Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161
bibliografiya

„Turkiston to‘plami“ning
davom ettirilishi
1916- yil „Turkiston to‘plami“ni tuzish to‘xtatildi, lekin Y.
K. Betger 20- yillarda „To‘plam“ning yana 3 jildini tuzib chiqdi.
Betger ishtiroki va yordami bilan O. V. Maslova Mejovdan keyin
tuzilgan 417 — 591- jildlarga sistemali ko‘rsatkich tuzadi. Unda
faqat Òurkistonga oid material saralab olinib, yangi klassifikatsiya
jadvali asosida 10 ta bo‘limda materiallarni xronologik tartibda
joylashtirgan. Mualliflarning alifbo ko‘rsatkichi va geografik
nomlar ko‘rsatkichidan tashkil topgan yordamchi apparat ham
mavjud. V. I. Mejovning yordamchi ko‘rsatkichlaridan farqli
o‘laroq, O. V. Maslova tuzgan yordamchi ko‘rsatkichlarda
bibliografiya bo‘limi yo‘q, bu esa bibliografiyaga oid materiallarni
topishni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanishning yana
bir qiyin tomoni shundaki, u yozuv mashinkasida ko‘chirilgan.
„Turkiston to‘plami“ni yakunlash maqsadida Y. K. Betger
1948- yilga kelib „Óêàçàòåëü ê.ò.ò. „Òóðêåñòàíñêîãî ñáîð-
íèêà“ ïîñëå Â. È. Ìåæîâñêîãî ïåðåâîäà ïî âîïðîñàì, îòíî-
ñÿùèõñÿ ñòðàí, ñîïðåäåëåííûõ ñ Òóðêåñòàíñêèì“ nomli
ko‘rsatkichni tuzdi. Materiallar mamlakatlar bo‘yicha xronologik
tartibda joylashtirilgan. Ko‘rsatkich 2368 ta annotatsiya va xabar-
lardan iborat bo‘lib, 278 sahifali. „Turkiston to‘plami“ning
29 ta jildi Rossiya davlat kutubxonasida saqlanmoqda. Y. K.
Betger o‘zining maqolasida ana shu 29 (1 — 2, 4 — 30) jild
haqida yozadi. To‘plamga Mejovning „Turkiston to‘plami“ haj-
miga teng qog‘ozga yopishtirilgan gazeta xabarlaridan iborat
jildlar kiritilgan. Y. K. Betger tomonidan topilgan to‘plamning
har bir jildi bosmaxonada bosilgan titul varag‘iga ega. Unda
„Òóðêeñòàí. Ñáîðíèê ñòàòåé, çàìåòîê è êîððåñïîíäåíöèé î
Ñðåäíåé Àçèè, íàïå÷àòàííûõ â ñòîëè÷íûõ è ïðîâèí-
öèàëüíûõ ãàçåòàõ Òàøêåíòà“ degan yozuv bor. Òuzuvchining
ism-sharifi, to‘plam tuzilgan davr hech qayerda ko‘rsatilmagan,
kirish so‘zi berilmagan.
Uslub jihatdan Mejovning „Turkiston to‘plami“ga nisbatan
bo‘sh ishlangan: maqolalar manbalari ko‘rsatilmagan; mundarija
yo‘q; materiallarni joylashtirishda xronologik izchillikka rioya


86
qilinmagan (har bir to‘plamda turli yillarga oid gazeta maqolalari
uchraydi); materiallarni guruhlashtirish tartibini aniqlash qiyin.
Òo‘plamning hajmi kattaligi uchun qimmatli materiallardan foy-
dalanish qiyin, lekin bu masalani hal qilish ishi bilan Y.K. Bet-
ger shug‘ullandi va „Óêàçàòåëü ê ñáîðíèêàì „Òóðêèñòàí“,
õðàíÿøèõñÿ â Ãîñóäàðñòâåííîé áèáëèîòåêå ÐÑÔÑГ nomli
yordamchi ko‘rsatkichni tuzdi. Unda 29 ta jildning mazmuni
predmet va shaxs ismlari ko‘rsatkichi bilan yoritildi. Hozirga
qadar bu jildlar kim tomonidan tuzilganligi aniqlanmagan.
Y. K. Betgerning fikricha, V. I. Mejov tomonidan tuzilgan
dastlabki 9 jildi Peterburgda, keyinchalik N. Dmitrovskiyning
iltimosiga ko‘ra, Òoshkentga yuborilgan va to‘plamlarga yangi titul
varag‘i qilingan. Qolgan 20 jildi Y. K. Betgerning yozishicha,
Dmitrovskiy tomonidan tuzilgan. „Turkiston to‘plami“ning yana
bir qimmatli tomoni shundaki, bunda sho‘rolar davrigacha
bo‘lgan O‘rta Osiyo bibliografiyasi, metodikasiga oid 10 dan ortiq
maqola, rus, xorijiy tillarda yozilgan Òurkiston o‘lkasiga oid
30 ga yaqin bibliografik ko‘rsatkichlar kiritilgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə