41
tomonidan oyda 1 marta chiqadigan axborot-ma’lumot gazetasi.
U 2001- yil 8- dekabrdan nashr etiladi.
Jurnallar
— universal va ixtisoslashgan mazmunga ega bo‘ladi.
Jurnallar
kitobxonlar guruhi, maqsadi va boshqa belgilariga ko‘ra
turlanadi. Ular ilmiy, kasbiy, ishlab-chiqarish, ilmiy-ommabop,
adabiy-badiiy deb ham ajratiladi.
Ilmiy jurnallar
turli bilim sohasidagi ilmiy ishlar, ilmiy
tadqiqot ishlari natijalari haqidagi asosiy
axborot beruvchi manba
bo‘lib, mutaxassislar va olimlarga, ilmiy xodimlarga ba-
g‘ishlanadi. „Òafakkur“, „Ijtimoiy fikr“, „Fan va turmush“ jur-
nali ilmiy jurnallardir. „Fan va turmush“ O‘zFAning ilmiy-
ma’rifiy, ommabop jurnali bo‘lib, turli davrlar vazifasidan
kelib chiqqan holda turlicha nomlangan. 1933 — 1935- yillar
„Sotsialistik ilm va texnika“, 1939 — 1941- yillarda „Sotsialistik
Fan va turmush“ deb nashr etilgan. 1941- yil iyulidan 1957-
yil fevraligacha ma’lum bir sabablarga ko‘ra nashr etilmagan.
1957- yildan „Fan va turmush“ deb nashr etiladi. Jurnalga
dastlab ko‘zga ko‘ringan olimlar,
ijodkorlar, birinchi jurna-
listlar, ya’ni Otajon Hoshim, Q. Niyoziy, I. Islomov, I. Mo‘-
minov, M. O‘rozboyev, Y. Òo‘raqulovlar muharrirlik qilganlar.
Jurnal rangli illustratsiyalangan holda nashr etiladi. „Ibn Sino“
(Avitsenna) — Ibn Sino Xalqaro jamg‘armasining ilmiy-amaliy
jurnali 2000- yildan boshlab Òoshkentda bir yilda 4 marta
o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. Jurnalning vazifasi —
Ibn Sino shaxsiga oid, uning mashaqqatli hayot yo‘li, ilmiy-
ijtimoiy
faoliyati, sermazmun va ko‘pqirrali ijodi, sinoshunoslik
sohasidagi ishlar, izlanishlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari
bilan jurnalxonlarni tanishtirib borish. Jurnal 1000 nusxada
nashr etiladi. „O‘zbekiston tarixi“ O‘zbekiston FA Òarix
institutining ilmiy-tarixiy jurnali bo‘lib, 1998- yili asos solingan.
Uning 1- soni 1999- yil yanvarda chiqdi. Har uch oyda 1 marta
rus va o‘zbek tilidagi materiallar nashr etiladi. Jurnal tarixchi
mutaxassislar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari,
talabalari va O‘zbekiston tarixi bilan
qiziquvchi kitobxonlarga
mo‘ljallangan. „O‘zbekiston davlatchiligi tarixidan“, „Tarixiy
shaxslar“, „Tarixiy atamalar“, „Tarixshunoslik“ kabi ruknlarda
ilmiy maqolalar berib boriladi.
Dostları ilə paylaş: