Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   161
bibliografiya

Bibliografik sharhlar
 maqsadiga va kitobxonlar guruhiga ko‘ra
tavsiyaviy va axborot, mazmuniga ko‘ra universal, tarmoq, mav-
zuli, shaxslarga oid turlarga ajratiladi. Sharhda hikoya qilinayotgan


180
matbuot asarlarining turiga ko‘ra kitoblar sharhi, jurnallar sharhi,
ruknli nashrlar sharhiga bo‘linadi. Yangi adabiyotlar sharhida
kitobxonlar yangi kitoblar, jurnallar va axborot materiallari
bilan tanishishlari mumkin. Har qanday bibliografik sharh yagona
reja asosida tayyorlanadi: mavzuni o‘rganish, adabiyotlarni aniqlash
va tanlash, matbuot asarlarini guruhlashtirish va ta’rif berish,
sharh uchun matn yozish, matnni adabiy tahlil qilish. 
Mavzuni
o‘rganish
 unga oid barcha manbalarni o‘rganishdan boshlanadi.
Matbuot asarlarini aniqlashda 
katalog va kartotekalar, fondning
shu mavzuga taalluqli qismi, bibliografik hujjatlar, kasbga oid
jurnallar va gazetalarda berilayotgan ro‘yxatlar ko‘zdan kechiriladi,
mavzuni yoritib beruvchi adabiyotlar tanlab olinadi. Har birining
mazmuni, ahamiyati 
ko‘rib chiqish
 jarayonida o‘rganiladi, buning
uchun yozilgan annotatsiyalar, so‘zboshi, kirish so‘zi, so‘nggi
so‘z, asarga berilgan tanqidiy materiallar o‘rganib chiqiladi. Sharh
uchun ajratilgan adabiyotlarning soni mavzuning mohiyatidan,
kitobxonlar guruhining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Agar sharh
tavsiya xarakterida bo‘lsa, 3 tadan 10 tagacha, axborot xarakterida
bo‘lsa, 12 — 15 ta adabiyot olinadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə