Bibliografiya lat p65


Alisher Navoiy nomli O‘zbekison Milliy kutubxonasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161
bibliografiya

Alisher Navoiy nomli O‘zbekison Milliy kutubxonasi
axborot va bibliografiya markazi sifatida
Mamlakatimizda uzoq tarixga ega bo‘lgan kutubxona Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidir. 1867- yili
16- avgustda Òurkiston general-gubernatori K. P. Kaufman Xalq
maorifi vazirligiga Òurkistonda kutubxona tashkil etish va kitob
omborlaridan dublet nusxali kitoblarni ajratish hamda shu asosda
kutubxona tashkil etishga yordam so‘rab murojaat qiladi. 1870-
yil mayida 200 nomdagi 2200 adabiyot to‘planib, Òoshkent
ommaviy kutubxonasi yadrosi tashkil etiladi va kutubxona
ochiladi. O‘lkashunos olim, kuchli bibliofil va kutubxonashunos
N. V. Dmitrovskiy shu kutubxonaning birinchi direktori etib
tayinlanadi.
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat kutub-
xonasi 2002- yil 20- fevralda e’lon qilingan Respublikamiz
Prezidentining „Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida“gi Farmoniga ko‘ra Respublika ilmiy-texnika kutubxo-
nasi bilan birgalikda qo‘shilib, Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi“ deb qayta tashkil etildi. Shu yil
4- iyuldagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Milliy kitob
palatasi ham Milliy kutubxona tarkibiga o‘tkazildi. Milliy kutubxona
respublikamizning davlat kutubxonasi, axborot va madaniy-


156
ma’rifiy muassasasi bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy-
tadqiqot, ilmiy-uslubiy va axborot faoliyatini olib boradi.
Kutubxonaning asosiy maqsadi — butun insoniyat bilimini aks
ettirgan, O‘zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli
barcha turdagi hujjatlarning universal fondini yig‘ish, saqlash
hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir.
Hozirgi kunda kutubxona jahonning 75 tilidagi deyarli 10
mln nusxa hujjatga ega, undan 3 mln dan ortig‘i o‘zbek milliy
matbuotini tashkil etadi. Har yili kutubxonaga 15 — 20 ming
nusxa hujjat olinadi. Kutubxona 1956- yildan Xalqaro kitob
almashuv tizimida ish olib boradi va jahonning 24 davlatidan 30
dan ortiq tashkilot bilan hamkorlik qiladi. Kutubxonada 20 dan
ortiq bo‘lim mavjud bo‘lib, kitobxonlarga kutubxonachilik,
bibliografik va axborot xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 250 mingdan ortiq
nashrga ega bo‘lgan „Noyob va nodir adabiyotlar bo‘limi“, 7
mln dan ortiq hujjatni saqlovchi „Asosiy fondni saqlash bo‘limi“,
260 ming hujjatni saqlovchi „Fondlarni depozitlar saqlash
bo‘limi“, 35 mingdan ortiq fondga ega bo‘lgan „Bibliografik
ma’lumot nashrlar fondi“, 80 mingdan ortiq o‘zbek mumtoz va
jahon musiqasi ovozli yozuvlari, musiqa-nota nashrlari, 150
mingdan ortiq tavsiriy va amaliy san’at asarlari to‘plangan
„Madaniyat va san’at bo‘yicha ilmiy-axborot bo‘limi“, „Ku-
tubxonachilik ilmiy-marketing tadqiqotlari markazi“, „Avto-
matlashtirish yangi axborot texnologiyalar bo‘limi“, „Ilmiy-
uslubiy bo‘lim“, „Milliy bibliografiya bo‘limi“, „Axborot-
ma’lumot xizmati bo‘limi“ kabilar mavjud.
Kutubxona Respublikamiz kutubxonalari uchun ancha yil-
lardan beri kutubxonashunoslik, o‘lkashunoslik ishi va bibliografiya
ishi bo‘yicha asosiy uslubiy markaz va rahbar vazifasini bajarib
kelgan. Kutubxonaning birinchi direktori N. V. Dmitrovskiy rus
kitoblari fondining katalogini, keyingi direktori S. A. Lidskiy esa
alifbo katalogini tuzganlar. Shuningdek, boshqa mamlakatlar
kutubxonalarining bibliografik nashrlari, respublikada tuzilayotgan
barcha turdagi bibliografik nashrlar, ma’lumotnoma-nashrlar ham
to‘plab borilgan. 1980- yildan Milliy bibliografiya bo‘limi,
ma’lumot-bibliografiya bo‘limi, axborot-bibliografiya bo‘limlari
alohida tashkil etildi. Bo‘limlar tashkil etilganidan beri nashr
qilingan barcha bibliografik mahsulotlar, har yili nashr etiladigan
kutubxonachilik va bibliografiya ishi, kitob ishiga oid barcha rasmiy
hujjatlar, davlat hujjatlari, vaqtli matbuot nashrlari, shuningdek,


157
Dmitrovskiy, Dorn, Maslova, Avsharova, Semyonovlar tomoni-
dan tuzilgan va bizga meros bo‘lib qolgan barcha ko‘rinishdagi
ko‘rsatkichlar nodir manba sifatida saqlanadi. Hozirgi paytda
quyidagi kataloglar yuritiladi: alifbo, sistemali, guruhli ishlash
materiallarining sistemali katalogi, avtoreferatlar sistemali katalogi,
notalarning alifbo katalogi, geografik kartalar katalogi, chet el
adabiyotlarining alifbo va sistemali katalogi, jurnal va gazetalarning
alifbo katalogi, noyob nashrlarning alifbo, predmet, mavzuli
katalogi, elektron katalog, mamlakatning yig‘ma elektron katalogi.
Kutubxona turli yo‘nalishlarda bibliografik mahsulotlar tay-
yorlaydi va nashr etadi:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə