27
xususiyatga ega va u axborotni tayyorlashda hisobga olinadi.
Shunga ko‘ra belgilari, ahamiyati, mazmuni va shakliga ko‘ra
turlanadi.
Axborot iste’molchisi — inson. Uning maqsadi mustaqil
bilim olish, o‘quv malakasini oshirish,
ilmiy bilim olish va ilmiy
salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish malakasini oshirish va
boshqalar. Yuqori darajada axborot-kutubxona va bibliografik
xizmat ko‘rsatish uchun kitobxonlar ilmiy asoslangan holda
klassifikatsiya qilinishi lozim. Klassifikatsiya asosiga insonning
professional
ishlab chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi,
ma’lumot darajasi, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, o‘qish madani-
yati darajasi, bibliografik qo‘llanmalardan
foydalana olish
qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki inson —
kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir. Hujjat va axborot
iste’molchisi mazmun mohiyatiga ko‘ra matbuot asari (kitob,
nashr) va kitobxon (bibliografik axborot iste’molchisi) tushun-
chalaridan farqlanadi. Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot
asari bilan emas, balki barcha ko‘rinishdagi axborot resurslari
(elektron resurslar) bilan bog‘liq.
Bibliografiya esa, matbuot
asari (kitob, gazeta, jurnal) bilan ishlaydi. Kitob, gazeta va
jurnallar tarixan insoniyat bilimining manbayi, uning bilim-
larini aks ettiruvchi, to‘plovchi va saqlovchi vosita hamda inson
bilimini oshirish va ruhiy ta’sir vositasi bo‘lib kelgan.
Kitobning
o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Ammo keyingi paytda boshqa
axborot tashuvchi resurslar ham bibliografik faoliyat doirasiga
singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham bibliogra-
fiyaning obyektidir. Bu keyingi paytda hujjat-axborot iste’mol-
chisi tizimi bilan boyidi.
Dostları ilə paylaş: