Bibliografiya lat p65


Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   161
bibliografiya

Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX
Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi so‘roqlar qat’iy mas’uliyat bilan
bajariladi. Ma’lumotlar axborotga berilgan so‘roq xarakteriga
mos guruhlashtiriladi. Eng ko‘p tarqalgan so‘roqlar quyi-
dagilardan iborat: aniqlovchi bibliografik ma’lumotlar; faktografik
ma’lumotlar; mavzuli bibliografik ma’lumotlar; manzilli
bibliografik ma’lumotlar.
Aniqlovchi bibliografik so‘roqlarni bajarishda Davlat va
hukumat organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarning
bibliografik ma’lumotlari aniqlanadi. Bunday so‘roqlarni umumiy
bibliografik kartoteka, ma’lumotlar bazasi, huquqiy axborot
bo‘yicha ma’lumotlar banki, rasmiy nashrlar va boshqa turdagi
axborot resurslari bajaradi. So‘roqlarni berishda yo‘l qo‘yiladigan
xatolardan eng ko‘p uchraydigani OAVlari orqali berilayotgan
axborotni noto‘g‘ri tushunish oqibatida yuz beradi. Bunday
holda, albatta, kitobxon bilan suhbat davomida uni to‘g‘ri
tushunishga yordam berish zarur. Faktografik so‘roqlarni baja-
rishda, asosan, u yoki bu tarixiy voqeani, siyosiy hodisalarni,
siyosiy va jamoat arboblari shaxsiga oid ma’lumotlarni, olimlar
va ularning faoliyatiga oid savollar, mamlakatlar nomlarining
o‘zgarishi bilan bog‘liq so‘roqlar, davlat ramzlariga oid so‘roqlar
uchraydi. Ularni bajarishda ma’lumotnoma nashrlar, qomus-
nomalar, katalog va kartotekalar yordam beradi. Mavzuli
bibliografik so‘roqlar biror-bir ijtimoiy fanlar, tarixiy shaxslar,
davlat arboblari, siyosiy arboblar, mamlakat tarixi, iqtisodi,
siyosatiga oid mavzularni tashkil etadi. Bunday so‘roqlarni
bajarishda mavzuning mazmuni, maqsadi, kitobxonning siyosiy
bilim darajasi, tayyorgarlik darajasi, axborot manbalarining to‘-
liqlik va ilmiylik darajasi, dolzarbligi hisobga olinadi. Bunda ham


189
katalog va kartotekalar tizimidan, bibliografik qo‘llanmalardan
foydalaniladi. Ayniqsa, tarixiy mavzudagi so‘roqlarni bajarishda
uning hozirgi kun uchun ahamiyati alohida o‘rganiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə