Baxmal tuman xalq ta’limi bo’limi mudirining buyrug’i viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2018-yil 17-oktyabdagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining



Yüklə 77,18 Kb.
səhifə6/20
tarix06.01.2022
ölçüsü77,18 Kb.
#82624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
246 davomat hujjatlari

«Tasdiqlayman»

56-maktab direktori:

A.To`rayev

Baxmal tumani XTB ga qarashli 56-umumiy o`rta ta`lim maktabida 2020-2021 –o’quv yilida o’quvchilar davomatini nazorat qilish bo’yicha ishchi guruh tarkibi

T/R

Ismi,familiyasi

lavozimi

vazifasi

1

A.To`rayev

Ta’lim tashkiloti direktori

Ishchi guruh raisi

2

O`.Abduraxmonov

MMIBDO’

Ishchi guruh kotibi

3

X.Sattorova

O’TIBDO’

A’zo

4

J.Toshbekov

Yoshlar yetakchisi

A’zo

5

A.Musayev

psixolog

A’zo

6

Sinf rahbarlari

1-11 sinf rahbarlari

A’zo

7

D.Narimonov

IIB profilaktika inspektori

A’zo

MMIBDO’: O`.Abduraxmonov

Tasdiqlayman”



Baxmal tuman xalq ta’limi

bo’limiga qarashli 56- umumiy

o’rta ta’lim maktabi direktori,
______ A.To’rayev

28” sentyabr 2020 yil



Baxmal tumani XTBga qarashli 56 – umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar davomati bo’yicha profilaktik yig’ilish

BAYoNI № 20

Barlos MFY


Raislik qiluvchi:





A.To’rayev – 56- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori

Yig’ilish kotibi:




J.Toshbekov –“Yoshlar ittifoqi” yetakchisi

Ishtirok etganlar:




Sh.Lapasov -Baxmal tuman IIB MTP Proflaktika katta inspektori, sinf raxbarlar



Yig’ilish kun tartibi:

  1. O’quvchi-yoshlar o’rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik sodir etishlari, savdo-sotiq, arava tortish, tilamchilik, daydilik bilan shug’ullanishlari, jo’me masjidlariga borishlarini hamda ularning ta’lim-tarbiyasiga bugungi kunda tahdid solayotgan xavf-xatarlarni oldini olishda jamoatchilik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar.




  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 139-sonli qarori ijrosini ta’minlashda ta’lim muassasalari va ota-onalarning xamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar


YIG’ILIShNING BORIShI:
Yig’ilishni maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O’.Abduraxmonov olib bordi va yig’ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan “Barlos”jome masjidi imom-xatibi B.Zikriyoyev berdi. N.Imomov farzand tarbiyasida ota-onaning roli to’g’risida, “Diniy ekstremizm”, “Ommaviy madaniyat” va mobil telefondan foydalanish orqali kelib chiqayotgan salbiy ko’rinishlar, huquqbuzarliklar, jinoyatlar to’g’risida misollar orqali tushunchalar berib o’tdi. U o’z so’zida avvalo farzandlarimizda shukronalik xis tuyg’ularini shakllantirish, axloq-odob qoidalariga amal qilishni o’rgatish lozimligini ta’kidladi. Internet va mobil aloqa vositalaridan foydalanish madaniyati, olinayotgan ma’lumotlarni taxlil qila olish xususiyatlarini o’stirish , joxillik va jaholat nima degan tushunchalarni bolalar ongiga singdirish masalalariga alohida to’xtalib o’tdi. Yig’ilish ishtirokchilarini doimo xushyor bo’lishga chaqirdi. Ota-onalar farzandlarining, ayniqsa qiz bolalarni kelajagiga befarq bo’lmasligini, oilaning iqtisodiy vazifasi ota-onaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanashini, oilada iqtisodiy vazifalarni amalga oshirishda ota-onalarning vazifasi ulkan ekanligini, farzandini har tomonlama kamol topgan manaviy-axloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog’lom shaxsni yetishtirishning ma’naviy-axloqiy jihatlarini hyech qanday iqtisodiy me’zon bilan o’lchab bo’lmasligini, Ota-ona-san’atkor, bola-san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir degan aqidani tushuntirdi.

B.Nurmatov yig’ilishni davom ettirib, kun tartibidagi masala yuzasidan profilaktika inspektori kapitan Sh.Lapasovga so’z navbatini berdi. Sh.Lapasov yig’ilish ishtirokchilariga maktabda voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o’z fikr mulohazalari va takliflarini kiritib, O’zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Ma’ruzachining qayd etishiga ko’ra, hukumatimiz hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Komissiya tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ko’rilayotgan choralar, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida oxirgi yillarda mazkur toifadagi shaxslar o’rtasida jinoyatchilik kamayib bormoqda.

Kuntartibidagi 2-masala yuzasidan yig’ilish raisi O’.Abduraxmonov yig’ilish ishtirokchilariga “Mobil telefon tahdidga aylanmasin” mavzusida ma’ruza qildi. Texnika taraqqiyotining tez suratda ommalashishi uyali telefon imkoniyatlarini tobora kengaytirmokda. Biroq, tadqiqotlar uyali aloqa xizmatidan foydalanuvchi har bir kishi mobil telefondan to’g’ri foydalanish odob-qoidalarini bilishi va unga amal qilishi zarurligini ko’rsatadi.

Albatta, istalgan kishi shaxsiy mobil telefonidan erkin foydalanish huquqiga ega, ammo bunda u boshqa kishilarning shaxsiy erkinliklarini chegaralab qo’ymasligi kerak.

Shu bois ta’lim–tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni ta’minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2012 yil 21 may kuni «O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 139-sonliQarori va ushbu Qaror asosida Nizom qabul qilindi. Mazkur Nizom idoraviy mansubligidan qat’i nazar, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibini belgilaydi hamda sifatli ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo’lida o’quvchi yoshlarning sog’lig’ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirishda ularning konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo’naltirilgan. Maqsad-ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va o’quvchi yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdir. Ushbu Nizom davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi hamda ta’lim oluvchilarga, shuningdek ta’lim muassasalarining barcha toifalardagi xodimlariga nisbatan amal qiladi.

Bu bilan o’quv jarayonida, shu jumladan ta’lim oluvchilar tomonidan telefonlardan foydalanish bilan bog’liq bir qator salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etiladi.

Vazirlar Mahkamasining pirotexnika vositalari kirib kelishining oldini olish bo’yicha maxsus qarori chiqqach uning ijobiy samarasini yangi yilni kutib olayotganda hammamiz ko’rdik. Shu singari telefon orqali milliy ma’naviyatimizga zid axloqsiz filmlarning tarqalishiga chek qo’yishga jiddiy kirishilsa, muammoning ildizi qirqilardi.

Kun tartibidagi masalalarni o’rganib chiqib yig’ilish
QAROR QILADI:


  1. Maktabda voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik oqibatida kelib chiqadigan huquqbuzarliklarni oldini olish borasida “Oila-mahalla, ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoatchilik kengashining rolini oshirish chora-tadbirlar belgilansin va ota-onalar o’rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish borasida ta’sirchan choralar belgilansin va amaliyotga tadbiq etilsin.

  2. Maktabda 10 kun muddat ichida mazkur yig’ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar barcha sinf ota-nalari o’rtasida ishlab chiqilsin va mobil telefonlardan foydalanishni cheklash tartibini qayta ko’rib chiqib, tegishli tartibda qarorlar qabul qilinsin.

  3. Sinflarda o’tkazilgan yig’ilish bayonnomalari, qarori hamda ishtirokchilar ro’yxati imzolangan reyestr bilan, maktab ma’muriyatiga taqdim etilsin.

  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish direktor o’rinbosari O’.Abduraxmonov zimmasiga yuklatilsin.




Yüklə 77,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə