|
 Bibliografiya lat p65bibliografiya 120843 (1), O`zbekiston respublikasi va o`rtaBibliografik ma’lumot
turli so‘roqqa beriladigan bibliografik
axborotdir, u turlicha bo‘ladi:
adresli
(nashrning fonddagi o‘rnini
ko‘rsatish uchun berilgan ma’lumot),
aniqlovchi
(bibliografik
tavsifidan noaniqlik yoki qo‘shimcha ma’lumotni talab etgan
holda berilgan),
mavzuli
(biror-bir mavzu, masala, muammoga
oid). MBXning mazmunini kitobxon talabi yoki so‘rog‘i, ax-
borotni qidirish, bibliografning javobi tashkil etadi. Bibliografik
qidirish bibliografik faoliyatning negizini tashkil etadi. So‘roqlarni
bajarish tezligi va sifati bibliografning kasbiy bilimi darajasiga,
kitobxon bilan munosabatda bo‘la olish qobiliyatiga, MBXning
sifatiga, bibliografning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan
erkin ishlay olishiga bog‘liq. Bularning hammasi o‘ziga xos dasturni
(algoritmni) tashkil etadi. Bu dastur quyidagi bosqichlardan
iborat:
•
axborotni qidirishga tayyorgarlik ko‘rish — so‘roqni qabul
qilish, hisobga olish, tahlil qilish, mavzuni va maqsadini aniq
shakllantirish, kitobxonni qiziqtirgan masala bo‘yicha xabardor-
ligini o‘rganish, shu paytgacha mavzu bo‘yicha bilgan ma’lumot-
lari, so‘roqning dolzarbligini aniqlash;
•
qidiruv manbasini modellashtirish — so‘roq mazmuniga mos
manbalarni aniqlash (o‘quv adabiyotlari, ommaviy nashrlar,
ma’lumotnoma nashrlar va b.);
•
qidirishning mukammal yo‘lini tanlash — manbalar orasi-
dan eng zarurini va so‘roqqa mosini ajratib olish;
•
qidirish dasturini amalga oshirish — so‘roqqa javob beruvchi
axborotni olish, agar ma’lumot yozma ravishda talab etiladigan
bo‘lsa, uni tayyorlash. Murakkab mavzudagi ma’lumotlar nusxasi
saqlab qolinadi.
Kitobxonlarning bibliografik va axborot madaniyatini takomil-
lashtirish uchun ish so‘ngida, albatta, axborot manbalarini
ko‘rsatish lozim.
|
|
|