Bibliografiya lat p65


Bibliografiya ishini tashkil etish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161
bibliografiya

Bibliografiya ishini tashkil etish
Bibliografiya tushunchasi axborotlar infratuzilmasini, ya’ni
iste’molchilarning axborot resurslariga kirib borishlarini ta’minlay-
digan axborot markazlari, ma’lumotlar bazasi, banki, aloqa
tizimi tushunchasi bilan bog‘liq. Buni anglash uchun quyidagi
tushunchalarni alohida ko‘rib chiqamiz:
Axborot markazi
— axborotni yig‘ish, analitik-sintetik tahlil
qilish, qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot.
Axborotni tahlil qilish markazi
— aniq bir bilim sohasi bo‘yicha
axborotni to‘plash, yig‘ish, saqlash, baholash, tahlil qilish
maqsadida tashkil etilgan tashkilot yoki bo‘lim.
Axborot almashuv markazi
— tijorat asosida boshqa markazlar
uchun zarur axborotni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot
markazi.


155
Bibliografik markaz
— bibliografik axborotni ishlab chiqish,
to‘plash, qayta ishlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot
markazi. Bundan tashqari, 
axborot agentliklari
 mavjud, ular u
yoki bu yo‘nalishda axborotni qidirish, to‘plash, tanlash va
tarqatish bo‘yicha tijorat asosida ish olib boruvchi tashkilot yoki
shaxslar.
Jamiyatning axborotlashib borishi bilan kutubxonalar ham
axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona markazlari sifatida
mas’uliyatini oshirib bormoqdalar. Chunki asosiy axborot man-
balari — turli xil hujjatlarning aynan kutubxonalar fondida yig‘ilishi
sir emas.
Axborotlashtirish
— axborot resurslariga tezkorlik bilan kirib
borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Kutub-
xonalar tajribasida bu butun kutubxonachilik va bibliografik ish
jarayonlarini avtomatlashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalar
asosida axborot markazlarini tuzishdan iborat.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə