Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161
bibliografiya

Ilmiy-ommabop nashrlar
 — fan, texnika, madaniyat
sohalaridagi yutuqlarni, yangiliklarni mutaxassislardan boshqa
keng kitobxonlar ommasi tushunadigan tilda va uslubda bayon
etgan asarlardan iborat. Ular juda keng kitobxonlar ommasiga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu adabiyotlar tufayli kitobxonlar
o‘zlarining bilim saviyasini oshirib boradilar, hozirgi zamon fan
va texnika yutuqlaridan xabardor bo‘ladilar, mustaqil bilim olish
ko‘nikmasini egallaydilar.  Hozirgi paytda tibbiyotga, tabiiy-ilmiy
bilimlarga, mamlakatimiz tarixiga, siyosiy muammolarga,
ma’naviyatga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar, biografik materiallar
nashr etish kengaygan. 
O‘quv nashrlari
 fanning, amaliy faoliyat
sohasining ma’lum bir tizimda aks etgan axborotini o‘z ichiga


31
oladi. O‘quv nashrlariga o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar
kiradi. O‘quv nashrlari mazmuniga ko‘ra sohali yoki ixtisoslashgan
adabiyotdir. Ular maktab, kollej-litsey, oliy o‘quv yurtlarining
o‘quvchilari va talabalariga, malaka oshirish kurslarining
tinglovchilariga va o‘qituvchilarga mo‘ljallanadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə