Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161
bibliografiya
120843 (1), O`zbekiston respublikasi va o`rta
Bibliografik ro‘yxat
— oddiy tuzilishga ega bo‘lgan biblio-
grafik qo‘llanma. U qoidaga ko‘ra tor mavzu yoki muammoga
oid, hajmiga ko‘ra uncha katta bo‘lmagan, tuzilishiga ko‘ra
soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya’ni ma’lu-
mot-qidiruv apparatiga ega bo‘lmagan qo‘llanma. Ulardan ko‘p
qo‘llaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi,
maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro‘yxatlar. Kitob ichi
bibliografik ro‘yxatlar bir mavzuga oid ilova qilingan mustaqil
ro‘yxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari ro‘yxati,
o‘quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid
boshqa mualliflarning asarlari ro‘yxati, kitoblarda mavzuga oid
foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ro‘yxati
beriladi. Matn ichida adabiyotlarga yo‘llanma (ssilka) ham
beriladi, bular sahifaning pastida asosiy matndan so‘ng yoki
bo‘lim va boblar oxirida ham beriladi. Jurnal ichi bibliografik
ro‘yxatlari mustaqil material sifatida jurnalda nashr etiladi.
Ko‘pgina jurnallarda alohida maxsus sahifalarda yangi adabiyotlar,
taqrizlar, yil davomida jurnal sahifalarida nashr qilingan


54
maqolalar ro‘yxati nashr etiladi. Masalan, „Sharq yulduzi“,
„Tafakkur“, „O‘zbek tili va adabiyoti“, „O‘zbekiston matbuoti“
jurnallari oxirgi sonida yil davomida nashr qilingan maqolalar
yo‘nalishiga ko‘ra yoki xronologik tartibda beriladi. „Adabiy
meros“ to‘plami esa 10 yil davomida to‘plamda nashr qilingan
maqolalarning muammo yoki masalalarga sistemalashtirgan holda
ro‘yxatini berib boradi. „Biblioteka“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“,
„Ìèð áèáëèîãðàôèè“ jurnallarida ham maxsus sohaga oid
yangi adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi. Ilmiy va ilmiy-
ommabop jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan
maqolalar so‘ngida mavzu bo‘yicha foydalanilgan, eslatib o‘tilgan
yoki bosmadan chiqqan yangi nashrlar haqida ro‘yxat ilova
qilinadi. Bular maqolaga berilgan ro‘yxatlar deb yuritiladi. Gazeta
ichi ro‘yxatlari gazetadagi mustaqil adabiyotlar ro‘yxatidir.
Respublika, viloyat gazetalarida „Yangi kitoblar“, „Kitoblar
orasida“, „Kitoblar olamida“, „Kitob tokchasi yonida“ kabi
sarlavhalar ostida adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə