Barchamizga ma'lumki, ma'naviy-ahloqiy rivojlanish shaxsning butun hayoti davomida yuz beradi. Ma'naviyat shunday jarayonki, unda dastlab vujudga kelgan shakllar keyingi bosqichlarda boyitib va to'ldirib boriladi



Yüklə 15,07 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü15,07 Kb.
#158771
jahon tarbiyaviy konsepsiyalari


Barchamizga ma'lumki, ma'naviy-ahloqiy rivojlanish shaxsning butun hayoti davomida yuz beradi. Ma'naviyat shunday jarayonki, unda dastlab vujudga kelgan shakllar keyingi bosqichlarda boyitib va to'ldirib boriladi.
Ma'naviy-ahloqiy rivojlanish shaxs rivojining senzitiv davrlarida, ayniqsa, faol yuz beradi. Bunday hol shaxsning o'z hayotidagi muayyan davrda yuksak darajadagi ma'naviy, ahloqiy, estetik va bilish ehtiyojlari bilan bog'langan bo'ladi. O'smirlik davrida shaxs o'zining ma'naviy-ahloqiy rivojlanishida hal qiluvchi qadamlarni qo'yadi. Bunga mazkur jarayonning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarning muvofiqligi katta ta'sir o'tkazadi.
Yaponiya - kun chiqar mamlakat aholisi farzandlarining tarbiyasiga o'ta jiddiy qarashadi. Bu yerda har bir yoshga nisbatan ma'lum bir munosabatda bo'linadi va ayrim tarbiya usullari qo'llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga ko'ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga chiqarish mumkin. Yaponiyaliklar 5 yoshgacha bo'lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular istaganlaricha o'ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar bog'chalarida bolakaylar flomaster bilan devorga to'ygunlaricha chizishlari uchun maxsus xonalar mavjud. Ota-onalar o'z farzandlarini o'yinchoqlar va ortiqcha kiyim-kechak bilan siylashmaydi.
Amerika Qo'shma Shtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o'z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o'yinchoqlarning turi bilan tanishishadi, ko'pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o'ynalgan o'yinchoqlar bilan to'lib-toshadi. Ikkinchi tomondan, go'dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan», degan so'zlarni har kuni eshitgan holda o'sishadi. Maqsad - mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat qilib ko'r! Sen, albatta, buni uddalaysan! Chunki sen zo'rsan!» deya qo'llab-quvvatlanadi. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o'zining mevasini beradi.
Germaniyada bolalarning rivojiga 3 yoshdan boshlab katta e'tibor beriladi. Onalar o'z farzandlarini boshlang'ich bosqichda haftada bir marta, kattaroq bo'lganlarida bir necha marotaba maxsus rivojlantirish guruhlariga olib borishadi. Maqsad jamoa bo'lib o'ynash, o'zaro muloqotga o'rgatishdir. Faqatgina mazkur guruhlarga bola borganidan so'nggina uni bolalar bog'chasiga berishadi. Chunki farzandning bog'chaga ko'nikishi oson kechadi va bolalar bu erda o'zlarini erkin his qiladilar. Bog'chada bolaga o'z huquqlarini, ularni hech kim xafa qilishi mumkin emasligini o'rgatishadi.
Bolalarni ma'naviy-ahloqiy rivojlantirish masalasiga tizimli yondashuv, jumladan, bu jarayonda kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlarini bir-biriga mutanosib ravishda rivojlantirish belgilangan maqsadlarga erishishning eng samarali usuli hisoblanadi.
Bolalarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalash ularning o'zlarini o'zlari tarbiyalashga yo'naltirish bilan qo'shib olib borilgandagina yuqori samarali bo'lishi mumkinligini qayd qilish lozim.
Yüklə 15,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə