Barchamizga ma’lumki, XXI asr globallashuv davri, texnika asri deyiladi Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə9/23
tarix06.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#85120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Barchamizga ma’lumki, XXI asr globallashuv davri, texnika asri d

Analiz (taxlil) – ob`ektni qismlarga, bo`laklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har birining mazmun – mohiyatini o`rganish, bilishdir. Analiz metodi butunni tashkil etgan qismlar, bo`laklar, tomonlar, elementlar ularning butun tarkibidagi o`rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning tarkibi (strukturasi), tuzilishi o`rganiladi va bilinadi.

Sintez (ajratib olish) – analiz tufayli ajratilgan bo`laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o`zaro biriktirib, ularni bir butun holga keltirishdir. Sintez metodi tadqiqotchiga butunning bo`laklari, qismlari, tomonlari, elementlari o`rtasidagi va ularning butun bilan bo`lgan aloqa va bog`lanishlarini bilishga imkon beradi.

Analiz bilan sintez tadqiqot jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ular bir-biri bilan bog`liq va bir-birini to`ldiradi, ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi, chunki tabiat va jamiyatda hamma jarayonlar ko`p tomonlamadir.

Ilmiy tadqiqotlarda empirik, elementar-nazariy, tarkibiy-genetik, analiz va sintez metodlari qo`llaniladi.

Tadqiqotchi o`rganayotgan predmet yoki xodisalari ustida olib borgan kuzatish va eksperimentlari, analiz va sintezlari asosida hosil bo`lgan empirik faktlar va ma`lumotlarni o`z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi.

Ilmiy bilishning umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo`lib, ular ilmiy tadqiqotlarning nazariy darajasiga xosdir.

Umumlashtirish - bu tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo`lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda e`tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo`lgan birorta belgi yoki xususiyatni mavxum xolga keltirishdir.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə