Bank-moliya va kredit sohasidag iiqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash Reja: Kirish



Yüklə 61,94 Kb.
səhifə2/6
tarix03.01.2023
ölçüsü61,94 Kb.
#98113
1   2   3   4   5   6
kurs ishi.com - Axror111

1-jadval



Davlat sektorlaridamoliyaviy jinoyatlar ko‘rsatkichlari4




2016 y.

Ijtimoiy ta'minot fondi

Hududiy boshqaruv organlari

Mahalliy boshqaruv organlari

Konsolidatsiya ustuni

Davlat boshqaruvi sektori

Davlat boshqaruvi sektori

191 764,1

702 308,6



7 806 017,0

Markaziy bank





0,0

Boshqa depozit korporatsiyalar





1 993 644,3

Boshqa toifaga mansub bo‘lmagan moliyaviy korporatsiyalar





39 052,0

Nomoliyaviy korporatsiyalar





0,0

Uy xo‘jaliklari va uy xo‘liklariga xizmat qiluvchi notijorat tashkilotlar





0,0

Tashqi (=322)

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

Davlat boshqaruvi sektori





0,0

Xalqaro tashkilotlar





0,0

Moliyaviykorporatsiyalar, xalqarotashkilotlardantashqari





0,0

Boshqa norezidentlar





0,0

Monetar oltin va SDR (=323)





0,0

Majburiyatlarni sof tan olish (=33)

0,0

19 514,7

0,0

0,0

251 434,7

Ichki (=331)

0,0

13 176,0

0,0

0,0

8 505,9

Davlat boshqaruvi sektori


13 176,0



8 505,9

Markaziy bank





0,0

Boshqa depozit korporatsiyalar





0,0

Boshqa toifaga mansub bo‘lmagan moliyaviy korporatsiyalar





0,0

Nomoliyaviy korporatsiyalar





0,0

Maxsus xizmatlar uchun solqilar





0,0

Tashqi (=332)

0,0

6 338,8

0,0

0,0

242 928,8

Davlat boshqaruvi sektori


6 338,8



-210 399,7

Xalqaro tashkilotlar





453 328,5

Moliyaviykorporatsiyalar, xalqarotashkilotlardantashqari





0,0

Boshqa norezidentlar





0,0



  1. Bank-moliya va kredit sohasidagi jinoyatlarning turlari

Bank-moliya va kredit sohasidagi jinoyatlar qayerdan va qanday guruhlar tomonidan tashkil etilganini ko’rib o’tdik.Bu jinoyat turlariga bank-moliya sohasida olib qarasak pullarni qalbakilashtirish, qimmatli qog’ozlarni o’tkazish valyuta qimmatliklarini qonunga xilov ravishda o’tkazish,chet el valyutasini ham yashirish shu 3 xil turdagi sohasi bo’yicha jinoyatlarga qanday chora ko’riladi iqtisodiyotdga salbiy va ijobiy tomonlarini ko’rib chiqamiz.
Qalbaki pul va qimmatli qog’ozlarni o‘tkazish maqsadida yasash, qalbakilashtirish yoki o‘tkazish davlatning pul-kredit tizimiga putur yetkazadi va inflatsiya jarayonining rivojlanishiga sabab bo‘lib, respublikamizning butun iqtisodiyotiga zarar yetkazadi.
Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish jinoyatining predmeti quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qalbaki bank biletlari (banknotlar);
qalbaki qimmatli qog‘ozlar;
qalbaki metall tangalar;
qalbaki aksiz markalari;
qalbaki chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
Qimmatli qog’ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
Qimmatli qog’ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi “Qimmatli qog’ozlar bozori to‘g’risida”gi qonunining 1-moddasi qimmatli qog’ozlarning quyidagi turlarini nazarda tutadi:
1) aksiyalar;
2) obligatsiyalar;
3) g’azna majburiyatlari;
4) depozit sertifikatlari;
5) qimmatli qog’ozlar hosilalari;
6) veksellar.
Qalbaki pul yoki qimmatli qog’ozlarning barcha o‘lchamlari, zaruriy belgilari, ya’ni rekvizitlari haqiqiysiga chindan ham o‘xshash bo‘lishi jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aks holda, aybdorning harakatlarini ko‘rib chiqilayotgan modda bo‘yicha huquqiy baholash mumkin emas. Masalan, shaxsning jurnaldan yangi pulning namuna nusxalarini qirqib olib, ularni yopishtirib sotishga urinishini qalbaki pul yasash yoki ularni o‘tkazish deb bo‘lmaydi. Bunday qilmish muayyan sharoitda firibgarlik deb baholanishi mumkin. Chunki bunday pullar muomalada bo‘la olmaydi va davlatning pul kredit tizimi asoslariga putur yetkazmaydi. Shu munosabat bilan qo‘pol ravishda yopishtirilgan baholi, yozuvli, qo‘lda yasalgan, tasviri bir-biriga muvofiq kelmagan kupuralar, ya’ni muomaladagi milliy yoki xorijiy pul birligi bilan amaliy o‘xshashlikka ega bo‘lmagan kupyuralar jinoyat predmeti bo‘la olmaydi.
Birinchidan, pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar qonuniy muomalada bo‘lishi yoki muomaladan chiqarilayotgan, lekin uni almash­tirish mumkin bo‘lgan bo‘lishi kerak.
O‘tkazish maqsadida muomalada bo‘lmagan (masalan, sobiq ittifoq pullari yoki tugatilgan aksionerlik jamiyati aksiyalari), bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar yo­xud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yo ularni o‘tkazish Jinoyat kodeksining 176-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi, sababi ular respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazmaydi. Muomalada bo‘lmagan pul birliklarini o‘tkazish maq­sadida yasagan va aldov yo‘li bilan bundan manfaat ko‘rgan shaxslarning harakatlari Jinoyat kodeksi 168-moddasiga asosan firibgarlik sifatida kva­lifikatsiya qilinishi mumkin.
Ko‘rilayotgan jinoyatning o‘bektiv tomoni Jinoyat kodeksi 176- moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan jinoyat predmetlarini o‘tkazish maqsadida yasash yoki ularni bevosita o‘tkazishda namoyon bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni tashkil etadi.
Jinoyat kodeksining 176-moddasida nazarda tutilgan qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek qim­matli qog’ozlar yoxud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog’ozlar yasash yoki ularni o‘tkazishda jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining zarur sharti ularni o’tkazish maqsadi mavjudligi hisoblanadi. Shaxs qalbaki pul yoki qimmatli qog’ozlarni o‘tkazish maqsadida emas, balki o‘zi uchun, masalan, o‘z qobiliyati, mahoratini ko‘rsatish va hokazo uchun yasagan hollarda uning harakatlari jinoiy qilmish hisoblanmaydi.
Qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog’ozlar yoxud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog’ozlarni o‘tkazganlik uchun javobgarlikka nafaqat ularni yasaganlar, balki ularning qalbakiligini bila turib muomalaga kiritganlar ham (masalan, qalbaki pulga ega bo‘lgan shaxs, qalbaki pullarni o‘tkazuvchi shaxsning jinoiy sheriklari, tasodifan pulga ega bo‘lib, qalbakiligini bilganidan so‘ng, uni o‘tkazishga harakat qilgan shaxslar) jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
O‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar ko‘p miqdorda yasalgan yoki o‘tkazilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 176-moddasi ikkinchi qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Tahlil etilayotgan jinoyat uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan taqdirda, jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari, ularning jinoyatni amalga oshirishdagi rolidan (ishtirokchilikning turidan) qat’iy nazar, Jinoyat kodeksining 28-moddasiga havola qilinmagan holda Jinoyat kodeksi 176-moddasining uchinchi qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Shu bilan birga, Jinoyat kodeksi 176-moddasining uchinchi qismi “b” bandida “uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab jinoyat sodir etish” ham kvalifikatsiya qiluvchi belgi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Qilmishni mazkur norma bilan kvalifikatsiya qilishda alohida shaxs uyushgan jinoiy guruhning a’zosi emas, balki ushbu guruh manfaatlarini ko‘zlab Jinoyat kodeksi 176-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etganligini aniqlash kerak.5
Valuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqi faqat O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki va u tomonidan vakolat berilgan boshqa O‘zbekiston Respublikasining banklariga berilgan. Bunday tartib davlatimizning pul birligini sotib olish imkoniyatining mustahkamlanishiga yo‘naltirilgan. Shundan kelib chiqib, mazkur jinoyatning turdosh o‘bekti davlatning iqtisodiyot asoslarini tashkil etadi.
Jinoyatning bevosita o‘bektiO‘zbekiston Respublikasida valuta operatsiyalarini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Jinoyat predmeti valuta qimmatliklari hisoblanadi.
Chet el valutasi, chet el valutasidagi qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligatsiya va boshqalar), chet el valutasidagi to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar), har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar (oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg’or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno), xom ashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar (olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shu­ningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasal­gan zargarlik va boshqa ro‘zg’or buyumlari bundan mustasno) valuta qimmatliklari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g’risida”gi 8-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish deb, O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda valuta qimmatliklarini o‘rnatilgan tartiblarni buzgan holda sotib olish, sotish yoki almashtirish tushuniladi.
Valuta qimmatliklarini saqlash va tashish holatlari o‘zicha valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishni tashkil etmaydi.
Tayyorlovchi yoki buyurtmachiga qonuniy ravishda qarashli bo‘lgan, valuta qimmatligi hisoblanuvchi, qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlarining, yasama tishlar va boshqa maishiy buyurtmalarning tayyorlanishi, shu jumladan bunday narsalarning qimmatbaho metallar va toshlardan hamda ularning rezgilaridan iborat boshqa zar­garlik va maishiy buyumlardan tayyorlanishi valuta qimmatliklarini qo­nunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish sifatida baholanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi “Valutani tartibga solish to‘g’risida”gi (yangi tahriri) qonunining 13-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslarning valuta boyliklari va ulardan foydalanishi quyidagi tartibda belgilanadi:
Valuta qimmatliklarini sotish va sotib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvardagi «Jismoniy shaxslarga xorijiy valutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PQ-1914-sonli qaror6 hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi «Vakolatli bank- larda jismoniy shaxslar bilan valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 4/7-sonli qarori7 talablari asosida amalga oshiriladi. Ushbu normativ hujjatlarga muvofiq, respublikamiz hududida 2013-yilning 1-fevralidan e’tiboran xorijiy valutani jismoniy shaxslarga sotish vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida naqdsiz ravishda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Chet el valutasining ancha, ko‘p va juda ko‘p miqdorda ekanligini belgilash masalasini hal etish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi. Ular bu masalani hal etishda bitimlar amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valutasining O‘zbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursidan kelib chiqishlari lozim.
Tahlil etilayotgan jinoyatning sub’yektiv tomoni to‘g’ri qasdda ifoda­lanadi. Shaxs valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olayotganligini yoki o‘tkazayotganligini anglaydi va uni istaydi. Jinoyatning motiv va maqsadi qilmishning kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi va uchinchi qismi bilan tavsiflashda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g’risidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda ayb­dorning qilmishi aynan qanday belgisiga ko‘ra javobgarlikni og’irlashtiruvchi holat sifatida qaralayotganligi albatta ifodalangan bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda shuni inobatga olish kerakki, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishning takroran yoki xavfli retsidivist to­monidan ko‘p miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan, oldindan til birik­tirib, juda ko‘p miqdorda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfa­atlarini ko‘zlab sodir etilganligi jinoiy javobgarlikka, ya’ni qilmishni Jinoyat kodesining 177-moddasi tegishli qismi bilan tavsiflashga asos bo‘ladi va shunday harakatlar uchun muqaddam ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi talab etilmaydi.
Valuta qimmatliklarini bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish, firibgarlik, o‘g’rilik yo‘li bilan talon-toroj qilish, shuningdek, valuta qimmatliklarida pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og’dirish, tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish Jinoyat kodeksining faqat ana shunday jinoyatlar uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim, Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi.8
Qalbaki pul yoki qimmatli qog’ozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valuta qimmatliklarini olgan va keyinchalik ularni o‘tkazgan shaxsning qilmishi valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish sifatida tavsiflanadi.
Jinoyat kodeksi 177-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Chet el valutasini yashirish jinoyatining sodir etilishi natijasida respublikaning ichki valuta bozori barqarorligi sohasidagi manfaatlarga zarar yetkaziladi va valuta ayirboshlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni buzadi hamda davlatning valuta imkoniyatlari pasayishiga olib keladi. Shu bilan birga, chet el valutasini yashirish davlatimiz pul birligi barqarorligiga putur yetkazadi, tadbirkorlik faoliyati tarmoqlarini kreditga, resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish imkonini bermaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi budjeti uchun valuta mablag’larini shakllantirish tartibini buzadi. Shundan kelib chiqib, ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning bevosita o‘bektini chet el valutasini muvofiqlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarining valutaga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.
Jinoyat predmetiO‘zbekiston Respublikasida vakolatli banklar hisobvaraqlaridan ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan chet el valutasi; chet el davlatida erkin muomalada bo‘lgan va to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan banknot shaklidagi chet el valutasi; chet eldagi hisob raqamida turgan chet el valutasi yoki xalqaro pul birliklari hisoblanadi.
Valuta qimmatliklarini ushbu jinoyat predmeti deb topish uchun yana bir asos - bu ularning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hisobvarag’iga O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklari tomonidan o‘tkazilishi shartligidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Valutani tartibga solish to‘g’risida”gi 2003-yil 11 dekabr yangi tahrirdagi qonunining 11-moddasiga muvofiq, chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar vakolatli banklar hisoblanadi.9
Jinoyat o‘bektiv tomondan respublikaning vakolatli banklaridagi hisobvaraqlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valutasini yashirib qolishga qaratilgan faol harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi.
Chet el valutasini yashirish - bu chet el valutasidagi mablag’larni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankida yoki boshqa vakolatli sub’yektida saqlash majburiyatini bajarmaslikdan iborat bo‘lib, oddiy harakatsizlik, chet el valutasini xorijdan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankiga o‘tkazish to‘g’risida ko‘rsatma bermaslik, bank hujjat­larini imzolamaslik, xorij valutasini xorijiy bankdagi hisob raqamida saqlash kabi yo‘llar bilan sodir etiladi.
Chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshiruvchi bankning vako­latli xodimlari, yuridik shaxs tashkil qilmasdan mustaqil mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ham ushbu jinoyat sub’yekti hisoblanadi.
Chet el valutasini yashirish jinoyati soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish bilan amalga oshirilsa, shaxsning xatti- harakatlari Jinoyat kodeksining 177 va 184-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
O‘sha qilmish:
a) g’arazgo‘ylik bilan;
b) takroran;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 178-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
G’arazgo‘ylik natijasida chet el valutasini yashirish Jinoyat ko­deksining 178-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
G’arazgo‘ylik deganda shaxsning chet el valutasini yashirish natijasida moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutulishga intilishda ifodalangan niyat tushuniladi.
Chet el valutasini yashirish faktini g’arazgo‘ylik tufayli sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdorda g’arazli intilish Jinoyat kodeksi tegishli moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat sodir etilishidan oldin yuzaga kelganligini aniqlash zarur. Basharti aybdor valutani yashirgach, uni noqonuniy o‘zlashtirgan bo‘lsa, uning harakatini chet el valutasini yashi­rish sifatida (boshqa og’irlashtiruvchi holatlar bo‘lmasa) jinoyatlar maj­mui tariqasida Jinoyat kodeksi 178-moddasining birinchi qismi hamda Jinoyat kodeksi 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha kvalifikatsiya qilish zarur.
Jinoyat kodeksi 178-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa kvalifikatsiya belgilari avvalgi normalarning tahlilida sharhlab o‘tilgan.
Agar chet el valutasini yashirish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksi 178-moddasining uchinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.



  1. Yüklə 61,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə