Bia-85 guruh talabasi Saidnazarov Alijon



Yüklə 15,59 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü15,59 Kb.
#109266
BIA


BIA-85 guruh talabasi Saidnazarov Alijon
1-variant
1.Aylanma mablaglar tushunchasi nima?
2.Taminlanganlikning qaysi shakllari mavjud?
3.Tijorat banklarining kredit siyosati va uning zarurligi nima?
1. Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o‘z qiymatini to‘la o‘tkazadi, shakli o‘zgaradi.
Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi: pul, ishlab chiqarish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq bosqichlar.
Aylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi (P-T(i/v)). Korxonalarning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning xususiyati shundaki, bu bosqichda ba’zi korxonalar o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmagan hollarda qarzga bank kreditini oborotga jalb qilishlari mumkin.Aylanma aktivlar aylanishning ikkinchi bosqichi - ishlab chiqarish bosqichi (T-i/ch-T') bo‘lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari) qo‘shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlarilari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi. CHunki, ikkinchi bosqich asosiy va hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda yangi qiymatga ega bo‘lgan yangi mahsulot yaratiladi. Ikkinchi bosqich, ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish omillariga boy bo‘lgan bosqich bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun: ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash; material resurslarini iqtisod qilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini arzonlashtirish; mehnat resurslaridan to‘g‘ri foydalanish zarur.Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichi, (T'-P')da yangidan yaratilgan mahsulot realizatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag‘lar yana boshlang‘ich shakl - pul shakliga o‘tadi va bu esa aylanish jarayonini boshidan boshlash imkonini beradi.Aylanma aktivlar aylanishining uchala bosqichi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va ularni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, uning uzluksizligini ta’minlash, aylanish bosqichlari bo‘yicha aktivlarni to‘g‘ri taqsimlash ishlab chiqarishda samaradorlikka, korxonalar moliyaviy faoliyatining yaxshi natijalarga erishishiga olib kelishi mumkin.
2.Kreditning taminlanganligi deyilganda berilgan kreditning qaytarilishi aniq moddiy qiymatliklar, pul xarajatlari yoki pul mablaglarini olishga bolgan huquq bilan kafolatlanganlik bolishi tushuniladi. Taminlanganligi boyicha kreditlar taminlanmagan, qisman taminlangan va taminlangan kreditlarga bolinadi. Taminlangan kreditlar taminlanganlik xarakteriga qarab garovli, kafolatlangan, sugurtalangan va hokazolarga bolinadi. Taminlangan kreditlar ishonchli deb ataladi.
Bank kreditlarnitaminlashning keng tarqalgan turlari quyidagilar hisoblanadi:
-yer, uy-joy
-qimmatli qogozlar
-debitorlik qarzlari yigindilari
-tegishli hujjatlar bilan taqdim etilgan tovarlar
-sugurta polislari va boshqalar.
Kredit boyicha taminotning turlari: a)garov, b)kafillik, c)kafolat, d)d=sugurta, e)deposit.
3. Kreditlash jarayoni kredit munosabatlarini tashkil etish tamoyillari, shakllari, usullari va shartlarining kompleks majmuasini o'z ichiga oladi. Bu kreditlash sub'ektlari va ob'ektlari, ssuda turlari, kreditlash shartlari va bosqichlari, kreditlash usullari va ssuda hisobi shakllari, ssudalarni to'lashni ta'minlash turlari, kredit berish tartibi va to'lash tartibi. ssudalar, ssuda shartnomasining mazmuni, shuningdek kreditlardan foydalanishni nazorat qilish shakllari va usullaridan ibotatdir.
Bankning kredit siyosati — kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi va aniqlab berishi shart.
Yüklə 15,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə