Bankni tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida chet el banki ishtirok etganda ushbu
chet el banki vakolatli organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok
chet el banki bankni nazorat qilish organining mazkur chet el banki uning
konsolidatsiyalashgan nazorati ostida turishi, pul mablag‘larini depozitlarga qabul qilish huquqiga
ega ekanligi va unga bankni nazorat qilish organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav
kapitalida ishtirok etish uchun ruxsatnomasi berilganligi to‘g‘risidagi yozma tasdiqnomasi yoxud
shunday ruxsatnoma talab etilmasligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasi;
chet el banki kapitalining va kredit reytingining Markaziy bank tomonidan belgilangan
talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.
Markaziy bank yuqori kapital va kredit reytingi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan xalqaro moliya
institutlari, chet el banklari hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan bank tashkil etayotganda
yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etayotganda dastlabki ruxsatnomani olishning alohida
tartibini belgilashga haqli.
Norezident bo‘lgan jismoniy shaxslarning va xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va
boshqa kredit tashkilotlari bo‘lmagan yuridik shaxslarning jami ulushi bank ustav kapitalining ellik
foizidan oshmasligi kerak.
Markaziy bank xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari
bo‘lmagan, bank muassislari bo‘lgan norezidentlarning kapitaliga hamda kredit reytingiga
nisbatan, shuningdek norezidentlar joylashgan davlatning reytingiga nisbatan eng zarur talablarni
belgilashga haqli.
Qaysi norezidentlarning ishtirokchilari (aksiyadorlari) hamda oxirgi benefitsiar mulkdorlari
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor
etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘ida axborot taqdim etishni nazarda
tutmaydigan davlatda yoki hududda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, o‘sha norezidentlar bank muassislari
va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
Bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishda
Markaziy bank:
Markaziy bank bilan chet el banki bo‘lgan muassisning bankni nazorat qilish organi o‘rtasida
axborot ayirboshlash to‘g‘risidagi kelishuv mavjudligini;
norezident joylashgan mamlakat vakolatli organlarining axborotini va fikrlarini inobatga oladi.
Ushbu Qonunning
16-moddasida
va ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan hujjatlar
muassis bo‘lgan bank ro‘yxatga olingan yerda joylashgan O‘zbekiston Respublikasining konsullik
muassasasi yoki boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: