168
„Biblioteka“, „Bibliografiya“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“, „O‘zbe-
kiston matbuoti“, „Kitob dunyosi“, „Íàó÷íûå è òåõíè÷åñêèå
áèáëèîòåêè“, „Èíôîðìàòèêà è îáðàçîâàíèå“ va boshqalar),
ularda axborot bilan birgalikda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
ham berib boriladi;
— bajarilgan ma’lumotlar fondi ham MBAning bir qismi va
o‘zida bir qancha mavzularga oid bajarilgan
yozma bibliografik
so‘roqlarni aks ettiradi. Unda so‘ralgan murakkab mazmundagi,
alohida bibliografik qidirish va tahlilini talab qilgan savolga yoki
masalaga oid bajarilgan javobning nusxasi saqlanadi, bundan
tashqari, dolzarb hamda muntazam so‘ralishi mumkin bo‘lgan
siyosiy va ilmiy mazmundagi so‘roqlarning javobi ham to‘planadi.
Bu materiallar nafaqat shu kutubxona,
balki boshqa kutubxonalar-
ning kitobxonlari uchun ham zarur bo‘lib qolishi mumkin.
Bajarilgan ma’lumotlar arxivi yoki fondi xizmat xarakteriga
ega, u turli kutubxonalarda turlicha tashkil etiladi. Ba’zi kutub-
xonalar bilim sohalari yoki mavzular bo‘yicha katalog yashiklarida
saqlasa, ayrim kutubxonalar alohida hujjatlar saqlanuvchi jildlarda
(papka) yoki konvertlarda saqlaydi. Bu fonddan foydalanishni
osonlashtirish uchun kartochkalar ko‘rinishida
alifbo-predmet
ko‘rsatkichi tuziladi, unda mavzusi, so‘roqning maqsadi, predmet
rubrikasi, so‘roqning tartib raqami, uning bajarilgan vaqti ko‘r-
satiladi. Kitobxonning talabiga ko‘ra axborotlashgan kutubxona
kataloglarini, bibliografik qo‘llanma va ko‘rsatkichlarning
elektron
shakllarini ham to‘plab borish hozirgi kun talabi bo‘lib qoldi.
MBF kutubxona fondining bir qismi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatga
va ahamiyatga egaligi uchun alohida bo‘lim sifatida tashkil etilgan
xonada yoki axborot bibliografiya bo‘limida joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: