Potensial oluvchi bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy
bank tomonidan belgilangan hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani Markaziy bankka taqdim etadi.
Markaziy bank ariza olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida potensial oluvchiga ariza
Birgalikda harakat qilayotgan, mo‘ljallanilayotgan sotib olish munosabati bilan bank
aksiyalarini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor sifatida olishni niyat
qilgan shaxs yoki shaxslar guruhi potensial oluvchidir.
Markaziy bank potensial sotib oluvchini ariza olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborilgan
Potensial oluvchi hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim etmagan taqdirda, baholash davri Markaziy
birontasiga muvofiq emasligini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) axborot mavjud bo‘lgan taqdirda,
Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni baholashni
Markaziy bank baholash o‘tkazilayotgan davrda potensial oluvchiga baholashni tamomlash
uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni va axborotni taqdim etishi to‘g‘risida so‘rovnoma
yuborishga haqli.
Potensial oluvchi Markaziy bankning so‘rovnomasiga binoan qo‘shimcha hujjatlar va
axborotni so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran yigirma ish kunidan oshmagan muddatda taqdim
etishi kerak, shu vaqt mobaynida baholash davri to‘xtatib turiladi. Potensial oluvchi chet elda
joylashgan yoki unga nisbatan boshqa davlatning qonunlari tatbiq etilgan taqdirda, Markaziy bank
qo‘shimcha axborot taqdim etish davrini o‘ttiz ish kunigacha uzaytirishga haqli. Taqdim etilgan
axborotni aniqlashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan potensial oluvchiga yuboriladigan
keyingi so‘rovnomalar baholash davrining to‘xtatib turilishiga olib kelmasligi kerak.
Potensial oluvchi tomonidan ushbu moddaning
yettinchi qismida
ko‘rsatilgan muddatlarga
rioya etilmagan taqdirda, Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani
berishni rad etishga haqlidir.
Markaziy bank potensial oluvchining so‘rovnomasi asosida bankning aksiyalarini olishga doir
dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qabul
qilingan asoslangan qarorni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi. Markaziy bank mazkur axborotni
potensial oluvchining so‘rovnomasi bo‘lmasa ham e’lon qilishga haqli.
Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan e’tiboran olti oy
mobaynida yuridik kuchini saqlab qoladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani bekor qilish banklar va bank faoliyati
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(23-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: