Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Библиография

Savol va topshiriqlar
1. „Bibliografiya“ so‘zining ma’nosi nima?
2. Qog‘oz va uning paydo bo‘lishi, ahamiyati haqida to‘xtaling.
3. Axborot infratuzilmasi nima?
4. Bibliografiya nazariyasi nimani o‘rganadi?
5. Bibliografik axborot nima?
6. Bibliografiyaning texnologiyasi nima?
7. Bibliografiyaning metodikasi nimadan iborat?
8. Bibliografiya tarixi nimani o‘rgatadi?
9. Bibliografiyani tashkil etishdan maqsad nima?
10. Bibliografiyaning ahamiyati haqida gapiring.
II BOB.
 BIBLIOGRAFIK AXBOROTNING ASOSIY
SHAKLLARI, AXBOROTNI YIG‘ISH VA UZATISH
Mavzuning maqsadi

bibliografik axborotning mohiyati,
xususiyatlari, tarixi, uni uzatish va tarqatish usullari, bibliografik
yozuv va uning xususiyatlari, bibliografiyalash texnologiyasi haqida
ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar —
bibliografik kirish, bibliografik axborot,
bibliografik xabar, bibliografik yozuv, bibliografik yozuvning tavsif
boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya, referat, indekslash, yo‘naltirish,
bibliografik faoliyat, bibliografiyalash, bibliografik xizmat.


14
Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi
Ikki yarim ming yil mobaynida qadimgi hujjatli manbalarni
o‘rganish bibliografik axborotni tashkil etuvchi matnlarni
aniqlashga imkon berdi. Bular quyidagilardan iborat: bibliografik
kirish, matn ichi ro‘yxatlari, mashhur mualliflar asarlarining
ro‘yxati, kutubxona kataloglari, bibliografik ro‘yxatlar.
Bibliografik kirish
— matn boshidagi muallif ism-sharifi,
sarlavha, kitobxon guruhi, maqsadi va boshqalar; asar boshida
avtobiografik xarakterda muallif haqidagi, matndagi va matndan
tashqaridagi asar sarlavhasi; matn so‘ngidagi yozuvlar haqida
ma’lumot. Hozirgi paytda bibliografik kirish deganda matn bilan
tanishishdan avval asar haqidagi eng zarur, qisqa ma’lumotlarni
aks ettiruvchi titul (sarvaraq) sahifasi tushuniladi. Qadimgi antik
adabiyotda bunday ma’lumotlar „Bilim beruvchi“ didaktik, hikoya
va qo‘shiq janridagi asarlarda qo‘llanilgan. 22 ta adabiy yodgor-
liklarda ana shunday ma’lumotlar borligi aniqlangan. Bibliografik
kirish tuzilishi o‘sha davr uchun xos bo‘lgan shaklda, ma’lum
bir tartibda berilgan — asar muallifi yoki shaxs haqida ma’lumot,
ba’zan qo‘shimcha titul varag‘ida muallifning kasbi, shajarasi,
agar otasi yoki ustozi mashhur shaxs bo‘lsa, ular haqidagi ma’-
lumot, asar sarlavhasi, uning yaratilishi sabablari, muallifning
o‘z asariga bergan bahosi keltirilgan. Avtobiografik xarakterdagi
bibliografik kirishda faqat muallif haqida ma’lumot berilgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə