Bazaviy sinf a'zolariga murojaatni boshqarish


Konstruktorlar. Konstruktorlar bu sinf komponenta funksiyalari bo‘lib, ob’ektlarni avtomatik initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi



Yüklə 261,55 Kb.
səhifə5/5
tarix23.12.2023
ölçüsü261,55 Kb.
#154797
1   2   3   4   5
13-15-mavzu

Konstruktorlar. Konstruktorlar bu sinf komponenta funksiyalari bo‘lib, ob’ektlarni avtomatik initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Konstruktorlar ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Sinf nomi (formal parametrlar ro‘yxati)
{konstruktor tanasi}
Bu komponenta funksiya nomi sinf nomi bilan bir xil bo‘lishi lozim.
Misol uchun complex sinfi uchun konstruktorni quyidagicha kiritish mumkin :
complex (double re = 0.0; double im = 0.0 )
{real=re; imag=im;}

Konstruktorlar uchun qaytariluvchi tiplar, xatto void tipi ham ko‘rsatilmaydi. Dasturchi tomonidan ko‘rsatilmagan holda ham ob’ekt yaratilganda konstruktor avtomatik ravishda chaqiriladi.


Masalan ob’ekt complex cc; shaklida aniqlangan bo‘lsa, konstruktor avtomatik chaqirilib
real va imag parametrlari avtomatik ravishda 0.0 qiymatlariga ega bo‘ladi.
Ko‘zda tutilgan holda parametrsiz konstruktor va quyidagi tipdagi nusxa olish konstruktorlari yaratiladi: T :: T (const T&)
Misol uchun
class F
{...
public : F(const T&)
...
}
Sinfda bir nechta konstruktorlar bo‘lishi mumkin, lekin ularning faqat bittasida parametrlar qiymatlari oldindan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Konstruktor adresini hisoblash mumkin emas. Konstruktor parametri sifatida o‘z sinfining nomini ishlatish mumkin emas, lekin bu nomga ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin.
Konstruktorni oddiy komponenta funksiya sifatida chakirib bo‘lmaydi. Konstruktorni ikki xil shaklda chaqirish mumkin :
Sinf_nomi .Ob’ekt_nomi (konstruktor_xaqiqiy_parametlari)
Sinf_nomi (konstruktor_xaqiqiy_parametlari)
Birinchi shakl ishlatilganda xaqiqiy parametrlar ro‘yxati bo‘sh bo‘lmasligi lozim. Bu shakldan yangi ob’ekt ta’riflanganda foydalaniladi:
complex SS(10.3; 0.22)
// real=10.3; SS.imag= 0.22;
complex EE (2.3)
// EE . real= 2.3;
EE.imag= 0.0;
complex D() // xato
Konstruktorni ikkinchi shaklda chaqirish nomsiz ob’ekt yaratilishiga olib keladi. Bu nomsiz ob’ektdan ifodalarda foydalanish mumkin.
Misol uchun :
complex ZZ= complex (4.0;5.0);
Bu ta’rif orkali ZZ ob’ekt yaratilib, unga nomsiz ob’ekt qiymatlari(real= 4.0; imag= 5.0) beriladi;
Konstruktor nomi sinf nomi bilan bir xil bo‘lishi lozimdir. Misol uchun siz employee sinfdan foydalansangiz, konstruktor ham employee nomga ega bo‘ladi. Agar dasturda konstruktor ta’rifi berilgan bo‘lsa ob’ekt yaratilganda avtomatik chaqiriladi. Quyidagi dasturda employee nomli sinf kiritilgandir:

class employee


{
public:
employee(long, float);
void show_employee(void);
private:
long employee_id;
float salary;
};
Konstruktor ta’rifi:
employee::employee(long empl_id, float sal)
{
employee_id = empl_id;
if (salary < 50000.0)
salary = sal;
else
salary = 0.0;
}
Shu sinfdan foydalanilgan dastur:
#include
using namespace std;
class employee
{
public:
employee(long, float);
void show_employee(void);
private:
long employee_id;
float salary;
};
employee::employee(long empl_id, float sal)
{
employee_id = empl_id;
if (salary < 50000.0)
salary = sal;
else
salary = 0.0;
}
void employee::show_employee(void)
{
cout << "Nomer: " << employee_id << endl;
cout << "Maosh: " << salary << endl;
}
int main()
{
employee worker(101, 10101.0);
cout<<"ishchi"<worker.show_employee();
return 0;
}
Konstruktordan foydalanib ob’ekt ta’rifilanganda parametr uzatish mumkin: employee worker(101, 10101.0);
Agar dasturda employee tipidagi ob’ektlar mavjud bo‘lsa har birini quyidagicha initsializatsiya qilish mumkin
employee worker(101, 10101.0);
employee secretary(57, 20000.0);
employee manager(1022, 30000.0);
Person work;
}
int kk;cin>>kk;
return 0;
}
Natija
Yaratidi
O'chirldi
Ma’lumotlar elementidan birgalikda foydalanish. Odatda, ma’lum sinf ob’ektlari yaratilayotganda, har bir ob’ekt o‘z-o‘zining ma’lumotlar elementlari to‘plamini oladi. Biroq shunday hollar ham yuzaga keladiki, unda bir xil sinflar ob’ektlariga bir yoki bir nechta ma’lumotlar elementlaridan (statik ma’lumotlar elementlaridan) birgalikda foydalanish kerak bo‘lib qoladi. Bunday hollarda ma’lumotlar elementlari umumiy yoki juz’iy deb e’lon qilinadi, keyin esa tur oldidan, quyida ko‘rsatilganidek, static kalit-so‘z keladi:
private;
static int shared_value;
Sinf e’lon qilingach, elementni sinfdan tashqaridagi global o‘zgaruvchi sifatida e’lon qilish kerak. Bu quyida shunday ko‘rsatilgan:
int class_name::shared_value;
Navbatdagi dastur book_series sinfini aniqlaydi. Bu sinf (seriya)ning barcha ob’ektlari (kitoblari) uchun bir xilda bo‘lgan page_count elementidan birgalikda foydalanadi. Agar dastur ushbu element qiymatini o‘zgartirsa, bu o‘zgarish shu ondayoq barcha sinf ob’ektlarida o‘z aksini topadi:
#include
using namespace std;
class book_series
{
public:
book_series(float);
void show_book(void);
void set_pages(int) ;
private:
static int page_count;
float price;
};
int book_series::page_count;
void book_series::set_pages(int pages)
{
page_count = pages;
}
book_series::book_series(float price)
{
book_series::price = price;
}
void book_series:: show_book (void)
{
cout << "Narx: " << price << endl;
cout << "Betlar: " << page_count << endl;
}
int main()
{
book_series programming(213.95);
book_series word(19.95);
word.set_pages(256);
programming.show_book ();
word.show_book() ;
cout << endl << "page_count ning o'zgarishi " << endl;
programming.set_pages(512);
programming.show_book();
word.show_book();
return 0;
}
Ko‘rinib turganidek, sinf page_count ni static int sifatida e’lon qiladi. Sinfni aniqlagandan so‘ng, dastur shu vaqtning o‘zida page_count elementini global o‘zgaruvchi sifatida e’lon qiladi. Dastur page_count elementini o‘zgartirganda, o‘zgarish shu vaqtning o‘zidayoq book_series sinfining barcha ob’ektlarida namoyon bo‘ladi.
Agar ob’ektlar mavjud bo‘lmasa, public static atributli elementlardan foydalanish. Sinf elementini static kabi e’lon qilishda bu element ushbu sinfning barcha ob’ektlari tomonidan birgalikda qo‘llanadi. Biroq shunday vaziyatlar yuz berishi mumkinki, dastur hali ob’ektni yaratganicha yo‘q, ammo u elementdan foydalanishi kerak. Elementdan foydalanish uchun dastur uni public va static sifatida e’lon qilishi kerak. Masalan, quyidagi dasturda, xatto book_series sinfidagi ob’ektlar mavjud bo‘lmasa ham, bu sinfning page_count elementidan foydalaniladi:
#include
using namespace std;
class book_series
{
public:
static int page_count;
private:
float price;
};
int book_series::page_count;
int main()
{
book_series::page_count = 256;
cout << "page_count ning joriy qiymati " << book_series::page_count <<"ga teng"<return 0;
}
Bu o‘rinda, sinf page_count sinfi elementini public sifatida e’lon qilgani uchun, xatto agar book_series sinfidagi ob’ektlar mavjud bo‘lmasa ham, dastur sinfning ushbu elementiga murojaat qilishi mumkin.
Statik funksiya elementlardan foydalanish. Avvalgi dastur ma’lumotlar statik elementlarining qo‘llanishini ko‘rsatib bergan edi. C++xuddi shunday usul bilan statik funksiya-elementlar (usullar)ni aniqlash imkonini beradi. Agar statik usul yaratilayotgan bo‘lsa, dastur bunday usulni, xatto uning ob’ektlari yaratilmagan holda ham, chaqirib olishi mumkin. Masalan, agar sinf sinfdan tashqari ma’lumotlar uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan usulga ega bo‘lsa, siz bu usulni statik qila olishingiz mumkin bo‘lardi. Funksiyadan foydalanish uchun dastur uni public va static sifatida e’lon qilishi kerak. Masalan, quyidagi dasturda, xatto book_series sinfidagi ob’ektlar mavjud bo‘lmasa ham, bu sinfning show_count() usulidan foydalaniladi:
#include
using namespace std;
class book_series
{
public:
static int show_count() { return page_count;};
private:
float price;
static int page_count;
};
int book_series::page_count=256;
int main()
{
cout << "page_count ning joriy qiymati " << book_series::show_count() <<"ga teng"<< endl;

return 0;


}

Yüklə 261,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə