Bank ishi va auditi fanlar katalogi


-bosqich 9-semestr: Majburiy fanlar



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix04.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#115462
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2020 2021 3 Bank ishi va auditi talim yo\'nalishi Fan katalogi

5-bosqich 9-semestr: Majburiy fanlar
5-bosqich 9-semestr: Tanlov fanlar ( 18 ECTS)
47.
BAA2706 
Bank 
auditi 
amaliyoti 
Kursning maqsadi bo’lib, respublikamiz tijorat banklarining daromad va 
xarajatlari auditi hamda buxgalteriya hisobining amaldagi holatini tahlil qilish 
nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun 
quyidagi vazifalar belgilanadi: tijorat banklari faoliyatining daromad va xarajatlarini 
nazariy asoslarini o’rganish; tijorat banklari daromad va xarajatlari buxgalteriya 
hisobi hamda auditining zamonaviy holatini hamda uning huquqiy asoslarini 
o’rganish; respublikamiz tijorat banklarining daromad va xarajatlari buxgalteriya 
hisobi hamda auditi bilan bog’lik muammolarni aniqlash; tijorat banklari daromad 
va xarajatlari buxgalteriya hisobi va auditini o’tkazishni takomillashtirish bo’yicha 




amaliy ishlar to’g’risida tushinchalar berish. 
48.
HFX2706 
Hayot faoliyati 
xavfsizligi 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining maqsadi – bo’lajak mutaxassislarga hayotiy 
faoliyatlarida 
yuzaga 
keladigan 
xavflarning 
kelib 
chiqish 
sabablarini, 
xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo’qotish uslublarini xavfsiz ish sharoitlarini 
yaratish tabiiy texnogen va yekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholini 
himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat 
olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini o’rgatishdan iborat. 
Bundan tashqari inson hayotiy faoliyatida yuzaga keladigan xavflarni o’rganish, 
ularni identifikasiyalash, ishlab chiqarishda muqobil muhitni yaratish, texnosferada 
kasb kasalliklarni kamaytiradigan va baxsiz hodisalarni oldini oluvchi tadbirlarni 
ko’rish, shuningdek, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga 
o’rgatish, shikastlangan o’choqlarda aholini qutqarish va tiklov ishlarini o’tkazish, 
yong’inga qarshi xavfsizlik boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim
ko’nikma va kasbiy malakaga yega insonni tarbiyalashga qaratilgan. 


49.
BB2706 
Bank 
boshqaruvi
(6 ECTS) 
Mazkur fanda bank marketingi va menejmentining tashkiliy asoslari, uning 
boshqaruv jarayonini tarkibi, bank boshqaruvi apparatining tuzilishi, bank siyosati 
va bank sohasida marketingni qo’llanilishi kabi masalalar yoritilgan. Shu bilan birga 
bankdagi moliyaviy menejment bo’yicha ayrim savollar, ya’ni, bank xususiy 
kapitalini, aktivlarini, qarz mablag’larini, passivini, daromadlarini, bank riskini, 
investisiya va kredit portfelini boshqarish masalalari ko’rib o’tilgan. 


50.
MM2706 
Moliyaviy 
menejment
(6 ECTS) 
"Moliyaviy menejment" fanining o’rganish iqtisodchilarning bank ishi va 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida negizli tayyorgarliklari talabidan kelib 
chiqqan holda ko’riladi. Fanning o’rganishdan pirovard maqsad-moliyaviy 
menejmentning asoslari bo’yicha bo’lajak mutaxassislarda chuqur nazariy va amaliy 
bilimlarni shakllantirish, subyektning moliyaviy menejment darajasini ko’rsatuvchi 
asosiy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun amaliy bilimlar ishlab chiqish, moliyaviy 
munosabatlar prizmasi orqali subyektni strategik maqsadiga erishish, hamda taktik 
vazifalarni amalga oshirishdir 


51.
ANBM2706 
Aksiya 
narxlari va 
buxgalteriya 
ma’lumotlari 
Ushbu kursning maqsadi buxgalteriya hisobini axborot tizimi, shuningdek biznes tili 
sifatida tushunishni osonlashtirishdir. Kurs ishtirokchilarni biznes bilan bog'liq 
oqilona qarorlar qabul qilishda ularning analitik kuchlarini oshirishga 
ko'maklashadigan turli xil moliyaviy vositalar va texnikalar bilan tanishtirish uchun 
mo'ljallangan. 


52.
BS2806 
Biznes 
strategiya
(6 ECTS) 
Ushbu fanda zamonaviy bozor sharoitida tijorat korxonalarining strategiyasini 
ishlab chiqish bilan bog’liq nazariy va amaliy yondashuvlarning tahlili keltirilgan va 
asosiy e’tibor bu korxonalarning yuqori boshqarmasi tomonidan qabul qilinadigan 
strategik qarorlarning mazmuniga qaratiladi. 




Ushbu kursda strategik boshqarish nazariyasi, Maykl Porterning kengaytirilgan 
konsepsiyasi, strategik rejalashirishning mazmuni, o’sish tempi va bozordagi 
ulushning taqqoslanmasi: BCG modeli, ko’rkamlilik va raqobatbardoshlilik 
taqqoslanmasi: McKinsey modeli, tarmoqning ko’rkamlilik va raqobatbardoshlilik 
taqqoslanmasi: 
Shell 

DPM 
modeli, 
bozor 
evolyusiyasining 
tahlili: 
Hofer/Schebdell, tarmoq xayot siklining tahlili: ADL/LC modeli, biznesning 
strategik xolatlarini aniqlash kabi ma’ruzalarni o’z ichiga olgan. 
53.
BN2606 
Bank hisobi 
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish hozirgi kunda bank 
buxgalteriyasining eng zarur sohasi bo’lib hisoblanadi. Bu fanda banklarda 
buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari‚ hisobvaraqlari rejasi‚ uning tuzilishi‚ 
analitik va sintetik hisoblarning yuritilishi o’rganiladi. Banklarning hujjatlari va 
hujjatlar aylanishiga tavsif beriladi. Shuningdek‚ obank operasiyalari‚ jumladan 
naqd pulsiz hisob-kitoblar‚ kassa va ssuda, emissiya operasiyalari‚ banklararo hisob-
kitoblarning hisobi va rasmiylashtirilishiga alohida o’rin beriladi, respublika 
banklaridagi buxgalteriya hisobidagi hozirgi o’zgarishlar o’rgatiladi. 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə