Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bankning ustavi va ichki nizomlari



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

14-modda. Bankning ustavi va ichki nizomlari

Bank o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Bank ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

bankning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda elektron

pochta manzili;

ustav kapitalining miqdori;

ustav kapitalini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi;

chiqarilayotgan aksiyalarning turlari va soni, aksiyalar turlarining nisbati;

sof foydani taqsimlash, shuningdek zararlarning o‘rnini qoplash tartibi;

zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;

bank  aksiyadorlarining  huquqlari  va  majburiyatlari,  shu  jumladan  ushbu  Qonun  talablariga

muvofiqlikni  ta’minlash  uchun  bank  tomonidan  so‘rab  olinadigan  axborotni  taqdim  etish

majburiyatlari;

bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kuzatuv kengashi va

boshqaruvi a’zolarining soni, vakolatlari va vazifalari haqidagi ma’lumotlar;

aksiyadorlar (muassislar) o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralari;

bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari;

bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Bankning ustavida ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari aksiyadorlik jamiyatlari

va  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risidagi  qonunchilikda  nazarda  tutilgan

ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.



(14-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bankning  ustavi,  unga  kiritiladigan  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  Markaziy  bankda  ro‘yxatdan

o‘tkazilishi lozim.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Bankning  ichki  qoidalari,  shuningdek  ularga  kiritiladigan  keyingi  o‘zgartish  hamda

qo‘shimchalar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilishi hamda

Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.



(14-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə