Bibliografiya lat p65


Nikolay Appolonovich Burov



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161
bibliografiya

Nikolay Appolonovich Burov 
— 1885- yil Peterburg shahrida
tug‘ilgan. Peterburg universitetini tamomlagan va kitobsevarligi
bilan mashhur bo‘lgan. 1918 — 1926- yillari Òurkiston ommaviy
kutubxonasida ishlaydi, o‘lkashunoslik bo‘limiga, umumiy bo‘limga
boshchilik qiladi. 1927- yildan Samarqand Davlat universiteti asosiy
kutubxonasining kitobga ishlov berish va bibliografiya bo‘limini
boshqaradi. U kutubxonachilik ishini va kutubxonalarni qaytadan
tashkil etish bo‘yicha qator komissiyalarning a’zosi bo‘lgan. 1930-
yildan Òoshkentdagi ilmiy va akademik kutubxonalari Respublika
Markaziy kengashining raisi bo‘lib ishlagan. Kengash yig‘ilishining
qaroriga ko‘ra „Alifbo katalogi kartochkasi namunalari majmuasini


144
tuzish“ dasturi ishlab chiqiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi
yillarda O‘zbekiston haqidagi adabiyotlarning retrospektiv
ko‘rsatkichini tuzish vazifasi qo‘yiladi. 1946- yili O‘zFA huzurida
bibliografik byuro tuziladi, uning vazifasi — „O‘zbekiston va
O‘rta Osiyo xalq xo‘jaligi va madaniyatining qadimgi davridan
bugungi kunigacha bo‘lgan nashrlariga oid ko‘rsatkichlar“ini
o‘zbek, rus va xorijiy tillarda chop etishga tayyorlash edi.
1919- yil 23- martda Burov o‘lka kutubxonachilik bo‘limiga
xat yozib, kutubxona to‘g‘risidagi Nizomni ilova qiladi, mahalliy
nashrlarning kutubxonaga haddan tashqari tartibsiz ravishda
keltirilayotganini, bu narsa hamma vaqt transport va aloqa
bo‘limlarining aybi bilan emasligini ta’kidlaydi. Nizomning 4-
qismiga ko‘ra Xalq Maorifi Komissarligi (XMK) tomonidan
tasdiqlanishi va unga ko‘ra majburiy nusxa o‘z vaqtida yetkazib
berilishini ta’minlash zarur edi. 1922- yil Òurkiston Kitob
palatasini ikkinchi bor qayta tashkil etish masalasi ko‘tarilgandan
so‘ng Burov davlat ilmiy kengashining iltimosiga ko‘ra Òurkiston
Kitob palatasini tuzish haqidagi qonun loyihasini tayyorladi.
1923- yil 4- fevraldagi XMKning 15- sonli buyrug‘iga ko‘ra Palata
tashkil etildi va unga Burov direktor etib tayinlandi. Qiyinchiliklarga
qaramasdan, Òurkiston davlat kutubxonasida mavjud adabiyotlar
asosida Òurkiston Kitob solnomasini tuzish boshlandi. Burov
1923- yil yanvar va fevral oylarida „Turkiston kitob solnomasi“ni
tuzishga erishdi va aprel oyida nashrga topshirdi. Palataning keyingi
vazifasi 1917 — 1922- yillarda nashrdan chiqqan asarlarni
bibliografiyalashdan iborat edi. Bunday retrospektiv bibliografiyani
tuzish uchun hamma imkoniyatdan foydalandilar. 1924- yili
Burovning „1917 — 1922- yillarda Òurkistondagi aniq fanlar“,
„Tabiat va matematikaga oid adabiyotlar ko‘rsatkichi“ qo‘llanmalari
nashrdan chiqdi. Kirish qismida aniq fanlar haqidagi adabiyotlarni
bibliografiyalash tarixi, „Ilmiy adabiyotlar xalqaro katalogi“
kabi nashriyot faoliyatining to‘xtash sabablarini ko‘rsatgan,
ko‘rsatkichning maqsadini yoritgan. 1930- yil Burov „O‘rta Osiyo
universitetining nashrlari“ (1922 —1929- yy.) nomli ko‘rsat-
kichini tuzdi. Keyinchalik 1930 — 1933- yillardagi ilmiy ishlarni
o‘z ichiga oluvchi 2- qismi tuzildi.
Burov 1964- yilda nashr qilgan „Turkistonning inqilobgacha
bo‘lgan davr matbuoti“ (1868 — 1871- yy.) nomli ko‘rsatkichi
mahalliy tillarda nashr qilingan nashrlar haqidagi eng yirik qo‘l-
lanmadir. Materiallar to‘la olingan va aniq tavsif berilgan. 178


145
kitob va 56 ta maqola berilgan bu qo‘llanma Òurkistonda inqilobgacha
nashr etilgan nashrlarni hisobga oluvchi birinchi yirik bibliografiya
edi. U „1868 — 1879- yillarda Òurkistonda chop etilgan kitoblar
ro‘yxati va undagi yig‘ilgan maqolalar“ deb ham nomlangan.
Ko‘rsatkich nashr joyi (topografik), nashr yili (xronologik) va
til kaliti kabi yordamchi apparat bilan ta’minlangan. A. Yaz-
berdiyev „O‘rta Osiyo xalqlari milliy matbuotini bibliografiyalash
tarixidan“ nomli asarida bu ishga alohida e’tibor bergan. Burov
Òoshkent kutubxonalari fondida mavjud xorijiy nashrlarning yig‘ma
katalogini tuzishga harakat qildi. 1926- yildan O‘zbekiston
kutubxonachilari jamiyati markaziy Prezidiumi Òoshkent shahri
ilmiy va akademik kutubxonalari oldiga 1914 — 1925- yillarda
chiqqan xorijiy nashrlar yig‘ma katalogini tuzish vazifasini qo‘ydi.
Buning uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya davriy nashrlar
fondini tavsiflash ishini boshladi, bu uzoqqa bormadi. 1931- yil
O‘zbekiston Davlat ommaviy kutubxonasi tashabbusi bilan
qaytadan komissiya tuzildi. Vazifani bajarish uchun uslubiy
qo‘llanma ishlab chiqildi, material yig‘ish bo‘yicha yo‘riqnoma
tayyorlandi, yig‘ma katalogning geografik, tilshunoslik, shakl va
mazmuniy tuzilmasini tayyorladi. „1924 — 1936- yillardagi xorijiy
nashrlarning yig‘ma katalogi“ga yozgan so‘zboshisida bunga
nashrlarning hamma turlari — davriy va turkumli nashrlar, xorijiy
mamlakatlardagi barcha nashrlar kiritilishi va yig‘ma katalogning
joriy etilish yili 1924- yil deb hisoblanishi komissiya tomonidan
e’tirof etilgan. 1932- yil oxiriga kelib Davlat xalq kutubxonasi
bibliografik-ma’lumot to‘plash bo‘limida kartoteka tuzilib, unga
48 kutubxonadan ma’lumot yig‘ish boshlanishi kerak edi.
Komissiyadagi „uchlik“ — Y. Betger, N. A. Burov, L. V. Bom-
shteynlar ishni davom ettirishdi va katalogning 2- qismi tay-
yorlandi. Ishning vazifasi, ish miqdori va xarakteri aniqlandi va
uzoq muddat mavjud ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash
bo‘yicha tekshirish ishi o‘tkazildi. Ishtirok etgan kutubxonalar
soni 78 ga yetdi, nashrlar soni 2513 ni tashkil etdi. Materiallar
alifbo tartibida joylashtirildi va mukammallashdi. Yig‘ma katalog
1937- yili tugatildi. Uning 1924- yildan teskari xronologik tartibdagi
va 1936- yildan to‘g‘ri xronologik tartibdagi shaklini O‘rta Osiyo
davlat universiteti davom ettirdi. 1953- yilgacha unga Burov
rahbarlik qildi. 1959- yilga kelib u butunlay tugatildi, keyingi
davrni Navoiy kutubxonasi bibliograflari davom ettirdilar.


146

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə