Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161
bibliografiya

Predmet rubrikasi
— AQÒ elementi bo‘lib, hujjatning asosiy
mazmunini aks ettiruvchi predmet yoki masalaning qisqa shaklini
anglatadi.
Bibliografik yozuvda annotatsiya va referat ham beriladi.
Annotatsiya
 qoidaga ko‘ra, hujjat mazmuni, mohiyati, shakli va
boshqa xususiyatlariga qisqacha ta’rif beradi va bibliografik tav-
sifni to‘ldiradi, aniqlaydi. U ijtimoiy ahamiyatiga va vazifasiga
ko‘ra ma’lumot va tavsiyaviy xarakterda bo‘ladi.
Ma’lumot annotatsiyasi
 sarlavhadagi noaniqlikni ochib beradi,
muallif haqida, bibliografik tavsifda aks etmagan asar mazmuni,
janri va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Bunday
annotatsiyalar rasmiy, ilmiy, ishlab chiqarish, ma’lumotnoma
nashrlariga berilib, bir necha so‘zdan bir, ikki qator jumlagacha
bo‘ladi.
Òavsiya annotatsiyalari
 hujjat haqida, uning ahamiyati va
xususiyatlari, mazmuni va ahamiyatiga ko‘ra unga yaqin bo‘lgan
adabiyotlar orasida tutgan o‘rni haqida axborot berish,
kitobxonni qiziqtirish maqsadida qo‘llaniladi. Annotatsiya
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiya va maslahatdan iborat
bo‘ladi va hajmiga ko‘ra ma’lumot annotatsiyasidan katta bo‘ladi.
Ular, asosan, ilmiy-ommabop, badiiy, bolalar adabiyoti,
ommaviy-siyosiy nashrlar mazmunini ochishda qo‘llaniladi.
Birinchi darajali hujjatlar tavsifining usuliga ko‘ra 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə