Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   161
bibliografiya

Eslatmalar
 asarning ayrim joylariga taalluqli
aniqlovchi va to‘ldiruvchi, tuzatuvchi ma’lumotlardan iborat. Ular
ko‘proq nashriyot tomonidan tuzilib, kitob oxirida yoki sahifaning
pastida beriladi. Nashriyot eslatmalari chet el so‘zlarining tarjimasi,
fikrlar, asarda nomi keltirilgan shaxs haqida qisqa ma’lumot,
muallif hayotiga oid qo‘shimcha ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Asar mazmunini yoritishda unda berilgan 
illustrativ materiallar
muhim. Ular turli-tuman bo‘lib, asar g‘oyasiga mazmunan mos,
asar g‘oyasini, maqsadini kengroq tushunib olishga yordam
beradi, kitobxonning estetik didini tarbiyalaydi, asar reklamasini
kuchaytiradi, kitobxonni jalb qiladi, iste’molchida qiziqish
uyg‘otadi, asarning qiymatini oshiradi. Kutubxonachi o‘rganib
chiqqan asari haqida alohida daftarda yoki kartochkada mu-
lohazalarini yozib borsa, kelgusi ishida yordam beradi. Kutubxona
xodimi bibliografik qo‘llanmalar bilan muntazam ishlash zarur.
Bu unga shu yo‘nalishda kengroq ma’lumotga, bilimga ega bo‘lishga
yordam beradi, bibliografik qo‘llanmalarni tuzish qoidasi bilan
tanishtiradi va o‘rgatadi, kitobxonga adabiyotni to‘g‘ri tavsiya
qilishga yordam beradi, kutubxonachilik-bibliografik xizmat
ko‘rsatish sifatini oshiradi. Shuning uchun kitobni o‘rganishdan
bibliografik qo‘llanmani o‘rganish ancha farq qiladi. Bibliografik
qo‘llanmani o‘rganish 
sarvaraq
 va 
so‘zboshi
 bilan tanishuvdan
boshlanadi. Sarvarag‘ida asar nomi, unga taalluqli va to‘ldiruvchi
boshqa ma’lumotlar, tashkilot nomi, uni nashr etuvchi ayrim
shaxs, tuzuvchi yoki jamoa nomi, chiqish ma’lumotlari beriladi.
Ko‘pincha, bibliografik ko‘rsatkich nomi uning mavzusini ochib
beradi, sarlavhasi yoki sarlavhaga taalluqli ma’lumotlar maqsadini
va tiðini yoritib beradi. Ilmiy-yordamchi ko‘rsatkichlarning
sarvarag‘ida unda aks etgan adabiyotlarning xronologik chegarasi
ko‘rsatiladi.
So‘zboshida
 qo‘llanmaning dasturi yoritiladi. Bunda mavzu
asoslanadi, matbuot mahsulotining turi, xarakteri, kitobxonlik
guruhi, maqsadi, asosiy bo‘limlari va yordamchi ma’lumotlar
beriladi. Kitobxonlik guruhi haqida berilgan ma’lumot muhim.
Ba’zida qo‘llanmada kitobxonlik guruhi aniq ko‘rsatilmaydi. Bunda
kutubxonachi o‘zi qo‘llanma bilan tanishib, qaysi kitobxonga
tavsiya etish kerakligini aniqlab oladi. So‘zboshida yana materiallarni
yig‘ish qay davrda tugaganligi haqida ma’lumot beradi. Bu yangi
adabiyotlarni tavsiya etish uchun zarur. 
Mundarija
 qo‘llanmaning
tuzilishi haqida ma’lumot beradi. Asosan, qo‘llanmalar ikki


173
qismdan iborat bo‘ladi: 
asosiy 
va
 yordamchi.
 Asosiy qismi matbuot
asarlarining bibliografik yozuvlaridan tashkil topadi. Ularning
joylashtirilishi qo‘llanmaning xarakteriga, maqsadiga, tanlangan
adabiyotlarning yo‘nalishiga, kitobxonlar guruhi va mavzuning
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mavzuli ko‘rsatkichlarda
 adabiyotlar
bir-biriga bog‘liq masalalar bo‘yicha guruhlashtiriladi. Shaxslarga
oid ko‘rsatkichlarda shaxslar familiyasining alifbosi tartibida yoki
hayoti va ijodining xronologiyasi tartibida joylashtiriladi. Mam-
lakatshunoslik masalalariga oid ko‘rsatkichlarda adabiyotlar mam-
lakatlar, shahar va tumanlar bo‘yicha joylashtiriladi. Òavsiya
ko‘rsatkichlarida bibliografik yozuvlarning mantiqan joylashishini
e’tiborga olish kerak.
Bibliografik nashrning yordamchi qismi so‘zboshidan,
kutubxonachi yoki kitobxonga murojaat qismidan va yordamchi
ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Qo‘llanmaning maqsadi va matbuot
asarlarining mazmuniga ko‘ra mualliflar, ismlar, geografik,
mavzuli, predmet yoki xronologik va badiiy asarlar nomlarining
alifboli yordamchi ko‘rsatkichlari beriladi. Ular o‘ziga yarasha
yo‘l ko‘rsatkichi bo‘lib, qo‘llanmaning biror qismiga yo‘naltiradi.
Masalan, agar qo‘llanmadagi yozuvlar sistemali tartibda joylash-
tirilgan bo‘lsa, predmet ko‘rsatkichi beriladi. Mamlakatshunoslik
va o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalarda geografik nomlar
ko‘rsatkichi beriladi. Ayrim shaxslarga bag‘ishlangan yoki mavzuli
qo‘llanmalarda ismlar, mavzuli asarlar nomlarining alifboli yor-
damchi ko‘rsatkichi beriladi.
Qo‘llanmalar mazmunini o‘rganish bibliografik yozuvlarni,
bo‘limlarga berilgan kirish va tushuntirish matnlari, bo‘limlar va
bo‘limchalarni ko‘rib chiqish jarayoni bilan tugaydi. Qo‘llanmada
adabiyotlarga berilgan annotatsiyalarni ham diqqat bilan ko‘rib
chiqish, ularning qay darajada asar mazmunini yoritib berganiga
e’tiborni qaratish kerak. Qo‘llanmaning mazmuniga ko‘ra shu
sohaga oid mutaxassislarning fikrini bilish ham muhim aha-
miyatga ega.
Bibliografik guruhlashtirish
 vazifasi qo‘llanmaning tuzilishini
tanlash, asosiy bo‘lim va bo‘limchalarini aniqlash, ularning ketma-
ketligini belgilashdan iborat. Bu kitobxonga bibliografik axborotni
mantiqan asoslangan holda yetkazishga olib keladi. Matbuot
asarlarini o‘rganish jarayonida asosiy mavzuni, masalani ajratib
olish, mazmuniga ko‘ra kitoblarni va maqolalarni guruhlashtirish,
har bir bo‘lim va bo‘limchani nomlash, mantiqan ketma-ketlikni


174
aniqlash uchun zamin yaratilgan bo‘ladi. 
Bibliografik qayta ishlash
yoki bibliografik ta’rif berishda
 har bir matbuot asari haqida uni
o‘rganish jarayonida olingan mulohazalar birlashtiriladi. Har
biriga bibliografik yozuv tayyorlanadi, annotatsiya yoziladi.
So‘zboshi va boshqa yordamchi elementlarni tayyorlashning
 asosiy
vazifasi kitobxonlarga tuzuvchining fikrini yetkazish, mustaqil
ravishda qo‘llanmadan foydalanishga yo‘llashdir. Buning uchun
mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, qo‘llanmaning o‘ziga xos
tomonlarini ochib berish lozim. 
Òahlil qilish va bibliografik
qo‘llanmani rasmiylashtirish, 
yakunlovchi bosqichda barcha matn
qaytadan ko‘rib, ilmiy, adabiy va bibliografik tahlil qilib chiqiladi.
Yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatiladi, kamchiliklar to‘ldiriladi,
qo‘shimchalar kiritish, sarvarag‘ini bezash, boshqa yordamchi
elementlarni kiritish, muqova ko‘rinishini tayyorlash, so‘zboshi,
kirish so‘zi, xulosa kabi elementlarni joylashtirish, illustratsiyalar
joyini belgilash mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə