Banklar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Banklar Markaziy bankda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomini
Banklar O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini Markaziy bank tomonidan beriladigan, bank
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb
yuritiladi) asosida amalga oshiradi.
Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish taqiqlanadi.
Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va
javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetiga olib qo‘yiladi.
Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan iborat:
Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish;
bir vaqtning o‘zida litsenziya bergan holda bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq alohida litsenziyalar yoki ruxsatnomalar
olinishi talab etiladigan faoliyat banklar tomonidan tegishli hujjatlar olinganidan keyin amalga
oshiriladi.
(15-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: