Bank tarixi



Yüklə 5,98 Mb.
səhifə1/19
tarix23.02.2023
ölçüsü5,98 Mb.
#101368
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Amaliyot

Bank tarixi



1994-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 311-sonli qaroriga asosan 8,0 mln. so'm ustav kapitali bilan Respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “G‘allabank” tashkil etildi va shu yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank xizmatlari ko'rsatish uchun 45-sonli Bosh litsenziya berildi.
Noyabr oyida bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 20-sonli Bosh litsenziya berildi.
Bank filiallari soni yil yakunigacha 12 taga yetkazilib, mutaxassislar soni 160 nafardan iborat bo'ldi.
1995-yil Bank ustav kapitali 50 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 7425 mln. so‘mdan ortdi.
Bank O'zbekiston banklari uyushmasi ta'sischisi sifatida uyushma a'zoligiga kirdi. Bankning Qaraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida mintaqaviy filiallari, shuningdek, 6 ta tuman filiallari faoliyati yo'lga qo'yildi. Bank jamg'arma shoxobchalari soni 21 taga etib, umumiy ishlovchi mutaxassislar soni 561 nafardan iborat bo'ldi.
2012-yil Hisobot yilida bank faoliyati bo’yicha "Moody's Investors Service" xalqaro reyting agentligi tomonidan avval berilgan xalqaro reyting bahosi yana bir bor tasdiqlanib, bankning barcha reytinglar prognozi "Barqaror" bahoga ega bo’ldi. Shuningdek, «Ahbor-reyting» reyting agentligi tomonidan bank faoliyatiga milliy reyting shkalasi bo’yicha berilgan UzA+ kredit reytingi qayta tasdiqlandi.
Plastik kartochkalar orqali ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “online” rejimida ishlovchi “Smart-Vista” kartochkalari muomalaga chiqarilgan bo’lib, mazkur toifadagi kartochkadan foydalanuvchilarga “SMS-Banking” xizmat turi joriy etildi.
Qishloq massivlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishini rivojlantirishga doir qabul qilingan davlat Dasturiga muvofiq, 2012 yilda respublikamiz hududlarida 8510 ta uy-joylar qurilishi amalga oshirildi.
Aprelda o’tkazilgan "BANKEXPO-2012" - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari bo’yicha milliy ko’rgazmasida bank "Qishloq farovonligiga qo’shayotgan alohida hissasi uchun" nomli nominatsiya g’olibi bo’ldi.
🟢 2021 yil aprel oyida ATB “Qishloq qurilish bank”da «Islom darchasi» joriy etildi.
🟢 Shu bilan birga shu oyda, ATB “Qishloq qurilish bank” va «Alfa bank» AJ bilan valillik kelishuvi imzolandi.
🟢 Iyun oyida bank tomonidan tadbirkorlar uchun NFC funktsiyasi mavjud android platformasida ishlovchi mobil telefondan toʼlaqonli "HUMO" terminali sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi. Yangi “SoftPOS" xizmati bilan tadbirkorlar smartfon orqali toʼgʼridan-toʼgʼri HUMO toʼlov tizim kartalaridan toʼlovlarni istalgan vaqtda istalgancha qabul qilishlari mumkin.
🟢 Shu bilan birga shu oyda ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha antikorripsiya ishonch liniyasi” maxsus xizmati tashkil etildi.
🟢 Iyul oyida esa bank tomonidan “Olamshumul” aksiyasi o‘tkazildi va mazkur aksiya g’olibiga Gentra avtomobili sovg’a qilindi.
🟢 Noyabr oyida ATB “Qishloq qurilish bank” delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirligiga qilgan safari davomida mazkur mamlakatning yirik banklaridan biri – “MASHREQ” banki rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.
🟢 Shu oyda, ATB “Qishloq qurilish bank” vakillari Birlashgan Arab Amirligiga qilgan safari davomida “Dubay Ekspo-2020” xalqaro ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi.
🟢 Dekabr oyida, Bank boshqaruvining o’rinbosarlari tayillandi. Unga ko‘ra Gafurov Farhod Mamarasulovich ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, Kozim Ismoiliy ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. 
🟢 Shu oyda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini
⚡️ 2022 yil fevral oyida ATB “Qishloq qurilish bank”ning yangi protesessing markazini ishga tushirdi.
⚡️ Iyun oyida ATB “Qishloq qurilish bank” xalqaro ISO 9001:2015 sertifikatini qayta qo‘lga kiritdi.  
⚡️ Iyulda bank xodimi 195 million so'mlik sertifikat bilan taqdirlandi.
⚡️Shu bilan birgaiyul oyida “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ATB “Qishloq qurilish bank” emitentining uzoq muddatli defolt reytingini “barqaror” “BB-” darajasi bilan tasdiqladi.
Shuningdek, agentlik xulosalariga ko’ra:
Emitent defoltining qisqa muddatli reytingi – “B”;
Milliy valyutadagi emitent defoltining uzoq muddatli reytingi – “B-”;
Milliy valyutadagi emitent defoltining qisqa muddatli reytingi – “BB-”;
Barqarorlik reytingi esa “b” bilan baholandi.
Shu bilan birga, “Fitch Ratings”ning yangilangan hukumat ko’magi reyitngida (HKR) ATB “Qishloq qurilish bank” uchun “bb-” darajasini tasdiqladi.

Yüklə 5,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə