Banklarda buxgalteriya hisobi


-jadval O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni va



Yüklə 274 Kb.
səhifə10/10
tarix27.03.2022
ölçüsü274 Kb.
#84779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI TOSHKNT MOLIYA INSTITUTI. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI fanidan KURS ISHI

1-jadval

O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni va


joylashuvi7









Viloyatlar

01.01.2010

01.01.2014






Soni dona

Salmog’i, %

Soni, dona

Salmog’i, %


































1.




Qoraqalpog’iston

2

4.2

1

2,2






















2.




Andijon

3

6.2







3.




Samarqand

3

6.2







4.




Farg’ona

2

4.2







5.




Toshkent viloyati

2

4.2

7

15,9






















6.




Toshkent shahri

31

64.5

30

68,1

7.




Surxondaryo

2

4.2

1

2,2

8.




Xorazm

2

4.2







9.




Navoiy

1

2.1







10




Sirdaryo

-

-

1

2,2

11




Kashkadaryo

-

-

2

4,5

12




Buxoro

-

-

2

4,5




























Jami

48

100

44

100























Ohirgi yillarda mamlakatimizda lombard tashkilotlari har tomonlama rivojlanib kelmoqda. Viloyatlar kesimida lombard tashkilotlarini tahlil qiladigan bulsak, bunda ayrim muammolarni ko’rishimiz mumki. Chunki, asosiy lombardlar Toshkent shahrida ochilgan. Buni quyidagi jadvalda kurishmiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni va joylashuviga ko’ra jami lombardlarning soni 01.01.2014 yili 01.01.2010yilga nisbatan 4 taga kamaygan. Lombardlarning soni asosan 01.01.2010 holatiga ko’ra Toshkent shahri, 01.01.2014 holatiga ko’ra xam Toshkent shaxri yuqori salmoqni egallab turibdi.




  1. www.cbu.uz Ўзбекистон Республикаси марказий банки сайти




60




58













50







44










40










30

24
















20










10










0













2007-й

2010-й

2014-й


1-rasm. O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni tahlili(8)

O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni 2010-yil 2007-yilga nisbatan 34taga ko’paygan.2014-yil 2010-yilga nisbatan 6 taga kamayganligini kuzatishimiz mumkin.


«Deutsche Gesellschaft fur Internationale Zusammenarbeit» (GIZ) GmbH Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining faol ishtiroki va ko’magida O’zbekiston mikromoliya sektorini qo’llab-quvvatlash qo’shma Mintaqaviy dasturida ishtirok etish doirasida 2013 yil davomida 4 ta mikrokredit tashkilotiga birlamchi kredit reytingi berildi. «Ahbor-Reyting» reyting agentligi mahalliy reyting amaliyotida ilk bor 2012 yil davri uchun faoliyat yakunlariga ko’ra, 31 ta lombardga milliy shkala bo’yicha kredit reytinglarini berdi.
Lombard xizmatlari bozorida raqobat yuzaga kelayotgan sharoitda sifatli va xolis bozor axborotiga, ya’ni lombardlar faoliyati to’g’risidagi moliyaviy va boshqa sifatli axborotga ehtiyoj oshadi. Ana shu sharoitlarda aholining lombardlarga nisbatan ijobiy munosabatiga kredit reytinglaridan foydalanish ta’sir etadi. Xalqaro amaliyotning ko’rsatishicha, reyting o’tkazilishi lombardlar


  1. www.cbu.uz Uzbekiston Markaziy banki internet sayti

faoliyatining shaffofligini muayyan darajada ko’tarishga imkon beradi. “Ahbor-
Reyting” reyting agentligi tomonidan 2013-yil davomida lombard tashkilotlariga
berilgan


3. Respublikamizda nobank muassasalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun moliya-bank tizimini baholash yondashuvi va tizimlarini tubdan o’zgartirish, bank faoliyatini tashkil etilishini umum qabul qilingan xalqaro me’yor, andoza va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq yanada yuqori darajaga ko’tarishni ta’minlash maqsadida “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq quyidagilar respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari etib belgilandi:
Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar talablariga asosan tijorat banklarining yanada kapitallashuvi, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb qilish, resurs bazalarini oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligini va likvidligini oshirish;
omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish hamda aholi va xorijiy investorlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibador omonat va depozitlar turlarini joriy qilgan holda aholi va xo’jalik sub’ektlarining bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish, ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish;
etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo’llaniladigan va alohida banklar va butun bank tizimining butun jahonda qabul qilingan baholash ko’rsatkichlarining yanada yuqori darajasiga chiqish yo’lidagi ilgarilashlarini

xolisona baholash imkoniyatini beruvchi xalqaro me’yor, mezon va andozalar asosida tijorat banklari faoliyatini va butun moliya-bank tizimini tahlil qilish va baholashning zamonaviy tizimini joriy qilish;


moliya-bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazalarini yanada takomillashtirish, davr talablari va xalqaro me’yorlar hamda andozalarga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlar va normativ hujjatlarni qabul qilish;
tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish va ularning investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, tavakkalchiliklarni baholash va loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish orqali kredit portfeli sifatini yaxshilash va doimiy o’sishini ta’minlash, kreditlar bo’yicha muammoli qarzdorlikni shakllanishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar ko’rish;
nobank moliya tashkilotlari, lizing, sug’urta va auditorlik kompaniyalari tarmog’ini yanada rivojlantirish va rolini oshirish, xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiq, ularning barqarorligini va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kengaytirish va moliya bozori infratuzilmasi institutini mustahkamlash;
aholi farovonligini va bandligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirish muhim instrumenti sifatida mikromoliyalash sohasini rivojlantirishni rag’batlantirish;
tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiya va uslublarini yangicha yondoshuvlarini shakllantirish va joriy etish, moliya-bank axborotlari sifat darajasini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
respublika tijorat banklari va moliya institutlarini butun jahonda qabul qilingan andozalar, uslublar va baholash ko’rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, mukammal tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.

Mikromoliyalash faoliyati va nobank moliya institutlari sohasidagi qonunchilik bazalarini yanada takomillashtirish:




  • O’zbekiston Respublikasining «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi va boshqa qonunlariga mikromoliyalash sohasini xalqaro tamoyillar va andozalarga muvofiq yanada takomillashtirishga qaratilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.




  • O’zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish (yangi tahrirda).




  • O’zbekiston Respublikasining «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish (yangi tahrirda).




  • O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya va pay jamg’armalari to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.




  • O’zbekiston Respublikasining «Yuk tashuvchilar javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.




  • O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga jahon sug’urtalash amaliyotini hisobga olgan holda sug’urta bozorida professional ishtirokchilar faoliyatini amalga oshirish va uni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.




  • O’zbekiston Respublikasining «Lizing to’g’risida»gi Qonuniga lizing ob’ektini olib qo’yish va ikkilamchi ishlatish bo’yicha lizing beruvchilar vakolatlarini yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.




  • O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga auditorlik faoliyatini jahon tamoyillari va andozalariga muvofiq yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.

II. Mikromoliyalash va nobank kredit tashkilotlari sohalarini rivojlantirish


a) mikrokredit tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mikrokreditlash va

boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish hajmlarini kengaytirish




  • 2011-2015 yillarda nobank kredit tashkilotlarining jami kapitali hajmini o’rtacha 2,1 barobarga ko’paytirish orqali ularning moliyaviy barqarorligini oshirish.




  • 2011-2015 yillarda nobank kredit tashkilotlarida depozitlar hajmini 2 barobarga oshirish.




  • 2011-2015 yillarda tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar berish va nobank kredit tashkilotlari tomonidan mikromoliyalash xizmatlarini ko’rsatish hajmini 2,8 barobarga kengaytirish.




  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik biznes va mikromoliyalashni rivojlantirish. 2-faza» loyihasini amalga oshirish doirasida, keyinchalik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash bilan birga ajratilgan mablag’larni o’zlashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.




    1. nobank kredit tashkilotlari va ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlari tarmog’ini kengaytirish




  • Nobank kredit tashkilotlari tarmog’ini, ularning sonini 2011-2015 yillarda 1,7 barobarga oshirgan holda yanada kengaytirish.




  • Respublika hududlarida kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga imtiyozli resurslar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari, investorlar va donorlarning mablag’lari hisobidan mikrokredit va mikroqarzlar ajratishga ixtisoslashgan mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish.




  • Qarzdorlar guruhining solidar javobgarligiga asoslangan mikrokreditlashning garovsiz usullarini joriy etish bo’yicha pilot loyihalarini amalga oshirish.




  • Banklar va nobank kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan mikrokreditlar ta’minoti sifatida kreditlarning qaytarilishini sug’urtalash bo’yicha sug’urta polislaridan foydalanish amaliyotini kengaytirish.




    1. nobank kredit tashkilotlarida hisob yuritilishini, ular faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish usullarini yanada takomillashtirish, axborot-aloqa texnologiyalarini joriy etish

    • mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni yuritish tartibini takomillashtirish.




    • mikrokredit tashkilotlari faoliyatlarining asosiy yo’nalishlari bo’yicha operatsiya siyosatlari va jarayonlariga bo’lgan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.




    • mikrokredit tashkilotlari likvidliligini va kredit portfelini boshqarish bo’yicha talablarni joriy etish.




    • mikrokredit tashkilotlari aktivlarini tasniflash, ular bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralarni tashkil etish va foydalanish tartibi to’g’risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.




    • mikrokredit tashkilotlarining nosog’lom va xavfsiz bo’lmagan faoliyatlarini aniqlash va belgilash bo’yicha nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.




    • mikrokredit tashkilotlarida tashqi auditni o’tkazish bo’yicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.




    • Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibini va ularning hisobotlarini tahlil qilish usullarini takomillashtirish.




    • Nobank kredit tashkilotlari faoliyatida buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni shakllantirishni avtomatlashtirish bo’yicha dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali ular faoliyatida axborot-aloqa texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish.




    • Mikromoliyalashtirish sohasi ishtirokchilari tomonidan moliyaviy va ijtimoiy faoliyatlari bo’yicha hisobotlarning nashr etilishini amaliyotga joriy etish.




  1. Nobank kredit tashkilotlari xodimlarining malakalarini oshirish, mikromoliyalash sohalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish




    • Pensiya ta’minoti masalalarini o’rganish bo’yicha Bank-moliya akademiyasida yangi o’quv yo’nalishlarini tashkil etish.




    • Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish masalalari bo’yicha tematik treninglar va o’quv seminarlar tashkil etish, mazkur soxadagi ilg’or tajriba bilan tanishish maqsadida o’quv safarlarini uyushtirish.




    • Aholi va kichik biznes sub’ektlarini nobank kredit tashkilotlarining xizmat

turlari bilan mikrokredit tashkilotlari va lombardlarni tashkil etish tartiblari bilan tanishtirish maqsadida Respublika hududlarida muntazam ravishda amaliy seminarlarni uyushtirish.


  • Tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarining mijozlari orasida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan so’rovlar o’tkazish.




  • «Eng yaxshi nobank kredit tashkiloti» yillik tanlovini tashkil etish.




  • Jamiyat va odamlar hayotida mikromoliyalashning mohiyati va rolini, ayniqsa aholining ish bilan ta’minlanishi va farovonligini ortishi to’g’risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan radio va televideniya orqali keng targ’ib qilish.


Xulosa
O’tish davri iqtisodiyoti sharoitida o’zaro kreditlash jamiyatlari aholi qo’lida bo’sh turgan va shu bilan birga yashirincha aylanayotgan naqd pul mablag’larni muomalaga jalb etish yo’li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
2015 yilda nobank kredit tashkilotlari tizimini rivojlantirish va barqororligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi hamda ushbu yo’nalishda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan yangi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi me’yoriy hujjatlarga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2015 yilda:
– nobank kredit tashkilotlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, dasturiy ta’minotlar asosida buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni takomillashtirib borish;
– nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holati va barqarorligi mahalliy reyting kompaniyalari tomonidan baholanishini yangilab borilishini ta’minlash;
– O’zbekiston Respublikasining «Garov reestri to’g’risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida nobank kredit tashkilotlari tomonidan garov reestri bilan axborot almashish tizimini joriy etish;
– respublikada nobank kredit tashkilotlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini masofadan turib va joyida nazorat qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish ishlari davom ettiriladi.
Bunday moliya muassasalarining samarali ekanligini bozor iqtisodiyotiga o’tish chog’ida shu narsa ko’rsatib turibdiki, bunday muassasalar sobiq totalitar tizimdan keyingi davrlarda Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Makedoniyada jadal paydo bo’la boshladi. Bir oz vaqtdan so’ng bu jarayon sobiq

ittifoq davlatlari – Latviya, Litva, Estoniya, Ukraina, Belorusiya, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’izistonda ham keng yoyildi. Chet el moliyachi ekspertlarning fikricha, o’tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari aholining kam ta’minlangan qismini real tarzda mikrokreditlashni ta’minlashga qodir bo’lgan birdan-bir va yagona moliya muassasasidir.


Mamlakatimizda iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilishi borasida mulkiy munosabatlari rivojlanib, davlat mulki yildan yilga kamayib, uning o’rnini xususiy soxa – kichik biznes sub’ektlari egallab bormoqda. Bundan tashqari xozirgi kunda mamlakatimz yalpi ichki maxsulotining 48 foizdan ortiqrog’i kichik biznes sub’ektlari zimmasiga to’g’ri keladi. Shunday ekan respublikamizdagi tijorat banklarning saloxiyati, daromadliligi, likvidliligi xuddi shu soxa rivoji bilan bog’liqdir.
Zamonaviy iqtisodiy muxit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, mamlakatimizda bank ishini samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi bank tizimini yaratishni taqazo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes alohida o’rin tutadi. Uni rivojlantirishda mikrokredit tashkilotlarining hissasi juda katta. Aksar rivojlangan davlatlar iqtisodiy taraqqiyotining asosi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun mikrokredit tashkilotlariga e’tibor ancha katta va ularning rivoji mamlakat iqtisodiyotining asosiy ustunlaridan biridir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. O’zbekiston Respublikasi “Markaziy banki to’g’risida”gi qonun. T.
“O’zbekiston” 1995y 21-dekabr


  1. O’zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to’g’risida”gi Qonuni. 2006. 15-sentyabr. O’RQ-50-son. Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma’qullangan.




  1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013 yil 24 yanvardagi 734-1

sonli “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit


tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi to’g’risida”gi Nizom





  1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2007 yil 21 iyuldagi 20/3-sonli

“Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari to’g’risida”gi Nizom.




  1. “O’zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro’yxatdan o’tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2003-yil 17-sentyabrdagi 236-sonli Qarori.




  1. “Lombardlar tomonidan hisobot taqdim etish tartibi tug’risida”gi O’zbekiston

Respublikasi Markaziy banki 2003 yil 22 sentyabrdagi


540-sonli Nizomi
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-
2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori halqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi. PQ-1438-sonli qarori. “Xalq so’zi” gazetasi. 2010 y.27 noyabr


  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. - T.: O’zbekiston, 2009. - 56 b.




  1. Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida. Tuzuvchi F.M.Mullajanov. -T.: O’zbekiston, 2011. -528 b.

  1. Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish

– ustuvor vazifamizdir. – Toshkent: O’zbekiston, 2015. – 80 b.




  1. Abdullaeva Sh.Z. «Bank ishi». - T.: TMI, 2007 yil..




  1. Abdullaev Yo. A., Qoraliev T.M., va boshqalar “Bank ishi”. O’quv qo’llanma - B.M.: T.: “Iqtisod-Moliya”, 2009. - 576 b.




  1. Abdullaeva Sh. Z. «Pul, kredit va banklar» - T.: "Moliya" 2000-yil, 313-b.




  1. F. Mullajonov. «Barqaror bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining mustahkam tayanchidir». Bozor, pul va kredit jurnali. - Toshkent, 2014-yil.




  1. Lavrushin O.I. «Bankovskoe delo»: uchebnik. 2-e izd. Pererab. i dop. O.I. Lavrushina. - M.: Finansi i statistika, 2008 g. – 594 s.




  1. Madumarov T.T. Mikrokreditlash faoliyatiga oid qonun hujjatlarining tahlili: rivojlanish bosqichlari hozirgi holati TDYuI Fan va yoshlar. –Toshkent, 2010




  1. Internet saytlari:


www.cbu.uz

www.gov.uz

www.state.uz

www.UzReport.uz

www.finance.uz

www.review.uz

www.bank.uz

www.bpk.uz

www.lex.uz
Yüklə 274 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə