Banklarda buxgalteriya hisobi



Yüklə 274 Kb.
səhifə1/10
tarix27.03.2022
ölçüsü274 Kb.
#84779
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI TOSHKNT MOLIYA INSTITUTI. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI fanidan KURS ISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKNT MOLIYA INSTITUTI


BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI” fanidan




KURS ISHI

Mavzu:Nobank kredit tashkilotlari

Bajardi: Imomov J.R

Ilmiy rahbar: Suvonov E.S

TOSHKENT – 2017

Reja:
Kirish


  1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari




  1. Markaziy bankning lombard tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish mexanizmi




  1. Respublikamizda nobank muassasalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari



Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish


Kichik biznes xo’jalik yuritishning iqtisodiy va tashkiliy sharoitlardagi keskin o’zgarishlarga tez moslasha olishi, aholini ish bilan band etishi va uning real daromadlarini ko’paytirishi, eng muhimi, mulkdorlar sinfini shakllantirish kabi vazifalarni bajara olishi va iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligi bilan xususiyatlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan: “2015 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 580 mingdan ortiq yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o’rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo’lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000 yilda bu ko’rsatkich 49,7 foizga teng edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirayotgan ana shunday chora-tadbirlarimiz o’zining yuksak samarasini bermoqda1, deb ta’kidlanishi, o’z navbatida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokreditlash, bu borada nobank tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish masalasiga daxldor hisoblanadi. Chunki, kichik biznes taraqqiyoti doimo moliyaviy resurslarning bo’lishini taqozo etadi, ayniqsa, mikrokreditlar va mikroqarzlar taqdim etuvchi nobank tashkilotlari bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-1501-sonli Qarori va 2012 yil 18 iyuldagi «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4455-sonli Farmoni hamda boshqa qarorlariga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmini yanada oshirish, kreditlash shartlarini soddalashtirish, ularga bank xizmatlaridan foydalanish borasida qo’shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratish bo’yicha chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda2.


  1. Каримов И.А. 2015 йилда иқтисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга ошириш, модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш ҳисобидан хусусий мулк ва хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устувор вазифамиздир

  2. www.cbu.uz (Ўзбекистон Республикаси Марказий банки расмий сайти)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi PQ-1438-sonli Qarorida, aynan, nobank tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab berildi. Bunda nobank tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mikrokreditlash va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish hajmlarini kengaytirish, nobank tashkilotlari va ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlari tarmog’ini kengaytirish, nobank tashkilotlarida hisob yuritilishini, ular faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish usullarini yanada takomillashtirish, axborot-aloqa texnologiyalarini joriy etish, nobank kredit tashkilotlari xodimlarining malakalarini oshirish, mikromoliyalash sohalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish shular jumlasidandir.



Yüklə 274 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə