Bank tizimi-moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida


Banklarni iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati



Yüklə 177,31 Kb.
səhifə6/15
tarix12.06.2023
ölçüsü177,31 Kb.
#116686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3. Banklarni iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati
Tijorat banklari bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Ularning o’rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo’ladi:
1. Tijorat banklari iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug’ullanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hajmi oshadi. Bu esa pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko’rsatkichi bo’lmish YAIM ning kengayishiga olib keladi.
2. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Banklar bu bozorda ham investitsion faoliyatni amalga oshiradi. Banklarning investitsion faoliyati emitentlarning likvidligini oshishiga, moliyaviy resurslarni ko’payishiga va qimmatli qog’ozlar savdosida rivojlanishiga olib keladi. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish orqali aholi va korxonalarning ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jalb etadilar va ularni kredit investitsiya sifatida joylashtiradi.
3. Tijorat banklari iqtisodiyot subektlari o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
4. Tijorat banklarining kreditlari hisobidan Xo’jalik yurituvchi subektlarning majburiyatlari bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi. Demak T/B iqtisodiyotda likvidlikni ta’minlaydi.
5. Tijorat bank Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol ishtirok etadi, chunki Markaziy bankning tuman va shahar filiallari yo’q.
6. Tijorat banki Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Markaziy bank pul aylanmasini tashil qiladi, lekin pullari tijorat banklari orqali aylanadi. Jahon amaliyotida universal tijorat banklari bilan birga Investitsion banklar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Masalan AQSH da investitsion banklarning faoliyati yuksak rivojlangan. Investitsion banklar depozit qabul qilish va kreditlar berish huquqiga ega emas.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yilgi Statistik byulleteniga e’tibor qaratadigan bo’lsak, mamlakat iqtisodiy faoliyatida bank tizimining o’rni yaqqol nomoyon bo’lganiga guvoh bo’lamiz.
2019 yilning 1 yanvar holatiga bank aktivlari hajmi jami YaIMning 52,7 foizinin tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2020 yilning 1 yanvar holatiga kelib 53,3 foizni yetgan.
2020 yilning 1 yanvar holatiga kredit qo’yilmalari miqdori 211 trln 580 mlrd. so’mni tashkil qilib, YaIMga nisbatan 41,3 foizga teng bo’lgan (1-jadval).
1-jadval

Yüklə 177,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə