib keladi. Ideal sharoitda baliq doimiy ravishda ozuqani olish va yutishga katta kuch sarflamasligi kerak. Biroq, ushbu shartning bajarilishida ozuqaning katta qismi yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun amalda baliq etishtirishda eng yuqori chastotali uzluksiz oziqlantirishdan foydalaniladi. Oziqlantirishning maksimal chastotasi ayniqsa, faol oziqlanish davrida zarur. Baliq etishtirish sanoatida zamonaviy standartlarga muvofiq, lichinkalar va baliq chavoqlarining boqish chastotasi kuniga 12 dan 24 martagacha (Bohl, Kanidьev, Gamirin) tebranadi. Kamalakrang gulbaliq uchun optimal oziqlanish chastotasi 12, chavoqlar uchun 10, bir yozli baliqlar uchun 8-9, bir yillik uchun 8 va undan katta yoshli baliqlar uchun kunduzi 4-6 marta. Ko‘chib yuruvchi lososning shu yoshdagi guruhlarini boqish chastotasi ikki baravar baland. Karp baliqlarini omixta em bilan boqish chastotasi ham yuqoridir. Masalan, karp lichinkalari va chavoqlarini boqish chastotasi 24, bir yozli baliqlar 20, bir yillik uchun 10, ikki yozli va katta yoshdagi guruhlar kun davomida kamida 8 marta. Mexanik oziqlantiruvchi vositalardan foydalanish ozuqa samaradorligini oshiradi. Sanoatlashtirilgan baliq ishlab chiqarish sharoitida, etishtiriladigan baliqlarni oziqlantirish uchun asos maxsus retseptlarga muvofiq, quruq unga o‘xshash tarkibiy komponentlar asosida tashkil etiladigan omixta em, hisoblanadi. Uning samaradorligi protein, yog‘, uglevodlar, minerallar va vitaminlar darajasiga, shuningdek, aminokislotalar, yog‘ kislotalari va vitaminlar me’yoriga bog‘liq.


Yüklə 347,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə