Bibliografiya lat p65


MBXni tashkil etish va hisobga olish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   161
bibliografiya

MBXni tashkil etish va hisobga olish
MBX bilan shug‘ullanuvchi barcha bo‘limlar yagona shakldagi
hujjatlarda ma’lumotlarni bajaradi va hisobga olib boradi. Òurli
so‘roqlar bajarilishini hisobga olib borishda ularning soni
ko‘rsatiladi va quyidagicha belgilanadi: so‘ralgan mavzular; aniqlash
uchun so‘ralgan bibliografik yozuvlar soni; kutubxona fondida
bo‘lishini so‘ragan nashrlar soni; aniqlash uchun so‘ralgan
faktlar.
So‘roqlar alohida daftarda yoki jurnalda qayd etib boriladi,
ayrim kutubxonalarda talab qog‘ozlarida yoki boshqa xil hujjatlarda
aks etadi. Hisobga olishda og‘zaki va yozma bajarilgan so‘roqlar,
mavzulari va boshqa xillari bo‘yicha bajarilgan so‘roqlar alohida
hisob qilinadi. Maxsus daftarda ularni hisobga olib borish uchun
quyidagi tartib raqami, so‘roqning berilgan vaqti, kimdan
tushganligi, mazmuni va maqsadi, so‘roqning turi (mavzuli,
aniqlovchi, faktografik), bilim sohasi, so‘roqni bajarish manbasi,
bajaruvchi, rad javob sababi, tashqi axborot resurslari, eslatmalar.
Ayrim kutubxonalar bu chiziqlarni yanada ixchamlashtiradi,
ayrimlari esa o‘z xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa
bo‘limchalarni kiritadi. MBXni takomillashtirish, samarasini
oshirish uchun muntazam ravishda son va sifat jihatidan tahlil
qilib borish lozim. Uning maqsadi mavzular va kitobxonlar
qiziqishini o‘rganish, axborot manbalarini takomillashtirishdir.
Òahlil natijalari fond tarkibini, axborot resurslarini kengaytirishni,
axborot xizmati tizimini yaxshilashni, bibliograflarning malakaviy
bilim saviyasini oshirishni qay darajada davom ettirish va
takomillashtirish haqida xulosalar beradi. Bundan tashqari, tahlil
natijalari bibliografik axborot ishlarining qay darajada tashkil
etilganligini ham ko‘rsatadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə