Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Библиография

Bibliografik tavsif
— belgilangan ma’lum bir qoidaga ko‘ra
nashr haqidagi umumiy va xususiy ma’lumotlarni aks ettirish
maqsadida, ma’lum bir ketma-ketlikda bir qancha bibliografik
elementlardan tashkil topgan tavsif sohalari yig‘indisi. Bu tavsif-
dan muallif, sarlavha, unga taalluqli ma’lumotlar, mazmuni,
ahamiyati va maqsadi, nashr turi, hajmi va boshqa xususiyatlari
haqida ma’lumot olish mumkin. Kutubxonachilik-bibliografik
amaliyotida elementlar tarkibi, to‘laligi va tavsif obyektiga ko‘ra
turli xil bibliografik tavsif qo‘llaniladi.
Monografik tavsif
— bir asar tafsivi bo‘lib, u vazifasi yoki
mazmuniga ko‘ra bir xillikni tashkil etuvchi bir yoki bir necha
elementdan iborat tuzilma (masalan, chiqish ma’lumotlari sohasida
nashr joyi, nashriyot yoki bosmaxona nomi, nashr yili) beriladi.
Elementlar majburiy yoki fakultativ (yordamchi)ga ajratiladi.
Òo‘liq tavsif o‘zida hamma majburiy va fakultativ elementlarni
aks ettirsa, qisqa tavsif faqat majburiy elementlarni aks ettiradi.
Majburiy elementlar hujjat haqidagi asosiy ma’lumotlarni,
fakultativ esa hujjat haqidagi qo‘shimcha axborotni beradi
(masalan, kitobxon guruhi, illustratsiyasi, chizma, kartalar
haqida).
Analitik bibliografik tavsif
2 qismdan iborat bo‘lib, hujjat-
ning bir qismi, bobi, bo‘limi yoki alohida bir maqola haqida


17
ma’lumot beradi. 1- qismida matn muallifi, sarlavha, unga taal-
luqli ma’lumot berilsa, 2- qismida uning manbasi haqida axbo-
rot beriladi.
Indekslash tushunchalari 
kutubxona-bibliografik klassifikatsiya
indekslaridan va predmet rubrikasidan iborat bo‘ladi. Klassi-
fikatsiya indeksi hujjatning mazmuniga ko‘ra qaysi bilim sohasiga
taalluqli ekanligini ko‘rsatuvchi shartli belgidan iborat. Bu belgi
raqamli, harfli va aralash shaklda bo‘ladi va maxsus jadval
yordamida axborot qidiruv tilini (AQÒ) tashkil etadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə