Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi bitiruvchisini diplomoldi amaliyotini tashkil etish va ishga joylashishiga ko‘maklashish to‘g‘risida



Yüklə 63 Kb.
səhifə2/5
tarix21.05.2022
ölçüsü63 Kb.
#87591
1   2   3   4   5
II. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI:


Ta’lim muassasasi majburiyatlari:
2.1. Hamkor “Korxona”ning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har o‘quv yilida ta’lim muassasasi qabul rejasini muvofiqlashtirib borish;
2.2. Tanlangan mutaxassislik o‘quv reja va dasturlari asosida bitiruvchiga yetarli nazariy va amaliy bilimlar hamda ko‘nikmalar berish;
2.3. O‘quv rejasidagi mavjud fanlarni o‘qitish uchun malakali o‘qituvchilarni va “Korxona” taklifiga muvofiq “Korxona”ning tajribali mutaxassis xodimlarini maxsus fanlarni o‘qitishga jalb etish;
2.4. Mutaxassislik bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;
2.5. Maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini “Korxona” bilan o‘zaro kelishilgan holda “Korxona”dagi mavjud asbob-jihozlar bilan tanishtirishga yuborish va mavjud jihozlarga mos ravishda fan dasturlariga belgilangan o‘zgartirishlarni kiritib takomillashtirib borish;
2.6. Diplom oldi amaliyoti o‘tkazish muddatlarini “Korxona”ning imkoniyatlarini inobatga olgan holda o‘zaro kelishuv asosida belgilash va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish. Ta’lim muassasasidan amaliyot rahbarlarini tayinlash va ularga quyidagi vazifalarni yuklatish:
- korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda diplom oldi amaliyotining ish dasturini tuzish;
- yakka tartibdagi topshiriqlarni ishlab chiqish;
- o‘quvchilarni mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlashda yoki ularni ish turlari bo‘yicha bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazishda qatnashish;
- amaliyot davrida o‘quvchilar mehnatidan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish;
- o‘quvchilar tomonidan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarishda va diplom loyihasi (ishi)ga materiallar to‘plashda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;
- o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqarish natijalarini baholab borish.
2.7. Yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruvchilarning diplom ishi himoyasiga hamkor “Korxona”ning mas’ul xodimlarini jalb etish, yakuniy davlat attestatsiya natijalariga ko‘ra bitiruvchining ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat shartnomasini imzolash.



Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə