Bayonnomasi



Yüklə 9,91 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü9,91 Mb.
#146665
ODAM SAVDOSI BAYONN0MA


Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusidagi davra suhbati

BAYONNOMASI

18.04.2023 y Toshkent shahri


O‘tkazilgan joy: Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi 60A uy,Toshkent moliya instituti J-bino.
Qatnashdilar: Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti tyutori Mavlonov Aziz Mexmonovich hamda HBA-20, HBA-21, HBA-74, HBA-75, BT-70 guruhi talabalari (118 nafar talaba).


Kun tartibi:
  1. Odam savdosi tushunchasi, uning belgilari va ijtimoiy xavfliligi.


  2. O’zbekistonda Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashishning milliy tizimi va huquqiy asoslari.

  3. Odam savdosining oldini olish choralari va mexanizmlari.



2023 yilning 18-aprel sanasida Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining 1- kurs talabalariga “Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Talabalarga odam savdosi tushunchasi, uning belgilari va ijtimoiy xavfliligi tushuntirildi.



Odam savdosi – inson, uning shaʼni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik koʻrinishlaridan biri boʻlib, oʻzining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uygʻotmoqda.


BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000-yil 15-noyabrdagi 55/25-sonli rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash toʻgʻrisida”gi konvensiyada (mazkur xalqaro hujjat Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 2001-yil 28-iyunda ratifikatsiya qilingan) esa odam savdosi tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan: “Odam savdosi – odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, tashish, yashirish yoki odamlarni qoʻrqitish asosida kuch bilan boshqa vositalarni qoʻllash orqali yoki boshqa majburlov vositalari, oʻgʻirlik, tovlamachilik, aldov, hokimiyatni suiisteʼmol qilish, yoxud mansab mavqeyidan foydalanib, sotib olish yoʻli bilan qoʻlga kiritishni anglatadi”.



Odamlar savdosi bu alohida shaxsni (yoki guruhni) yollash, ularni bir davlat chegarasi doirasida yoki chegarasidan tashqariga olib ketish bilan bogʻliq boʻlgan barcha harakat yoki maqsadlar boʻlib, u oʻz ichiga sotish, sotib olish, topshirish, bunday harakatlarni foyda koʻrish yoki shunchaki bunday shaxsni keyinchalik aldab yoki majburlab shuningdek, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan ishlatish maqsadida ushlab turishni, shuningdek, shaxsni xohishiga qarshi holda qulchilik sharoitida haq toʻlash yoki toʻlamasligidan qatʼi nazar ushlab turishni ham oʻz ichiga oladi.


Odam savdosi-inson, uning shaʼni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik koʻrinishlaridan biri boʻlib, oʻzining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uygʻotmoqda.
Taʼkidlash joizki, odam savdosi – bugungi kunda eng katta global muammolardan biridir. Oʼtgan asrdan yigirma birinchi asrga transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning uchta eng xavfli turi “meros” boʻlib oʻtdi, ular terrorizm va din niqobi ostidagi kuch ishlatish, yaʼni, estremistik, fundamentalisti, separatistik xurujlar turadi. Keyingisi esa narkobiznes va eng soʻnggisi odam savdosi, traffik bilan shugʻullanuvchi yirik-yirik jinoyatchi tashkilotlardir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashning oʻziga xos milliy tizimi yaratildi. Jumladan, milliy qonunchilik normalari takomillashtirilib, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalar, odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi, ichki ishlar organlari tarkibida odam savdosiga qarshi kurashish va uning profilaktikasiga oid tuzilmalar tashkil etildi. Buning natijasida mamlakatimizda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarning keskin kamayishiga erishildi. Soʻnggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi.



Jahonda globallashuv jarayonlarining tezlashishi, noqonuniy migratsiya jarayonlarining kuchayishi, davlatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tafovut, ishsizlik va qashshoqlikning oʻsishi, “ommaviy madaniyat” taʼsirining ortishi, transmilliy jinoiy tashkilotlarning faollashuvi natijasida odam savdosining koʻlami kengayib, insoniyat taraqqiyoti va xavfsizligiga tahdid solayotganligi bois, unga qarshi kurashning xalqaro va milliy mexanizmlarini takomillashtirish obyektiv zaruriyatga aylandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida, “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” deyilgan. Ularning huquq va erkinliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilab berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-154-son Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi hamda 2020-yil 17-avgustda Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-633-sonli Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bu qonun 7 ta va 35 ta moddadan iborat.



Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan odam savdosi jinoyati – insonlarning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlardan biridir. Odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish – oʻgʻirlash, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qoʻllash orqali, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xizmat mavqeyidan foydalanib, jabrlanuvchini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib oʻtish yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turish, qalbaki hujjatlardan foydalanish, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olish, yashirish yoxud yoʻq qilib yuborish, kishi aʼzolarini kesib olish, boshqa kishiga koʻchirish (transplantatsiya) kabi harakatlarini qamrab oluvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir.


Odam savdosi xalqaro hamjamiyat tomonidan inson, oila va jamiyat farovonligiga xavf tugʻdiruvchi akt sifatida baholanadi.
Odam savdosi jinoyatining umumiy oldini olish deganda, odam savdosi jinoyatiga qarshi kurash, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa institutlarini rivojlantirish, insonlarni maʼnaviy- maʼrifiy kamoloti uchun sharoit yaratish, ushbu jinoyatchilikni keltirib chiqaradigan turli sabablarni aniqlash, odam savdosi jinoyatchiligini yuzaga keltiruvchi sharoitlarning zararli taʼsiri oldini olish nazarda tutiladi.
Odam savdosi jinoyatining maxsus oldini olishda esa, jamiyatni iqtisodiy jihatdan yuksaltirish va shu orqali jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, shu jumladan, muhtojlik, ishsizlik, ogʻir hayotiy sharoitni bartaraf qilish maqsadi qoʻyiladi. Jamiyat aʼzolarini maʼnaviy jihatdan kamol toptirish, ularning bilim va saviyasini oshirish, shubhasiz, ularning xulq-atvoriga, axloqiga, dunyoqarashiga, qiziqishlariga, xatti-harakatlariga taʼsir koʻrsatishdir.



Odam savdosiga qarshi samarali kurashishni taʼminlash, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish hamda tegishli axborotni tizimlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa davlat organlari bilan birgalikda odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasi yaratilishini tashkil etadi.



Buxgalteriya hisobi va audit
fakulteti dekan muovini: H.R.Axmedov


Tyutor: A.M.Mavlonov
Yüklə 9,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə