Bibliografiya lat p65


Bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161
bibliografiya

Bibliografik qo‘llanmalar
 ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra boshqa
mahsulotlardan ajralib turadi va ularga nisbatan keng qamrovli va
katta hajmga ega. Shunga ko‘ra maxsus va davlat bibliografiyasining
turlari tayyorlanadi. 
Davlat bibliografik ko‘rsatkichlari
 davlat
hisobini olib boradi. 
Maxsus bibliografik qo‘llanmalar
 ilmiy-
yordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, tavsiya xarakterida bo‘ladi.
Nashriyotchilik va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashrdan
chiqadigan yangi adabiyotlar yoki nashr etilgan asarlar va kitob
savdosi tizimlarida mavjud adabiyotlar haqidagi axborotdan iborat
bo‘ladi. Berilayotgan materiallarning mazmuniga ko‘ra bibliografik
qo‘llanmalar quyidagi turlarga ajratiladi: 
universal, ko‘p tarmoqli,
mavzuli, shaxsga oid, mamlakatshunoslik, o‘lkashunoslik.
Universal qo‘llanmalar bilimning va amaliy faoliyatning hamma
sohalariga va fan tarmoqlariga oid, ko‘p tarmoqlilari esa bir necha
bilim sohasiga ega bo‘ladi. Tarmoq qo‘llanmalar bilimning bir
sohasiga, mavzuli qo‘llanmalar aniq bir mavzuga, oid mate-
riallarni o‘z ichiga oladi. Shaxsga oid qo‘llanmalar bir shaxsning
hayoti va ijodiga oid barcha adabiyotlarni, mamlakatshunoslikka
oid qo‘llanmalar esa bir yoki bir necha mamlakat haqidagi
materiallarni, o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalar esa mamla-
kat haqidagi adabiyotlarni aks ettiradi. Qo‘llanmalar turiga,
maqsadiga ko‘ra ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Birinchi  xususiyati
xronologik aniq chegaraga ega. Qo‘llanmaning maqsadidan kelib
chiqqan holda aniq yillar davomida nashrdan chiqqan adabiyot-
lar va boshqa materiallar tanlab olinadi. 
Ikkinchi xususiyati

agar ko‘rsatkich hisobga olish maqsadida tuzilsa, har tomonlama
to‘la bo‘lishi shart. Masalan, davlat bibliografik ko‘rsatkichlarini
tayyorlashda tanlangan davrda nashr etilgan, tanlangan usulda
qaysidir mezonga amal qilingan holda barcha turdagi adabiyotlar
va boshqa materiallar hisobga olinadi, ya’ni ijtimoiy yoki ilmiy
ahamiyati, nashrlarning turi yoki biror-bir belgisiga ko‘ra tan-
lanadi. Har bir bibliografik qo‘llanma ko‘plab bibliografik
yozuvlarning tartibga solingan ko‘rinishidir. Bu esa tanlangan
tartibdagi (alifbo, sistemali, xronologik va boshqa) usulni qo‘llash
bilan uzoq va mas’uliyatli mehnat natijasida yuzaga keladi.
Bibliografik elementlarning qo‘llanilish me’yori ham qo‘llanmaning
turiga va maqsadiga ko‘ra belgilanadi. Axborot xarakteridagi
ko‘rsatkichlarda bibliografik tavsif bilan chegaralansa, tavsiya
ko‘rsatkichlarida, albatta, annotatsiya beriladi, referativ ko‘rsat-
kichlar esa referat bilan ta’minlanadi. Ayrim bibliografik qo‘llan-


56
malarda turli xil elementlar aralash keladi. Masalan, kutubxona
xodimlari uchun mo‘ljallangan, avval uslubiy-bibliografik
to‘plamlar deb yuritilgan uslubiy tavsiyanomalar. Ular bibliografik
ro‘yxatlar, bibliografik sharhlar matni, tanlangan mavzu bo‘yicha
ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun namunalar
bilan boyitiladi.
Bibliografik qo‘llanmalar mustaqil nashr sifatida ham, boshqa
nashrlar ichida (kitob, gazeta, jurnal, to‘plam) ham yoki ilova
shaklida ham bosilishi mumkin. Bibliografik qo‘llanmalar nodavriy,
davriy bo‘ladi. Nodavriy ko‘rsatkichlar, asosan, kitob, risola,
varaqa, buklet, bir yoki bir necha jildlik, ruknli shaklda bo‘ladi.
Masalan, shaxslarga oid bibliografik ko‘rsatkichlar mustaqil yoki
bir ruknda alohida-alohida kitob va risola holida nashr etiladi.
Davriy qo‘llanmalar haftalik, oylik, kvartallik, yillik, yarim
yillik bo‘ladi. Kartochka ko‘rinishidagi bibliografik nashrlar Kitob
palatalari yoki nashriyotlar tomonidan tayyorlab nashr qilinadi.
Bular kitobga, gazeta va jurnal maqolasiga, taqrizga bosma kartoch-
kalar shaklida tuziladi. Annotatsiyali bosma kartochkalar nashr
etish sohasida Rossiya Davlat kutubxonasi tajribasini misol qilish
mumkin. Ular „Ìèð áèáëèîãðàôèè“ jurnalining 1998- yil 1-
sonidan boshlab har bir sonida 200 — 250 ta adabiyotga
annotatsiyali kartochka (nashriyotlar manzili, telefon raqamlari
bilan birgalikda) berib bormoqda. Mutaxassislar so‘rog‘iga to‘la
javob berish maqsadida kutubxona va axborot organlari xodimlari
bibliografik qidirish jarayonida mavzuli ro‘yxatlar, kartotekalar
tuzadilar, bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratadilar. Keyinchalik
ular negizida mavzuli to‘plamlar, daydjestlar, faktografik ma’lu-
motlar, tahliliy sharhlar yaratadilar va iste’molchilarga xizmat
ko‘rsatish jarayonida foydalanadilar.
Jamiyatda to‘laqonli axborot resurslarini yaratishga mo‘l-
jallangan adabiyotlarni aniqlash imkoniyati iste’molchilarga
elektron shaklda bibliografik qidirishni taqdim etish bilan yara-
tiladi. Bu esa hujjatlar mazmunini tasvirlashning ko‘p qirra-
liligini ta’minlaydi: to‘ldirish, iste’molchilar so‘rog‘i bo‘yicha
shakllanadigan individual ma’lumotlar bazasini faollashtirish,
axborotni ish yoki yashash joyiga yetkazish. Òexnologik
tarmoqlardan foydalanishda hududiy jihatdan imkoni bo‘lmagan
va uzoq hududlarda istiqomat qiladigan kitobxonlarga elektron
pochta orqali yoki chat texnologiya orqali xizmat ko‘rsatish
imkonini beradi. Maxsus dasturiy ta’minotga asoslangan chat


57
xizmat ko‘rsatish iste’molchi-bibliograf  ikkiyoqlama ta’sirga
yo‘naltirilgan bibliografik punktda iste’molchilarga xizmat
ko‘rsatishga o‘xshaydi. Kitobxon-bibliograf muloqoti bo‘lmagan
paytda mustaqil avtomatlashgan qidiruvni olib borish uchun
so‘roqlarning ma’lumotlar bazasini kitobxonlarga tavsiya etish
ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish boshlanishida so‘roqlar
epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda hamma
xorijiy kutubxonalarning veb saytlarida „ ...dan so‘ra“ nomi bilan
sahifa ochilgan. Uchinchi bir tendensiyaga bibliografik xizmat
ko‘rsatishning murakkablashuv jarayonida axborot faoliyatini
ma’naviylashtirish kiradi. Bu tendensiya kunlik va kelgusi xizmat
ko‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Bir mar-
talik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda hujjatlarni kompleks,
muammoli aks ettirish, uni sifatli tanlash, xabarlar matnining
mazmunini ochib berish va qaysidir muammoning holati haqida
tasavvur beruvchi umumlashma ma’lumotni taqdim etishga
qaratiladi. Adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichlari yoki ma’lu-
motlar bazasini yaratish imkoniyati tadqiqotlar va kashfiyotlar-
ning yangi yo‘nalishlari yuzaga kelganda bo‘ladi. Muammoli mah-
sulotlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyati axborotni to‘p-
lashning chegarasini belgilashda, turli-tuman manbalarning keng
doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda
va obyekt (voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda ko‘rinadi.
Masalan, „Bozor iqtisodiyotida innovatsiya“ nomli bibliografik
qo‘llanma ishlab chiqarishni yangilash, takomillashtirish, in-
vestitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyani jalb qilish bilan
band keng mutaxassislar guruhiga mo‘ljallangan. Òurli axborot
manbalarini ko‘rib chiqish bilan quyidagicha bo‘limchalar ochish
mumkin:
 innovatik yangiliklar va o‘zgarishlar haqidagi fan sifatida;
innovatsiyaning mohiyati va turlari; innovatsion jarayonlarning
asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion sohaning o‘zaro ta’siri;
innovatsion faoliyatni investitsiyalash; innovatsion faoliyat uchun
investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini
oshirish; o‘zgarishlar menejmenti, tashkilotlarni ana shu yo‘lga
o‘tkazish; yangi narsaning mohiyatini qabul qilishning ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari; innovatsion to‘qnashuvlarning oldini olish
mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion kommunikatsiyalar,
innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion faoliyat
tajribasi.


58
Internet ma’lumotlaridan foydalanish kitobxonlarga bibliografik
xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va uni bir vaqtning
o‘zida ham bibliografik, ham faktografik xizmatga aylantiradi.
Hujjatlarni tanlashda axborotni bilish, uning imkoniyatlarini,
ayrim matnli materiallarning imkoniyatlarini aniqlashga asoslanadi.
Bundan tashqari, hujjatlarni tanlashda mamlakatning, tashkilot-
ning ilmiy-texnik potensiali, muammoni ishlab chiquvchi
mualliflarning, an’anaviy va elektron hujjatlarning turlichaligi va
alohidaligi ham hisobga olinadi. Òo‘plangan hujjatlar mazmuni
ularda va ma’lumotlar bazasida mavjud tayyor referatlar va
annotatsiyalar yoki ularni mustaqil tuzish yordamida ochib beriladi.
Mazmun aniq va to‘la ochib berilsa, u iste’molchilar uchun
foydali va keyingi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur bo‘ladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə