Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va
axborot iste’molchilarining talablarini qondirish uchun zarur
bo‘lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil
manbalar bo‘lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida
saqlanayotgan an’anaviy va mashinada o‘qiladigan axborot
tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma’lumotlar
banki va bazasi hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga
xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat. Bu
resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlari-
ning harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi,
ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatidir.