Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161
bibliografiya

Òanlangan asarlar
 bir yoki bir necha jildlik bo‘lishi mumkin.
Asosan, bir muallif ijodiga oid bo‘ladi. Bu to‘plam mazmunini
bir yoki bir necha yo‘nalishdagi eng muhim asarlar tashkil etadi.
Masalan, A. Qahhorning 3 jildlik „Òanlangan asarlari“, Ò.
Malikning 3 jildlik „Òanlangan asarlari“, M. Qoriyevning 3 jildlik
„Òanlangan asarlari“, Oybekning „Òanlangan asarlari“va hokazo.


39
Ularda muallifning turli yillarda ma’lum bir yo‘nalishda yaratgan
asarlari yoki eng sara asarlari jamlanadi.
Asarlar to‘plami
 muallifning jami ijodini yoki uning bir
qismini jamlashtiradi. Shunga ko‘ra to‘la asarlar to‘plami, asarlar
to‘plami, asarlar deb turlanadi va bir yoki bir necha jilddan
iborat bo‘ladi.
Òo‘la asarlar to‘plami qoidaga ko‘ra muallifning butun ijodini
yoki adabiy merosini qamrab oladi. Unda tugallangan asarlari,
maqolalari, xatlari, tarjimalari, nashrga tayyorlagan materiallari,
qo‘lyozmalari, konspektlari, eslatmalari ham beriladi. Bu
kitobxonga va tadqiqotchilarga muallif ijodini mukammal
o‘rganishga, to‘la tanishishga yordam beradi. Nodavriy nashrlar-
ning asosiy qismi yordamchi ilmiy-ma’lumot apparati bilan
ta’minlanadi. U qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydalanish shunchalik
oson bo‘ladi. Ilmiy-ma’lumot apparatlari kitobxonga nashr
tuzilishi, tarkibi, mazmuni bilan chuqurroq tanishish imkonini
beradi. Bular kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija, so‘nggi so‘z,
izohlar, eslatmalar, sharhlardan iborat. Ilmiy-yordamchi
apparatga yordamchi ko‘rsatkichlar kiradi. Bular ismlar, xrono-
logik, predmet, geografik ko‘rsatkichlardir. Ular ma’lumotlarni
tez topishga, qidirishga, mazmunni ochib berishga yordam
beradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə