Bibliografiya lat p65


Axborot resurslarining elektron shakllari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161
bibliografiya

Axborot resurslarining elektron shakllari
Oxirgi paytda kutubxonalar, muzeylar, arxivlar, axborot
markazlari fondiga turli xil ko‘rinishlarda, CD-ROM va
disketlarda, boshqa axborot tashuvchi materiallarda elektron baza,
ma’lumotlar banki olina boshlandi. 
Ma’lumotlar bazasi

axborotni avtomatlashgan ko‘rinishda olishga, qayta ishlashga
mo‘ljallangan mashinada o‘qish uchun moslashtirilgan va qo‘yilgan
maqsadga xizmat qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi. 
Ma’lumotlar
banki
— axborotni qidirish, saqlash, qayta ishlashga mo‘ljallangan
bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat avtomatlashgan axborot
tizimi. Amaliyotda turli xil ma’lumotlar bazasi qo‘llaniladi, ular:
hujjatli
— bunda bibliografik yozuvlar, axborot matni beriladi;
bibliografik
— faqat bibliografik tavsif yozuvlaridan iborat;
referativ
— bunda axborot bibliografik ma’lumotlar, referat va
annotatsiya ko‘rinishida beriladi; 
to‘la matnli
— axborot hujjatning
to‘la matnini yoki ma’lum bir qismini yoritish bilan beriladi;
tabiiy matnli
— axborot jonli tabiiy tilda boshqa yozuvlar, parchalar
bilan bog‘liq holda beriladi; 
birinchi darajali hujjatlar bazasi yoki
faktografik
— olingan sohaga oid axborotlarning ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasida eng muhim narsa maqsadli dasturiy ta’minot
va doimiy yangilab borishdan iborat.
Kitob palatalari davlat bibliografiyasining to‘la ma’lumotlar
banki yaratilmoqda. Unda adabiyotlar haqida to‘la bibliografik
axborot belgilangan qoidaga ko‘ra to‘plab borilmoqda. Res-
publikamizda ham nashr etilayotgan adabiyotlarning hamma turlari,
shakllari an’anaviy solnomalar elektron ko‘rinishda tayyorlab


59
borilmoqda. Ko‘pgina kutubxonalar esa adabiyotlarning to‘la
matnini yig‘ib, saqlash ishlarini boshladi, unda Davlat qonunlari,
me’yoriy hujjatlar, badiiy asarlar, maxsus adabiyotlar, oliy
o‘quv yurti kutubxonalarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruza
matnlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalarining matnlari, ilmiy
maqolalari, ilmiy to‘plam materiallari, avtoreferatlar, talabalarning
bitiruv-malakaviy ishlari, predmetlar yuzasidan dasturlarning
matnlarini to‘plash ishlari olib borilmoqda.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə