Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161
bibliografiya

Olga Vasilyevna Maslova 
o‘zbek
bibliografiyasi tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mehnat faoliyatini
1917- yili gimnaziya o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1923 — 1929-
yili Respublika statistika boshqarmasi kutubxonasini boshqaradi,
keyin 1930- yilgacha O‘rta Osiyo davlat universiteti kutubxonasida


142
ishlaydi. 1930 — 1939- yillari Navoiy nomli Milliy kutubxonada
kutubxonachi-bibliograf bo‘lib, 1930- yildan bibliografiya sohasida
faoliyat ko‘rsatdi. 1938- yili M. Ò. Avsharova, S. M. Kurkovskaya
bilan birgalikda 1893 — 1903- yillarni o‘z ichiga olgan „Òóð-
êåñòàíñêèå âåäîìîñòè“ gazetasidagi maqolalarga annotatsiya tu-
zadi. Mejov „Òurkiston to‘plami“ning 417 — 591- jildlariga sis-
temali ko‘rsatkich tuzadi, Y. K. Betger rahbarligidagi „Tojikiston
tarixi va etnografiyasiga oid bibliografik ko‘rsatkichga materillar“
uchun annotatsiyalar to‘plashda ishtirok etadi, „O‘rta Osiyo xalq
xo‘jaligi“ jurnali uchun ko‘rsatkich tuzadi. 1920 — 24- yillari
sharqshunoslik bilimlarini va mahalliy tilni mukammal o‘rganish
maqsadida Òurkiston sharqshunoslik institutining Eron bo‘limida
o‘qiydi. 1946 — 47- yillari „Ustyurt va Mang‘ishqishloq
bibliografiyasiga materiallar“ bibliografik ko‘rsatkichiga muharrirlik
qiladi, 1947- yili „XVI — XX asrlarda O‘zbekiston tarixiga oid
asosiy bibliografik ko‘rsatkichlar“ e’lon qilinadi.
„1922 — 1950- yillarda nashr etilgan O‘rta Osiyo Davlat
universiteti nashrlarining sistemali katalogi“ni, 1932 — 38-
yillarda himoya qilingan nomzodlik va doktorlik ishlarining
ko‘rsatkichi“ni nashr ettiradi. 1947- yili „XVIII — XIX asrlarda
O‘rta Osiyodagi rus sayohatchilari va ekspeditsiyalari ishlariga
obzor“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qiladi. Bu 379 bosma
taboqdan iborat katta ish edi. „Sharh“da juda katta adabiyotlar
ko‘lami haqida ma’lumot berilgan. Universitet kutubxonasida
o‘lkashunoslik kartotekasini tuzishda, tabiiy va gumanitar
fanlarga oid yuz ming kartochkadan iborat gazeta-jurnal
maqolalarining umumiy kartotekasini tuzishda ishtirok etdi. Y. K.
Betger bilan „O‘rta Osiyoning xalq xo‘jaligi“ jurnaliga 25
sahifadan iborat bibliografik ko‘rsatkichini tuzadi. 1954- yili
O‘zbekiston Davlat kutubxonasi bilan hamkorlikda „1936 —
1951- yillarda O‘zbekistonda himoya qilingan nomzodlik va
doktorlik ishlari“, O‘rta Osiyo muzliklarining tarixini ochib
beruvchi „Ëåäíèêè Ñðåäíåé Àçèè“ („O‘rta Osiyoning muz-
liklari“) ko‘rsatkichlarini tuzadi. Unga annotatsiya berilgan,
materiallar xronologik tartibda joylashtirilgan. 1945- yil „O‘rta
Osiyoni iqlim, gidrologik va gidrogeologik jihatdan o‘rganish
tarixi“ ko‘rsatkichini tayyorlaydi. Uning birinchi bo‘limiga
ekspeditsiyalarga oid Oktabr inqilobigacha bo‘lgan materiallar
kiritiladi, masalan, 1740- yilda Orol dengizini o‘rganishga oid
Gladishev va Muravin ekspeditsiyalari haqidagi materiallar


143
kirgan, 2- bo‘limiga Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olgandan
keyingi davr adabiyotlari kiritilgan. Bu ish O‘zFA Arxeologiya
instituti iltimosiga ko‘ra bajarildi va unga 7 ta bo‘limdan iborat
yordamchi bibliografik apparat tuzilgan. 1917- yil fevralidan
1917- yil oktabr inqilobigacha O‘zbekistonda nashr etilgan
gazetalar ro‘yxati ham berilgan.
Ilmiy jamoatchilik talabiga ko‘ra „Ustyurt, Amudaryo o‘zani
va Qoraqum, Kaspiyning sharqiy qirg‘og‘i, Qoraqalpog‘istonning
geografiyasi, geomorfologiyasi, geologiyasiga oid annotatsiyali
ko‘rsatkich“ tuzadi. Unga XVIII asrdan 1952- yilgacha nashrdan
chiqqan Òurkmaniston, Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati geo-
grafiyasi, geologiyasi, geomorfologiyasiga oid, tadqiqotlar tarixiga
oid adabiyotlar — kitoblar va maqolalar kiritilgan. Geografiya va
geologiyaga oid bo‘limda adabiyotlar tabiiy-geografik hududlar
bo‘yicha joylashtirilgan, har bir bo‘limda ichki xronologik tartib
qo‘llanilgan. 1950- yil „ToshDUning 1922 — 1950- yillardagi
nashrlarining sistemali katalogi“ni nashr etdi. Unda katta ilmiy
va xronikal yirik ishlar, universitet nashriyoti tomonidan nashr
qilingan 100 dan oshiq bulleten, 256 ta sondan iborat „ToshDU-
ning ilmiy ishlari“ to‘plami, 3 ta ilmiy ma’ruzalarning tezislari,
13 ta ruknda 84 ta chiqish sonidan iborat ilmiy ishlar to‘plami
aks etgan. A. I. Kormilitsin V. A. Vyatkina bilan birgalikda „1902 —
1956- yillardagi ÒoshDU nashrlarining sistemali katalogini nashr
ettiradi. Bunga oldingi ko‘rsatkichdagi hamma materiallar kiritilgan
va 3 ta ilmiy-ommabop rukn, 7 ta „Bibliografiyaga materiallar“
va alohida nashrlar kiritilgan. Ko‘rsatkichda universitet nashriyoti
faoliyati haqida ham materiallar bor. Maslova rahbarligida kutubxona
xodimlari 2501 nomdagi O‘rta Osiyoga oid 1917 — 1960- yillarda
nashr etilgan materiallarni aniqladilar.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə